Mavzu: Chirchiq – Ohangaron o’lkasining geografik o‘rni. Yer yuzasining geologik tuzilishi va foydali qazilmalari Darsning maqsadi



Yüklə 337,6 Kb.
səhifə7/18
tarix21.12.2023
ölçüsü337,6 Kb.
#187874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Geo kons 7 - sinf

Tog6 oraliq botiqlari. O'zbekistonning tog'li qismida tog' oraliq botiqlari alohida o'rin egallaydi. Bularning paydo bo6lishi tog4 tizmalarining ko6tarilishi bilan bog6liqdir. Hamma tog6 oraliq botiqlarining yer yuzasi deyarli tekis bo6lib, faqat daryo o6zanlari bilan kesilgan. Ularning yer yuzasi tog6 tizmalariga yaqinlashgan sari ko6tarilib boradi.
06zbekiston hududida katta tog6 oraliq botiqlaridan biri Chirchiq- Ohangaron botig6idir. Uni sharqda G6arbiy Tyanshan tog6 tizmalari o6rab olgan, g6arbda esa Mirzacho6l bilan tutashib ketadi. Uning o6rtacha balandligi 300-500 m ga tengdir.
Chirchiq-Ohangaron botig6ining janubi-sharqida Farg'ona tog6 oraliq botig6i (vodiysi) joylashgan. Botiqni Sirdaryo kesib o6tgan. Vodiyning okean sathidan o'rtacha balandligi 300—400 m orasidadir.
Mirzacho'lning janubi-g'arbida Nurota, Qo6ytosh tog6lari joylashib, uning janubida esa Sangzor-Nurota tog6 oraliq botig6i bor. U shimoli-sharqda Morguzar va shimolida Nurota, janubda Janubiy Nurota va Chumqor tog6lari bilan o6rab olingan. Uning okean sathidan balandligi janubi-sharqdan shimoli- g6arbga tomon 800 m dan 300 m ga pasayib boradi.
Janubiy Nurota, Zarafshon hamda Zirabuloq-Ziyovuddin tog6 tizmalari orasida Zarafshon botig6i joylashgan. Bu botiqdan Zarafshon daryosi oqib o6tadi va Samarqand shahri yaqinida ikkiga — Oqdaryo va Qoradaryoga ajraladi. Xatirchi qishlog6i yaqinida yana birlashadi va uzunligi 100 km, kengligi 15 km ga yaqin MiyonqaPa orolini hosil qiladi. Botiqning okean sathidan balandligi sharqiy qismida 900 m, g6arbida esa 300 m.
Zarafshon tizma tog'larining janubida Kitob-Shahrisabz tog6 oraliq botig6i joylashgan bo6lib, u janubi-sharqdan Hisor tog6ining janubi-g6arbiy tarmoqlari bilan o6ralgan, g6arb tomoni esa ochiqdir. Uning okean sathidan balandligi g6arbida 500 m, sharqida esa 1000 m gacha ko6tarilgan.
O'zbekistonning janubiy qismida Sherobod-Surxondaryo botig6i shimoli- sharqdan janubi-g'arbga qarab cho6zilgan. U shimol, shimoli-g6arb va g6arbdan Hisor tog6i va uning tarmoqlari bilan o6rab olingan. Botiqning o6rta qismidan Surxondaryo va Sheroboddaryolar kesib o6tadi. Surxondaryo vodiysining okean sathidan balandligi janubi-g6arbida 300 m, shimoli-sharqida esa 700 m.



Yüklə 337,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin