Mavzu: Chirchiq – Ohangaron o’lkasining geografik o‘rni. Yer yuzasining geologik tuzilishi va foydali qazilmalari Darsning maqsadi



Yüklə 337,6 Kb.
səhifə3/18
tarix21.12.2023
ölçüsü337,6 Kb.
#187874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Geo kons 7 - sinf

Mavzuni mustahkamlash


Boshqotirma

4 ta guruhga ham bir xil boshqotirma beriladi. Qaysi guruh tez va to’g’ri bajarsa, g’olib hisoblanadi. Qolgan guruhlar xatolariga qarab ball oladilar






1. T







5.Ch




Y

O

2. S

A

y

r

a

3. M

T




N




A

Q

Sh




4.M

I

N

G

B

U

L

O

Q

A




A







L




N




S




































Savollar:
1. Chirchiq – Ohangaron vodiysi qaysi tog’ oralig’ida joylashgan?
2. Qaysi cho’qqining balandligi 4229 m
3. Qaysi cho’qqining balandligi 4488 m
4. ….cho’qqisining balandligi 2834 m
5. Chirchiq – Ohangaron o’lkasidagi tog’ tizmalaridan biri.


Toponomik o’yin

Bir xil kattalikdagi qog’ozlarga Chirchiq – Ohangaron o’lkasi geografiyasiga oid bo’lgan joylarning nomlari yoziladi. Toponomik nomlar quyidagicha bo’ladi:



  • G’arbiy Tyanshan

  • Dalvarzin

  • Ugom

  • Piskom

  • Chotqol

  • Sayram

  • Mingbuloq va boshqalar

O’yin tartibi: joy nomlari yozilgan qog’ozlar yozuvli tomoni pastga qaratilgan holda aralashtirilib, stol ustiga qo’yib chiqiladi. Guruh a’zolari navbat bilan chiqib, joy nomlari haqida ma’lumot beradilar va tegishli kartochkalarni qo’lga kiritadilar. Javobi yoki ma’nosi aytilmagan kartochka qaytib qo’yiladi. Qaysi guruh ko’proq joy nomini qo’lga kiritsa, shuncha ko’p ball to’playdi.
Sayram – choqqi, balandligi 4229
Dalvarzin – cho’l
Piskom – tizma, Ugom tog’i sharqida joylashgan

Guruhlar ishini baholash. Darsni yakunlash


Uyga vazifa:
12 - § ni o’qish. Mavzu yuzasidan test tuzish.
Yangi mavzuga tayyorlanish

Mavzu: Cho’l mintaqasi


O'zbekistonning tuproq qoplami, o'simlik va hayvonot dunyosi juda xilma-xil bo'lib, ular tabiatning boshqa elementlariga, xususan, relyefi va iqlimiga bog'liq holda joylashgan. Respublikamiz hududida 3700 o'simlik turi mavjud bo'lib, bularning 9 foizi faqat O'zbekistonda uchraydigan endemik o'simliklardir. O'zbekistonda sutemizuvchilarning 97 turi, sudralib yuruv- chilarning 57 turi, qushlarning 410 turi, baliqlarning 40 dan ortiq turi bor.
Respublikamiz tabiat elementlari, xususan, tuproq-o'simlik qoplami tekislikdan tog'ga tomon o'zgarib, balandlik mintaqalarini hosil qiladi.
O'zbekiston hududidagi balandlik mintaqalarining vujudga kelishi va uning sabablari, u bilan bog'liq bo'lgan qonuniyatlar akademik K. Z. Zokirov tomonidan ishlab chiqildi. K. Z. Zokirov tavsiya etgan to'rtta: cho'l, adir, tog' va yaylov mintaqalarining har biri o'ziga xos iqlim, tuproq qoplami, o'simlik va hayvonot dunyosiga ega.
Cho'l mintaqasi O'zbekiston hududining 70% ini ishg'ol qilib, okean sathidan 400—500 m balandlikkacha bo'lgan joylarni o'z ichiga oladi.
Yozda yog'in deyarli yog'maydi. Kunduzi soyada havo harorati +45°C, +50°C gacha ko'tariladi, qum yuzasi + 80°C gacha qiziydi.
Cho'l tuproqlari xilma-xil bo'lib, unda sur-qo'ng'ir, qumli cho'l, o'tloq- botqoq, taqir va bo'z tuproqlar uchraydi.
Ustyurt platosi, Qizilqumdagi past tog'lar va Nurota tog'larining etaklaridagi toshloq cho'llarda sur-qo'ng'ir tuproqlar tarqalgan. Bunday tuproqlarda chirindi juda kam (0,3 — 1%) bo'ladi.
Qizilqum, Markaziy Farg'ona va Mirzacho'ldagi qumli tekisliklarda qumli cho'l tuproqlari tarqalgan bo'lib, chirindi miqdori 0,3 — 0,6 foizni tashkil etadi.
Gilli jinslardan tarkib topgan cho'llarda taqirlar ham uchraydi, ular tarkibidagi chirindi miqdori 0,5—1 foizga yetadi. Taqirlarda o'simlik o'sishi qiyin, tuproq yuzasi qattiq va yorilib-yorilib ketadi.
Yerosti suvlari yer betiga yaqin bo'lgan Mirzacho'l, Markaziy Far­g'ona, Qarshi cho llari va Amudaryo etagida sho'rxok va sho'r tuproqlar tarqalgan.
O'zbekistonning yirik daryo vodiylarida o'tloq va botqoq tuproqlar uchraydi.
O'zbekiston hududi tekislik qismining sharqiy va janubiy tog'oldi qismlarida och bo'z tuproqlar keng tarqalgan bo'lib, tarkibida 1 — 1,5 foizgacha chirindi bo'ladi.
Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron, Qashqadaryo, Quyi Amudaryo va Surxondaryo vodiylaridagi bo'z tuproqlar uzoq vaqt ishlov berilishi natijasida tabiiy xususiyatini o'zgartirib, madaniy bo'z tuproqlarga aylangan.
O'simliklari. Cho'l mintaqasining yozi quruq, jazirama issiq, yog'inga nisbatan potensial bug'lanish ko'p bo'lganligi tufayli, o'simliklar shu sharoitga moslashgan.
Cho'lda sernam bahorda arpag'on, lola, lolaqizg'aldoq, qorabosh, boychechak, binafsha, chuchmoma, tariqbosh, chig'ir, isfarak kabi efemerlar (bir yillik o'tlar), iloq, kovrak kabi efemeroidlar (ko'p yillik o'tlar) o'sadi. Bu o'tlar yozning issiq kunlari boshlanishi bilan sarg'ayib, qurib qoladi, so'ngra qurg'oqchilikka chidamli kserofit o'simliklar o'saveradi. Chunki ularning ildizlari uzun (yantoqning ildizi 20 m chuqurlikka tushadi) bo'lib, yerosti suvlaridan foydalanadi, barglari sertuk va mayda bo'lib, namni kam bug4latishga moslashgan. Ularning eng muhimlari qumli yerlarda o'suvchi saksovul, selin, juzg'un, qora qandim, cherkez, quyonsuyak va iloq.
O'zbekistonning sho'rxok joylarida yulg'un, sho'ra, sho'r ajriq, shuvoq, sarisazan, baliqko'z o'ssa, toshloqli yerlarida siyrak holda burgan, qora bayalich, isiriq o'sadi.
O'zbekiston cho'l mintaqasining daryo vodiylarida (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq va b.) to'qayzorlar joylashib, qizilmiya, yantoq, qamish, qo'g'a, kendir, turang'il, tol, jiyda, yulg'un,* chakanda (oblepixa) kabi o'simliklar o'sadi.

Yüklə 337,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin