QASHQADARYO VILOYATIDA UCHRAYDIGAN FOYDALI QAZILMALAR
Reja:
Qashqadaryo tabiiy geografik okrugi
Yer yuzasi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari
Iqlimi, suvlari, tuproqlari va hayvonot dunyosi
Surxondaryo viloyatida uchraydigan foydali qazilmalar
Foydalanilgan adabiyotlar
Qashqadaryo okrugi O‘zbekistonning janubida joylashgan bo‘lib, uning shimoliy chegarasi Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin tog‘lari orqali, g‘arbiy chegarasi Jarqoq, Muborak va Dengizko‘l balandliklari orqali o‘tadi. Janubi va janubi g‘arbida Sandiqliqum okrugni Turkmanistondan ajratib turadi. Okrug sharqidagi Hisor tog‘lari, janubi sharqidagi Boysun tog‘lari uni Surxondaryo okrugidan ajratib turadi.
Yer yuzasi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari
Qashqadaryo tabiiy geografik okrugi yer yuzasi tuzilishi jihatidan bir xil emas. Uning shimoli, shimoli-sharqiy va sharqiy qismida Zarafshon, Hisor va Boysun tog‘lari joylashgan.
Qashqadaryo okrugining shimoli sharqida Zarafshon tizmasining g‘arbiy davomi hisoblangan Chaqilkalon, Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin tog‘lari joylashgan. Chaqilkalonning eng baland Zebon cho‘qqisi 2336 m ga yetadi. Bu tog‘ g‘arbga davom etib, Taxtaqoracha dovonida (1630 m) tugab, so‘ngra Qoratepa tog‘i boshlanib, eng baland yeri 2197 m ga yetadi. Qoratepa tog‘i Jom cho‘lida tugab, so‘ngra g‘arbga qarab Zirabuloq (Zindontog‘ cho‘qqisi — 1115 m) va Ziyovuddin tog‘lari davom etadi.
Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining sharqiy qismida Hisor tizmasi va uning davomi hisoblangan Hazrat Sulton, Chaqchar, Boysun tog‘lari joylashgan. Chaqchar tog‘idan janubi g‘arbga tomon yo‘nalgan Osmontarash, Beshnov, Eshonmaydon kabi tog‘lar joylashgan. Chaqchar va Hisor tog‘lari tutashgan joylarda Botirboy, Seversev kabi kichik muzliklar mavjud.
Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining tog‘li qismi g‘arbga va janubi g‘arbga pasayib, Kitob-Shahrisabz botig‘iga, so‘ngra adirlarga va tekisliklarga tutashib ketadi. Okrugning tekislik qismi yuzasi bir xil emas, unda onda-sonda qoldiq tog‘lar va platolar uchrab turadi.
Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining g‘arbiy qismida Qarshi cho‘li va vohasi joylashgan. Bu cho‘lda sho‘rxoklardan iborat nisbatan pastqam joylar bo‘lib, ularning eng muhimlari Do‘ltalisho‘r, Sho‘rsoy, Suxtasho‘r, Yonboshsho‘r va boshqalar hisoblanadi.
Qashqadaryo tabiiy geografik okrugida bir necha cho‘llar bo‘lib, Qarshi cho‘lining shimoli va shimoli g‘arbida Qarnob, Jom cho‘llari, janubi sharqida Nishon cho‘li joylashgan.
Qashqadaryo tabiiy geografik okrugi geologik tuzilishi jihatidan bir xil emas. Uning tog‘li qismi paleozoy erasining gersin tog‘ hosil bo‘lishi jarayonida burmalangan bo‘lib, kristalli slanes, ohaktosh, marmar, granit kabi jinslardan tashkil topgan. Zarafshon tog‘ining g‘arbiy davomi hisoblangan Chaqilkalon ko‘proq giрs, mergel, ohaktoshlardan tashkil topganligi tufayli karst jarayoni rivojlangan. O‘sha tog‘da O‘rta Osiyodagi eng chuqur — Kili (1082 m) g‘ori joylashgan.
Qashqadaryo tabiiy geografik okrugida sovuqsiz kunlar 210—242 kun davom etadi (Qarshida 209 kun, Dehqonobodda 216 kun, Kitobda 219 kun, G‘uzorda 242 kun).
Suvlari. Qashqadaryo tabiiy geografik okrugida yerusti suvlari ichida eng muhimi daryolardir. Okrugda uzunligi 20 km dan ortiq bo‘lgan 33 ta daryo mavjud. Daryolari ichida eng kattasi Qashqadaryodir.
Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining tekislik qismi Turon plitasining sharqiy chekka qismi ustida joylashgan. Uning ustini esa qum, gil, konglomerat kabi jinslar qoplab olgan. Tekislikdagi qoldiq tog‘lar (Olovuddintog‘, Kosontog‘ va boshqalar) paleozoy va mezozoy jinslaridan tashkil topgan. Qashqadaryo okrugida gaz, neft, marmar, giрs, dala shpati, har xil qurilish material konlari bor.
IQLIMI, SUVLARI, TUPROQLARI VA HAYVONOT DUNYOSI
Iqlimi. Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining yozi issiq, quruq va davomli, qishi nisbatan iliq. Okrug shimol va sharq tomondan tog‘lar bilan o‘ralgan. Bu esa Arktika va Sibirdan keladigan sovuq havo massalarining yo‘lini to‘sadi. Aksincha, g‘arbiy qismi ochiq bo‘lib, mo‘tadil dengiz va subtropik havo massalarining to‘siqsiz kirib kelishiga imkon beradi. Shu sababli qishda, yanvarning o‘rtacha harorati tekislik qismida 0 +2°C, G‘uzorda +1,9°C, Kitobda +0,8°C, Qarshida +0,2°C. Ba’zan tabiiy sovuq havo massasi kirib kelib, turib qoladi va hududni sovitib yuboradi. Natijada, harorat G‘uzorda –23°C, Kitobda –26°C, Qarshida –27°C, Dehqonobodda –29°C gacha pasayadi.
Yoz okrugning tekislik qismida issiq, quruq va quyoshli bo‘lib, uzoq davom etadi. Iyul oyining o‘rtacha harorati +28 +29°C atrofida (Qarshida +28,8°C, Kitobda +28,4°C, G‘uzorda +29,4°C, Dehqonobodda +28,4°C) bo‘ladi.
Ba’zan yozda eng yuqori harorat Qarshida +46°C, Kitobda +43°C, Dehqonobodda +43°C ga ko‘tariladi, bahor erta, kuz esa kech boshlanadi. Okrugning g‘arbiy qismida yillik yog‘in 131—155 mm bo‘lsa, shimoli sharqida 368—545 m. Tog‘li qismida 700—800 mm yog‘in tushadi.
Qashqadaryo tabiiy geografik okrugida sovuqsiz kunlar 210—242 kun davom etadi (Qarshida 209 kun, Dehqonobodda 216 kun, Kitobda 219 kun, G‘uzorda 242 kun).
Suvlari. Qashqadaryo tabiiy geografik okrugida yerusti suv- lari ichida eng muhimi daryolardir. Okrugda uzunligi 20 km dan ortiq bo‘lgan 33 ta daryo mavjud. Daryolari ichida eng kattasi Qashqadaryodir.
Qashqadaryo Hisor tizmasining Tog‘tosh dovoni yaqinidan boshlanib, Muborakka yetmasdan qumlarga singib ketadi. U tog‘li qismida tor o‘zanda tez oqadi, Oqsuv irmog‘i qo‘shilgandan so‘ng vodiysi kengayib tekislikka chiqqach, Tanxoz, Yakkabog‘daryo, Langar, G‘uzordaryo kabi irmoqlarini qo‘shib oladi.
Qashqadaryo qor suvidan to‘yinsa-da, uning Jinnidaryo, Oqsuv, Yakkabog‘ va Tanxoz irmoqlari qor-muzlik suvidan to‘yinadi. Chunki ularning havzasida umumiy maydoni 20,3 km.kv maydonga ega bo‘lgan kichik muzliklar joylashgan.
Jinnidaryo Hisor tizmasining Oqota va Sherdog‘ tog‘lari orasidagi buloqlardan boshlanib, uzunligi 57 km ni tashkil etadi. U qor va muz erishidan to‘yinib, suvi mart-iyun oylarida ko‘payadi.
Oqsuv. Uzunligi 115 km bo‘lib, Hisor tizmasidagi Botirboy va Seversev muzligidan boshlanuvchi Botirboy bilan Xonaqasuv irmog‘ining qo‘shilishidan vujudga keladi. U qor- muzliklarning erishidan to‘yinadi.
Tanxozdaryo. Uzunligi 104 km, Hisor tizmasidagi G‘oziko‘ldan boshlanib, qorlarning erishidan va yerosti suvlaridan to‘yinadi.
Yakkabog‘daryo. Uzunligi 108 km bo‘lib, Hisor tizmasining janubi-g‘arbiy yonbag‘ridan boshlanadi. U qorlarning erishidan to‘yinib, 61,6 foizi mart-iyun oylarida oqadi.
G‘uzordaryo. Uzunligi 68 km bo‘lib, Chaqchar tog‘idan boshlanadi. U qorlarning erishidan va yerosti suvlaridan to‘yinib, o‘rtacha yillik suv sarfi sekundiga 5,90 m.kub bo‘lib, uning 63,9 foizi mart-iyun oylarida oqadi.
Qashqadaryo tabiiy geografik okrugida yerosti suvining katta zaxirasi bor. Bu yerda to‘rtlamchi davr yotqiziqlari orasidan chiqadigan suvlar ichishga yaroqli bo‘lib, hozirgi paytda aholini va chorvachilikni suv bilan ta’minlashda muhim rol o‘ynamoqda. Bulardan tashqari bo‘r, paleogen davr yotqiziqlari orasidan shifobaxsh issiq mineral suvlar topilgan.
Qashqadaryo okrugida bir necha suv omborlari qurilgan. Ulardan Chimqo‘rg‘on suv omborini suv bilan ta’minlashni yaxshilash uchun Zarafshondan boshlanuvchi Eski Anhor kanali xizmat qiladi. Shuningdek, G‘uzordaryodagi Pachkamar, Qarshi magistral kanalida qurilgan Tallimarjon suv omborlari bor.
Qarshi magistral kanalining uzunligi 200 km bo‘lib, kuchli nasoslar yordamida Amudaryo suvini 150-200 m balandlikka ko‘tarib beradi. Tuproqlari. Qarshi cho‘lida ko‘proq och bo‘z tuproq tarqalgan. Uning g‘arbida esa cho‘l sur-qo‘ng‘ir qumli, sho‘rxok va o‘tloq tuproqlar uchraydi. Sandiqli cho‘lining katta qismi qumliklardan iborat. Qashqadaryoning qadimiy o‘zanlarida o‘tloq va sho‘rxok tuproq uchraydi.
Okrug tekislik qismining atroflaridagi nisbatan baland joylarda och bo‘z tuproq keng tarqalgan. Adirlarda esa oddiy va to‘q bo‘z tuproqlar uchraydi. Bu tuproq turlari 1200 m gacha bo‘lgan baland joylarda tarqalgan. Ular tarkibida chirindi miqdori 1,5-2,5 foizga boradi. 1200-2500 m balandliklarda tog‘-jigarrang va tog‘-qo‘ng‘ir tuproqlar tarqalgan.
Okrugdagi tog‘larning 2500 m dan baland qismlarida qo‘ng‘ir tog‘-o‘tloq, torfli-o‘tloq va o‘tloq tuproqlar tarqalgan. Qashqadaryo okrugidagi sug‘oriladigan yerlarda madaniy voha tuprog‘i uchraydi. O‘simliklari. Okrugning g‘arbiy tekislik qismida hamda janubi g‘arbidagi Sandiqli qumligida qurg‘oqchilik va qumga moslashgan o‘simliklar — juzg‘un, iloq, selin, kavrak, qizil qandim, yetmak, bulduruq o‘ti va saksovul o‘sadi. Mustahkamlangan qumlarda shuvoq va efemerlar ko‘proq.
Gilli cho‘llarda shuvoq, sho‘ra o‘tlar, mingbosh, juzg‘un va boshoqli o‘simliklar o‘sadi. Qashqadaryo adirlarida shuvoq, burg‘un, bug‘doyiq, kavrak, oqquray, qo‘ziquloq, qurg‘oqchil va toshloq yerlarda bir yillik astragal, chiy kabilar o‘sadi. Adirlarda, shuningdek, bodom, zirk, do‘lana kabilar ham uchraydi.
1500-2500 m balandliklarda o‘tlardan bug‘doyiq, shuvoq, tiрchoq, javdar, shirach, daraxtlardan archa, yong‘oq, zarang, qayin, tol, terak, bodom, pista, olcha, do‘lana o‘sadi. Hayvonot dunyosi. Uning tekislik qismida cho‘lga moslashgan hayvonlar — sariq yumronqoziq, qo‘shoyoq, sichqon, kaltakesak, echkemar, ilon, bo‘ri, tulki va jayron kabilar yashaydi. Daryo vodiylaridagi to‘qaylarda chiyabo‘ri, qirg‘ovul, to‘qay mushugi uchraydi.
Okrugning tog‘li qismida ayiq, tog‘ takasi, tog‘ qo‘yi, bo‘rsiq, bo‘ri, to‘ng‘iz, silovsin, o‘rmon kalamushi, qizildum sug‘ur, kulrang sassiqko‘zan, suvsar, jayra, burgut, kabutar hamda shunga o‘xshash hayvon va parrandalar yashaydi. Okrug hududida Hisor qo‘riqxonasi barpo etilgan. Bu qo‘riqxona Hisor tizmasining g‘arbiy qismida joylashgan. Uning maydoni 78 ming gektar bo‘lib, archazorlar va u yerda uch- rovchi oq tirnoqli Hisor ayig‘i, qor qoploni, tog‘ echkisi, to‘ng‘iz, kaklik, Turkiston silovsini, olqor, kiyik kabilar muhofaza qilinadi.
Qashqadaryo okrugida diqqatga sazovor joy va geografik obyektlar ko‘p. Shularning eng mashhurlaridan biri Kitob shahridagi kenglik stansiyasi hisoblanadi. Bu ilmiy maskan dunyodagi 5 ta kenglik stansiyasidan biri bo‘lib, Yerning magnit qutblarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Surxondaryo o’lkasi O’zbekistonning eng janubida joylashgan. U o’z ichiga Surxon-Sherobod vodiysini va uning atrofini o’rab turgan tog’larni oladi. O’lka sharqdan va shimoli-sharqdan Bobotog’ va Hisor tog’lari orqali Tojikiston bilan, shimoli-g’arbda Qashqadaryo bilan chegaralanadi, chegara Chaqchar va Buysun tog‘lari orqali o‘tadi. G’arbda Turkmaniston bilan bo‘lgan chegara Ко’hitang tog’ining suvayirg’ich qismidan o’tadi. Janubda chegara Afgoniston bilan Amudaryo orqali o‘tgan davlat chegarasiga to‘g‘ri keladi.
Yer yuzasi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari
O‘lkani shimol tomonidan Hisor tizmasi o’rab turadi. Bu tizmaning balandligi 4500-4600 metrga yetadi. 0‘zbekistondagi eng baland cho‘qqi — Hazrat Sulton (4643 m) ham shu joyda. Hisor tizmasi janubi-g‘arbida Chaqchar, Boysun, Surxontog‘ kabi tarmoqlari joylashgan bo‘Iib, gersin tog‘ hosil bo’lishida burmalangan.
Chaqchar tog’ining eng baland cho’qqisi Xuroson hisoblanib, 3744 metrga yetadi. Boysuntog‘ ancha baland bo‘lib, ayrim cho’qqilari shimoli-sharqida 3700 metrga yetadi. Boysuntog‘ning janubi-g‘arbida Ko‘hitang tog‘i joylashgan. Ko‘hitang janubi-g‘arbga 50 km cho‘zilgan va balandligi 3139 metrga yetadi. Boysuntog‘ning sharqida unga yonma-yon holda Surxontog’ joylashgan, u qisqa, lekin ancha baland (3882 m) tog’dir. Bu tog’ning janubida Sherobod-Sariqamish past tog‘lari (1126 m) joylashgan.Sherobod-Sariqamish past tog’ining janubi-g‘arbida Klif-Sherobod past tog‘i joylashgan.
Surxondaryo tabiiy geografik o‘lkasining sharqida Bobotog‘ joylashgan. Bu tog’ ancha yemirilib, pasayib qolgan bo‘lib, eng baland Zarkosa cho‘qqisi 2289 metrga yetadi. Bobotog’ g’arbga, Surxondaryo vodiysiga va janubga qarab asta-sekin pasayib ketadi. 0‘lkada, yuqorida qayd qilingan tog‘lar orasida botiqlar joylashib neogen va antropogen davrning yotqiziqlari bilan to‘lgan.
Surxondaryo vodiysi shimoli-sharqdan janubi-g‘arbga taxminan 170 km cho‘zilgan bo‘lib, shu yo’nalishda pasayib boradi. Shakliga ko‘ra vodiy uchburchakka o’xshash. Uning janubi-g‘arbiy qismi keng bo‘lib, 110-115 km ga, shimoli-sharqi tor bo‘lib, 15—20 km.ga teng.
O’lkada qazilma boyliklardan neft va gaz, ko‘mir, polimetall, alumin rudasi, gips, tuz, har xil qurilish materiallari konlari mavjud. Neft va gaz, asosan, Lalmikor, Ko‘kaydi, Xovdog‘dan, toshko‘mir Sharg‘undan qazib olinadi. Sariosiyoda polimetall rudasi, aluminiy rudasi, gips, ohak konlari bor. O’zbekistondagi eng katta Xo‘jaikon tuz koni shu oikada joylashgan. Surxondaryo janubida tarkibida har xil erigan moddalar saqlovchi bir necha mineral suvlar topilgan. Ularning eng muhimi Jayronxona mineral suvi hisoblanadi.
Iqlimi va suvlari.
Surxondaryo vodiysining iqlimi quruq subtropik iqlim. Lekin atrofidagi tog‘larga ko‘tarilgan sari iqlim o’zgaradi. 0‘lkaning tekislik qismida yoz serquyosh, issiq va quruq, tog‘ga tomon harorat pasayib boradi. Qish qisqa va iliq, lekin atrofidagi tog‘larda sovuqroq bo`ladi. Yozda o‘lkaning tekislik qismi juda isib ketadi. Iyulning o‘rtacha harorati Denovda +28,2°C, Sherobodda +32 С ga yetadi. Yozda havo harorati Termizda +50°C ga ko‘tarilganligi kuzatilgan (1914-yil 21-iyulda). Bu Respublikamizda qayd qilingan eng yuqori haroratdir. Qish o’lkaning tekislik qismida iliq bo‘lib, yanvarning o‘rtacha harorati Sherobod va Termizda +2,8°C ga teng. Lekin atrofidagi tog‘laming 2500-3000 m balandliklarida yanvarning o‘rtacha harorati -6°C dir. Ba’zan qishda sovuq havo massalari tog‘lardan o‘tib, tekislik qismi haroratini pasaytirib yuboradi. Shunday kezlarda havo harorati —20°—25°C gacha pasayadi.
Surxondaryo o‘lkasida yog‘inlar notekis taqsimlangan. 0‘lkaning janubidagi tekisliklarga eng kam yog‘in (yiliga 133-230 mm) tushadi. Lekin tog‘ yonbag’irlari bo‘ylab ko‘tarilgach, yog‘in miqdori ortib, 500-600 mm.ga yetadi. Hisor tog‘larining janubiy yonbag‘irlariga 800-900 mm gacha yog‘in tushishi mumkin, yillik yog‘inning ko’p qismi qishda (46-48 foiz) va bahorda (43-44 foiz) yog‘adi. Kuz oylariga yillik yog‘inning 8-10 foizi, yozga esa atigi 1-2 foizi to‘g‘ri keladi.
Suvlari.
Surxondaryo tabiiy-geografik o`lkasida uzunligi 20 km dan ortiq bo‘lgan 35 ta daryo va daiyochalar mavjud. Ularning bir yillik suv miqdori 3,8 km kub yoki o‘rtacha ko‘p yillik suv sarfi sekundiga 119 m kubni tashkil etadi. Bu daryolar ichida eng kattalari Surxondaryo va Sheroboddaryo hisoblanadi. Surxondaryo To‘polondaryo bilan Qoratog`daryolarining qo‘shilishidan vujudga keladi.
Tо‘pоlоn Surxondaryoning eng katta va eng sersuv daryosi bo‘lib, Hisor tog‘ining 4648 m baland qismidan Qorasuv nomi bilan boshlanib, G‘ova irmog‘ini qo‘shib olgach To’polondaryo nomini oladi. Uning uzunligi 124 km, havzasining maydoni 2200 kv.km. U qor-muzlarning erishidan to‘yinadi, to‘lin suv davri V-VI oylarga to‘g‘ri keladi. Uning o‘rtacha yillik suv sarfi sekundiga 54,6 m kub. eng ko‘pi sekundiga 470 m kub, eng kami 5,7 m kub.
Qoratoldaryo Hisor tog‘ining 4200 m balandlikdagi janubiy yonbag‘ridan shu nom bilan boshlanadi. Uning uzunligi 100 km atrofida, suv yig‘adigan havzasining maydoni 682 kv.km. Qoradaryo qor-muzlarning erishidan to‘yinadi, binobarin, eng ko‘p suvi V—VI oylarga to‘g‘ri keladi. Uning o‘rtacha ko‘p yillik suv sarfi sekundiga 23 m kubni, maksimal suv sarfi sekundiga 239 m kub, minimal 2,5 m kub.
Surxondaryo To‘polon bilan Qoratog‘ daryolarining qo‘shilgan yeridan Amudaryogacha 196 km. Shu masofada o‘ng tomondan Sangardak va Xo‘jaipok irmoqlarini qo‘shib oladi. Surxondaryo asosan qor-muzlarning erishidan to‘yinib, o‘rtacha ko‘p yillik suv sarfi Qorovultepa qishlog’i yonida sekundiga 70,2 m kub ni tashkil etadi, eng katta suv sarfi sekundiga 600 m kub, eng kami sekundiga 0,1 m kub.
Sheroboddaryo Boysun tog‘ va uning davomi hisoblangan Ko’hitang tog’ining sharqiy yonbag’ndan boshlanuvchi Irg’oyli va Qizilsoy daryolari qo’shilishidan vujudga keladi. U Sherobod shahridan quyida Qorasuvdaryo deb yuritiladi. Uning uzunligi 186 km bo’lib, o’rtacha ko’p yillik suv sarfi sekundiga 7,5 m.kub. Sheroboddaryo qor-yomg’ir suvlaridan to‘yinganligi tufayli eng ko’p suvi IV-V oylarda oqadi.
Yerosti suvlari har xil davr yotqiziqlari orasida uchraydi. Paleogen va neogen davri yotqiziqlari orasidagi suv 140-150 m chuqurliklardan chiqib, chuchuk. Bo’r davri yotqiziqlari orasidagi 1000-2000 m chuqurliklardan chiquvchi mineral shifobaxsh suvlar harorati 60-70°ga yetadi. Surxondaryo tabiiy geografik o’lkasida suv ta’minotini yaxshilash maqsadida Surxondanyoda Janubiy Surxon (suv sig’imi 800 mln. m.kub), Uchqizil (suv sig’imi 16 mln. m kub) suv omborlari qurilgan.
Tuproqlari, o'simliklari va hayvonot dunyosi
Surxondaryo tabiiy-geografik o‘lkasining okean sathidan 500 m balandlikkacha bo‘lgan joylarida och bo‘z tuproq tarqalgan.
Yerosti suvlari yer betiga yaqin bo‘lgan joylarda sho‘rlashgan bo‘z tuproq uchraydi. Surxondaryo va Sherobod daryolarining qayirlarida allyuvial-o‘tloq va botqoq tuproqlar uchrasa, janubiy qismidagi qum massivlarida qumli va qumloq tuproqlar uchraydi.
O‘lkaning 500 m dan 1200 m balandlikkacha qismida oddiy va to‘q tusli bo‘z tuproqlar tarqalgan. Bunday tuproqlar ko‘p joylarda o‘zlashtirilib, madaniy bo‘z tuproqqa aylantirilgan.
Surxondaryoning 1500 - 2500 m dan balandda bo‘lgan tog‘ yonbag‘irlarida tog‘ jigarrang tuproqlari tarqalgan bo‘lib, tarkibida chirindi 4 - 6 foizga boradi. 2500 m dan yuqorida yaylov mintaqasi boshlanib tog‘ o‘tloq, o‘tloq, o‘tloq-botqoq tuproq uchraydi.
O‘simliklari. O‘lkaning 500 m balandlikkacha bo‘lgan qismida cho‘l mintaqasiga oid o‘simliklardan rang, iloq, qo‘ng‘irbosh, no‘xatak, shuningdek, shuvoq va boshqa o‘simliklar o‘sadi. Yirik daryo qayirlarida to‘qay o‘simliklari mavjud. Yerosti suvlari yer betiga yaqin bo‘lgan joylarda sho‘ralar o‘sadi. Surxondaryo vodiysining janubiy qismidagi qumloqlarda juzg‘un, qum ilog‘i, quyonsuyak kabi o‘simliklar uchraydi.
Adirda ko‘proq efemer o‘simliklar hamda shuvoq, kavrak, qo‘ziquloq, bir yillik astragal, javdar, bug‘doyiq kabilar mavjud. Shuningdek, adirlarda butasimon o‘simliklardan itburun, bodom, zirk kabilar ham o‘sadi.
Surxondaryo tog‘larida (1500-2500 m) bug‘doyiq, javdar, tipchoq, yovvoyi arpa, shirach, qurg‘oqchil va toshloq yerlarda astragal o‘sadi. Butalardan bodom, irg‘ay, itburun, zirk, daraxtlardan archa, zarang, xandon pista, yong‘oq, do‘lana, terak kabilar o‘sadi. Surxondaryo o‘lkasining sharqida joylashgan Bobotog‘ o‘zining xandon pistalari bilan mashhurdir. Surxondaryo o‘lkasining 2500 m dan baland qismida yaylov mintaqasi joylashib, unda subalp va alp o‘tloqlari mavjud. Surxondaryo vodiysida quruq subtropik iqlim tufayli anor, anjir, xurmo, shakarqamish, sitrus va boshqa issiqsevar mevali daraxtlar va mevalar yetishtiriladi. Jumladan, Denov subtropik o‘simliklar maskanida issiq mamlakatlarda o‘suvchi daraxt va mevalar yetishtirilmoqda.
Hayvonot dunyosi. Surxondaryo tabiiy-geografik o‘lkasida bo'ri, tulki, bo‘rsiq, kiyik, tog‘ takasi, tog‘ qo‘yi, Hindiston maynasi, qaldirg‘och, kemiruvchilardan kalamush, qo‘shoyoq, yumronqoziq yashaydi.
To‘qaylarida to‘qay mushugi, qirg‘ovul, yovvoyi cho‘chqa, chiyabo‘ri, tulki, g‘oz, o‘rdak uchraydi.
Sudralib yuruvchilardan o‘qilon, Turkiston kapcha iloni, gek-kon kaltakesagi bor. Bulardan tashqari, yana jayra, tasqara, chil va kakliklar ham yashaydi.
Surxondaryo o‘lkasi tabiatini, xususan, Amudaryo to‘qayzorlarini va Ko‘hitang tog‘ landshaftini himoya ostiga olish uchun Surxondaryo qo‘riqxonasi tashkil etilgan. Bu qo‘riqxona ikkita qismdan iborat. Birinchi qismi Payg‘ambarorol qo‘riqxonasini o‘z ichiga oladi. Unda to‘qay landshafti va u yerdagi o‘simliklar (baland bo‘yli qamishzorlar, ilonpechak, yovvoyi jiyda, tol, teraklar mavjud) hamda hayvonlar (xongul, to‘ng‘iz, tulki, to‘qay mushugi, chiyabo‘ri, quyon, tojdor tustovuq, ilonlar va boshqalar) himoya qilinadi.
Qo‘riqxonasining ikkinchi qismi sobiq Ko‘hitang buyurtmasining hududini o‘z ichiga olib, tog‘ landshafti hamda morxo'r, Buxoro tog‘ qo‘yi, burgut himoya ostiga olingan. Shuningdek, qo‘riqxona hududida Zarautkamar arxeologik yodgorligi ham joylashgan.
Surxondaryo viloyati - OʻzR tarkibidagi viloyat. 1941 y. 6 martda tashkil etilgan (1925 y. 29 iyundan Surxondaryo okruti boʻlgan). 1960 yil 25 yanv.da Qashqadaryo viloyati bilan qoʻshilgan. 1964 yil fev.da qaytadan tashkil qilindi. Respublikaning jan.sharqida, SurxonSherobod vodiysida joylashgan. Jan.dan Amudaryo boʻylab Afgʻoniston, shim., shim. sharq va sharqdan Tojikiston, jan.gʻarbdan Turkmaniston, shim.gʻarbdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 20,1 ming km². Aholisi 1874,7 ming kishi (2004). Tarkibida 14 qishloq tumani (Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Muzrabot, Oltinsoy, Sariosiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Shoʻrchi, Qiziriq, Kumqoʻrgʻon), 8 shahar (Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Termiz, Shargʻun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon), 7 shaharcha (Angor, Doʻstlik, Kakaydi, Sariosiyo, Sariq, Elbayon bekati, Hurriyat), 114 qishloq fuqarolar yigʻini bor (2004). Markazi — Termiz sh.
Surxondaryo viloyatiMamlakatOʻzbekistonMaqomiviloyatMaʼmuriy markaziTermizAsos solingan sanasi1941-yil 6-martHokimTurdimov Erkinjon Oqbo‘tayevichRasmiy tiliO'zbekchaAholi (20111,676,000 (4-oʻrin)Dinlar tarkibimusulmonlarMaydoni7900 km²Soat mintaqasiUTC+5Kod ISO 3166-2UZ-SUAvtomobil raqami kodi75-79[surxondaryo.uz Rasmiy sayti]
Tabiati. Sv. relyefi tog va tekisliklardan iborat, shim.dan janubga qiyalanib va kengayib boradi. Togʻlardan oqib tushadigan koʻpdankoʻp daryo va soylar dara hosil qilgan. Surxondaryo va Sheroboddaryo oqib oʻtadigan tekislik shim., gʻarb va sharqdan baland Hisor tizmasi (eng baland joyi 4643 m) va uning tarmoqlari (Boysuntogʻ, Koʻhitangtogʻ, Bobotogʻ) bilan oʻralgan.
Yana bir koʻzga koʻringan joylaridan biri Angor tumanidagi Qoraqir qishlogʻidir. Qishloq oʻz polvonlari hamda sabzavotchilik, mevachilik hamda chorvachilikda eng ilgʻor xisoblanadi. Qishloq hamda mahallaning gullab-yashnashiga ulkan xissa qoʻshgan mahalla oqsoqoli Chorshanbiyev Begʻam bobo tumanining koʻzga koʻringan jonkuyarlaridan biridir.
Togʻlar, asosan, yuqori paleozoy va mezozoy davrlari jinslaridan, tekislik qismi esa toʻrtlamchi davr yotqiziklardan tarkib topgan. Bu yerda neotektonika jarayonlari davom etmoqda: tevarak atrofdagi togʻlar koʻtarilib, botik, choʻkib bormoqda. Togʻlar bilan tekislik orasida adir va togʻ oldi zonasi joylashgan. Togʻlar shim. sovuq havo oqimlarini toʻsib turishi natijasida subtropik oʻsimliklar oʻstirish uchun qulay iqlim sharoiti vujudga kelgan. Togʻ zonasi va adirlarda, asosan, galla yetishtiriladi, chorva uchun yozgi yaylov. Mutlaq bal. 300–500 m boʻlgan SurxonSherobod tekisligida paxta ekiladi, bogʻ tokzorlar barpo qilingan. Jan. qismi keng qumliklar bilan qoplangan. Foydali qazilmalardan neft va gaz (Xovdogʻ, Kakaydi, Lalmikor, Amudaryo boʻyi tekisliklari), toshkoʻmir (Shargʻun, Hisor, Boysun, Koʻhitang togʻlarining etaklari), polimetall (Sangardak), osh tuzi (Xoʻjaikon) konlari bor. Gips, granit, argillit kabi qurilish materiallari, mineral suvli buloq koʻp. Tekislik qismining iqlimi quruq subtropik. Yozi jazirama issiq va uzoq, qishi iliq va qisqa. Yillik oʻrtacha tra 16°—18°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 28°.—32°, yanv.niki 2,8°—3,6°. Oʻzbekistonda eng issiq tra ham shu viloyat hududida kuzatilgan (1914 y. 21 iyunda Termizda 49,5° issiq boʻlgan). Baʼzi yillari qish ancha sovuq (—20° va hatto undan ham past). Yil davomida bulutsiz kunlarning koʻp boʻlishi va quyosh nurining tik tushishi effektiv tralar yigʻindisi yuqori boʻlishiga olib keladi. 10° dan yuqori trali kunlar tekislik qismida 290— 320 kun davom etadi. Bu esa viloyatda eng issiqsevar ekinlar (shakarqamish, ingichka tolali paxta) va mevalar yetishtirishga imkon beradi. Viloyat togʻlar orasidagi berk botikda joylashganidan bu yerda yogʻin kam. Viloyatning jan. tekisliklarida yiliga 130– 140 mm, Hisor togʻlari yon bagʻirlarida 445–625 mm yogʻin yogʻadi. Yogʻinning asosiy qismi qish va bahorda tushadi. Gʻarbiy, jan.gʻarbiy va shim.sharqiy shamollar koʻp esadi. Viloyatning jan.sharqiy qismida esadigan Afgʻon shamoli iqlimga salbiy taʼsir etadi. Viloyatning asosiy suv arteriyalari — Surxondaryo va Sheroboddaryo hamda ularning Qoratogʻdaryo, Toʻpolondaryo, Sangardakdaryo, Xoʻjaipok kabi irmoqlari. Togʻ qor va muzliklaridan, yogʻindan toʻyinadigan bu daryolar viloyat hududining shim. qismi, togʻ va tog oldi zonalarinigina suv bilan taʼminlay oladi, janubidagi keng tekisliklarda doimiy suv tanqisligi kuzatiladi. Yer osti (artezian) suvlaridan tobora keng foydalanilmoqda. 1957—58 yillarda Uchqizil, 1959— 62 yillarda Jan. Surxon va Degrez suv omborlari, Jarqoʻrgʻon gidrotuguni qurildi. Hazorbogʻ, Daytoʻlak, Qumqoʻrgʻon, Zang kanallari, Sherobod, AmuZang mashina sugʻorish kanallari barpo etildi. Tuprogʻi tekisliklarda taqirsimon va shoʻrxok och boʻz tuproklar, togʻ yon bagʻrida turli xil boʻz tuprokdar. Oʻsimliklar dunyosi ham tabiiy sharoiti bilan bogʻliq. Jan.dagi ekin ekilmaydigan qumloq joylarda qandim, oq saksovul, cherkez, taroqbosh, yaltirbosh, yantoq, butasimonlar; daryo boʻylarida yulgʻun, jiyda, turangʻil, terak, savagʻich, qiyoq, qamish; adir va togʻlarning pastki yon bagʻirlarida bir yillik efemerlar (lolaqizgʻaldoq, nixatak); 1200–2500 m balandliklarida efemerlar bilan birga archa, pista, qayin, tol, yongoq, olma, zarang oʻrmonlari uchraydi. Bobotogʻ tizmasi yon bagʻirlarida respublikaning eng yirik tabiiy pistazorlari joylashgan. Baland togʻ zonasi subalp va alp oʻtloklari bilan band. Hayvonot dunyosi ancha boy: buri, tulki, chiyaboʻri, ayiq, jayran, qobon, yovvoyi echki, arhar, toʻqaylarda bugʻu, toʻqay mushugi, kalamush, qoʻshoyoq, yumronqoziq, koʻrsichqon, gekkon kaltakesagi, koʻzoynakli ilon (kobra), oʻq ilon, jayra, qushlardan ular (togʻ kurkasi), qirgʻovul, mayna, qaldirgʻoch, gʻoz, oʻrdak, soʻfitoʻrgʻay, chil, kaklik bor. Daryo va suv omborlarida har xil baliq koʻp.
Sv. hududida Surxon davlat qoʻriqxonasi joylashgan.
Surxondaryo viloyatida tuproq holatini yaxshilash bo'yicha zudlik bilan choralar ko'rish kеrak
1news.uz — So'nggi 25-30 yilda Surxondaryo viloyati tuprog'i tarkibidagi chirindi miqdori 0,35 foizga kamayganiga qaramay, almashlab ekish usuli qo'llanilmasdan еrga asosan paxta va g'alla ekilmoqda, dеb yozmoqda “Jamiyat” nashri. Tеrmiz davlat univеrsitеti tadqiqotchisi Sayfulla Tursunovga ko'ra, viloyatda tuproq sho'rlanishining oldini olish uchun ham zudlik bilan choralar ko'rish talab etiladi, aks holda еr bеdavo bo'lgan ikkilamchi sho'rlanish kasaliga chalinadi. “Inson qullikda yashay olmagani kabi ona tabiatni ham quldеk ishlatish, undan nooqilona foydalanish mumkin emas. Tuproq odamlar o'ylaganidеk oyoq bosib yuriladigan mеxanik tayanch nuqtasi emas, balki inson uchun hayot manbaidir”, dеydi tadqiqotchi S.Tursunov.
Taqir tuproqlar - choʻl zonasi daryolariningqadimgi deltalari va vodiylari, allyuvialterrasalar, shuningdek, prolyuvial yotqiziqli qiyaliklar tuprogʻi; tuproqning mayda yoriklar bilan qoplangan, 1,52 sm qalinlikdagi pushti yoki och kulrang qavati. OʻzbekistondaAmudaryo bilan Qashqadaryo deltalari,Zarafshon va Surxondaryo vodiylarida uchraydi. Taqir tuproqlar Oʻzbekistontuproqshunoslari (Gorbunov B.V., Kimberg N.V.) tomonidan 4tatipchaga ajratilgan (1962): taqir— oʻtloqi tuproqdar, taqirsimon tuproklar, taqirlar, taqirsimon qoldiq — botqoq tuproklar. Yuzasining poligonal yoriqli qobiq (qatqaloq) bilan qoplanganligi Taqir tuproqlarning xarakterli belgisidir.Sugʻoriladigan Taqir tuproqlardagi mavjud agroirrigatsion qavat sugʻorib dehqonchilikqilish davriga, yerga solingan mahalliy oʻgʻitva chiqindilarga, shuningdek, oqar suvning loyqalik darajasiga qarab, 30—40 sm, 1 yoki 2 m qalinlikda boʻladi. Agroirrigatsion qavat rangi, mexanik tarkibi, qovushqokligi va kimyoviy xossalari bir xil boʻlgan yaxlit gorizont hosil qiladi. Bunday tuproqlar Buxoro viloyatida, Qarshi va Sherobod choʻllarida uchraydi. Qarshi choʻlidagi Taqir tuproqlar haydalma (0—30 sm) qavatning har gektarida 22—40 t chirindi, 2—3 t azot, 4—7 t fosfor bor. Taqir tuproqlar har xil darajada shoʻrlangan.
Taqir — 1) choʻl va chala choʻl zonalarida loituprokdan tarkib topgan va vaqgvaqti bilan suv bosadigan gilli yalang pastliklar. Yoshnli mavsumda yuzasi yupqa suv bilan qoplanib, suv bugʻlanib ketgach, T. yorilib, oʻsimlik oʻsmaydigan qatkdloqqa aylanadi. Shunday sharoitda vujudga kelgan tuproklarga taqir tuproqlar deyiladi. T. maydoni bir necha m2 dan 10–12 km² gacha boʻladi; 2) choʻllardagi yalangoch pastliklarda tub jinsi qumoklisoz tuproqdan iborat boʻlgan, avtomorf sharoitlarda rivojlangan tuproq tipi. Yuzasining poligonal yorikli qobiq (qatkdloq) bilan qoplanganligi, qisman gumus borligi (0,5% gacha), shoʻrxokligi (shoʻrlanishi xloridsulfatli va sulfat xloridli) T.ning muhim belgilaridir. T.da oʻsimliklar deyarli oʻsmaydi. Tuproq profili qalinligi 30—40 sm dan oshmaydi. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Mongoliya, Gʻarbiy Osiyo, Shim. Amerikada tarqalgan. T.ni oʻzlashtirish qimmat turadigan melioratsiya tadbirlari bilan bogʻliq.
HUDUDI VA IQLIMI
Geografik joylashuvi: Oʻzbekiston Respublikasi Amudaryo va Sirdaryo oraligʻida joylashgan, maydoni 448,9 ming kv. km. Respublika chegarasi gʻarbdan sharqqa — 1425 km, shimoldan janubga qadar — 930 km.
Chegaralari
Respublika shimolda va shimoliy-sharqda Qozogʻiston, sharqda va janubiy-sharqda Qirgʻiziston va Tojikiston, gʻarbda Turkmaniston, janubda esa Afgʻoniston bilan chegaradoshdir. Davlat chegarasining Afgʻoniston bilan uzunligi — 143 km., Qоzоgʻiston — 2356,31 km., Qirgʻiziston — 1476,12 km., Tojikiston — 1283,2 km. va Turkmaniston bilan — 1831,49 km.
Foydalanilgan adabiyotlar:
https://geografiya.uz/
https://uza.uz/oz
https://fayllar.org/
https://elib.buxdu.uz/
Dostları ilə paylaş: |