Mavzu: Chirchiq – Ohangaron o’lkasining geografik o‘rni. Yer yuzasining geologik tuzilishi va foydali qazilmalari Darsning maqsadi



Yüklə 337,6 Kb.
səhifə5/18
tarix21.12.2023
ölçüsü337,6 Kb.
#187874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Geo kons 7 - sinf

Savollar:


1. O’rta Osiyoning qalin bo’z tuproq qatlamlari mavjud bo’lgan sharqi va janubidagi tog’lar etaklaridagi tekisliklarida tarqalgan cho’lning nomi nima?
2. Cho’l butalaridan eng ko’p uchraydigan buta?
3.Cho’l hasharotlaridan “buj” taxallusini olgan hasharotning nomi nima?
4. O’rgimchaksimonlar sinfiga kiruvchi cho’lning eng zaharli hasharotining nomi nima?
5. Eng yirik maydonli cho’lning nomi nima?
Geografik o’yin

Berilgan so’zdan cho’l mintaqasida uchraydigan hayvon, hasharot va qushlarning nomlarini birma – bir yozing




Cho’l mintaqasi

Namuna:
Ch – chayon


O’ – o’rdak

Mavzu: Yer yuzasi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari


Yer yuzasining tuzilishi jihatidan O'zbekiston hududi ikki qismga bo'li- nadi, katta (78,7 foiz) qismi tekislikdan, qolgan (21,3 foiz) qismi tog'lardan va tog' oralig'idagi botiqlardan iboratdir. Respublikamiz yer yuzasi g'arb va shimoli-g'arbdan sharq va janubi-sharq tomon ko'tarilib boradi. O'zbekis- tonning past qismi okean sathidan 60—100 m balandlikda bo'lib, Ahiu- daryoning quyi qismi va Orol dengizi atroflarida joylashgan (1- rasm).
Tekisliklar. O'zbekistonning tekislik qismi Turon tekisligining bir qismi bo'lib, uning g'arbi va shimoli-g'arbini egallagan. Tekislikning shimoli-g'arbiy chekkasida Ustyurt platosi joylashgan. U atrofidagi tekisliklardan va Orol dengizi yuzasidan tik ko'tarilib turadigan yonbag'irlar bilan o'rab olingan, ular chinklar deb yuritiladi. Platoning O'zbekiston joylashgan qismining okean sathidan balandligi 120—180 m atrofida bo'lib, uning eng yuqori nuqtasi Qorabovur qirida (290 m) Ustyurtning yer yuzasi butunlay tekis bo'lmasdan bir qancha botiqlar (Borsakelmas, Asaka-Ovdon va boshqalar) uchraydi, platoning janubi-sharqiy qismida esa Sariqamish botig'i joylashgan.
Amudaryoning quyi oqimida juda katta delta hosil bo'lgan. Uning yuzasi daryoning qadimgi (Ko'hnadaryo, Daryolik) va hozirgi o'zanlari bilan kesil- gan. Uning o'rta qismida tub tog' jinslaridan tuzilgan kichik-kichik balandliklar ko'zga tashlanadi.
Orol dengizining janubi-sharqiy qismida Qizilqum cho'li boshlanadi. Yer yuzasining tuzilishi juda xilma-xildir. Bu yerda past tog'lar — Bo'kantog6, TomditogS OvminzatogS Quljuqtog', Yetimtog6, uning g'arbiy qismida esa Sulton Uvays tog'i qumli va gilli tekisliklar orasida qad ko'tarib turadi. Qizilqumning katta qismini qumli tekisliklar egallagan. Past tog'lar orasida esa botiqlar (Mingbuloq, Oyoqog'itma, Qoraxotin va boshqalar) joylashgan. Ulardan Mingbuloq botig'ining osti okean sathidan 12 m pastda joylashgan. Qizilqum hududida Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolarining qadimgi o'zanlari ham uchraydi.
Qizilqum cho'lidan sharq va janubi-sharqda Mirzachoi, Qarnob, Qarshi, Malik gilli cho'llari joylashgan.

Yüklə 337,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin