Mavzu: Chirchiq – Ohangaron o’lkasining geografik o‘rni. Yer yuzasining geologik tuzilishi va foydali qazilmalari
Darsning maqsadi: a) Ta’limiy: O’quvchilarda Chirchiq – Ohangaron o’lkasi haqida geografik tasavvur va bilimlarni shakllantirish, o’quvchilarni yangi atama va tushunchalar bilan tanishtirish. Ularda mavzuga geografik tavsif bera oish ko’nikmasini shakllantirish;
b) Tarbiyaviy: O’quvchilar qalbida ona Vatanimizga, milliy qadriyatlarimizga bo’lgan muhabbatni o’stirish, ularga ekologik, estetik tarbiya berish, ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash
v) Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda mustaqil fikrlash va yozuvsiz xarita bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirish, o’lkashunoslik va o’zlikni anglash g’oyalarini targ’ib etish, ijodiy tafakkur qilish salohiyatini oshirish
Dars tipi: aralash
Dars turi: noan’anaviy
Dars uslubi: geografik diktant, xarita bilan ishlash, boshqotirma.
Darsning jihozi: O’zbekiston tabiiy xaritasi, yozuvsiz xarita, 7 – sinf atlasi, tarqatma materiallar
Dars rejasi: 1) Tashkiliy qism
a) O’quvchilarni guruhlarga ajratish b) Guruh nomlari sharhi 2) O’tilgan mavzuni so’rash:
a) Xarita bilan ishlash b) Geografik diktant 3) Yangi mavzu bayoni
4) Yangi mavzuni mustahkamlash
a) Boshqotirma b)Toponomik o’yin 5. O’quvchilarni baholash, darsni xulosalash
6. Uyga vazifa
Darsning borishi: a) Tashkiliy qism Salomlashish, davomatni aniqlash
O’quvchilar dars avvalida bugungi kun ob – havosiga qisqacha sharh berishadi. Dars Guruhlar faoliyati asosida olib boriladi. Sinfdagi o’quvchilar 4 guruhga bo’linadilar. Ularni guruhlarga ajratish uchun o’qituvchi tomonidan stol ustiga O’zbekiston, Turon, Sharq, Chirchiq -Ohangaron deb yozilgan qog’ozchalar qo’yiladi. O’quvchilar navbat bilan chiqib, qog’ozcha tanlab, o’z joylariga borib o’tiradilar.
O’quvchilardan nega bunday nomlarni tanlaganliklarini so’rash bilan guruhlar nomi izohlanadi.