Mavzu: chor rossiyasining turkiston o‘lkasi boyliklariga munosabati va uning salbiy oqibatlari



Yüklə 367 Kb.
səhifə11/14
tarix02.06.2023
ölçüsü367 Kb.
#123022
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Chor Rossiyasining Turkiston o`lkasi boyliklariga munosabati va

Feruz (1844-1910) Sayid Muhammad Rahimxon Soniy - Xiva xoni Xorazm xalqining adolatparvar va ma`rifatparvar shoiri va farzandidir.
O`zbek adabiyoti, san`ati va tarixida muhim o`rin tutgan sermahsul ijodkor va madaniyat homiysidir. O`z saroyida u qirqqa yaqin shoir, sozanda, tarixchi, hattot va tarjimonlarm to`plagan1. Hasan Murod Qori Muhammadamin o`g`Ii Laffasiy esa «Xiva shoirlari va adabiyotchilarining tarjimayi hollan» tazkirasida Feruz saroyida 54 ta shoir faoliyat ko`rsatganini yozadi2. Feruz o`zidan so`ng «Devoni Feruz», «G`azaliyoti Fe­ruz» majmuasini qoldirgan. Shuningdek shoirning she`rlari Ah- madjon Tabibiy, Muhammad Yusuf Xarratov-Chokar, Komiljon Ismoilov-Devoniy, Bobojon Tarroh Azizov-Xodim va bosh­qa xodimlar tomonidan ko`chirilgan bayozlarda va toshbosma manbalarda uchraydi. Shoir Feruz o`zining yozgan g`azallarida Navoiy, Fuzuliy, Munis, Ogahiy, Komil kabi so`z san`atining ulug` namoyandalari an`analarini davom ettirib, ishq-muhab-bat mavzusini bosh mezon sifatida qabul qiladi. U ishq-muhab-batni madh etish orqali ijtimoiy hayot voqealariga o`z munosaba-tini, dunyoqarashlarini bildiradi, bular: sevgidan zavqlanish, oliyjanob insoniy g`urur, jo`shqinlik, ruhiy g`alayon, e`tiqod, imon, kamtarlik, ilm, kamolotga intilish, odamlarga yaxshilik qi-lishdir.
Shoir lirik g`azallarining bosh qahramoni Feruzning o`zidir. Bu qahramon o`zida oliyjanob fazilatlarini mujassamlashtirgan, jamiyat va xalqni o`ylovchi sxaxsdir. Bosh qahramonning fojiasi shundaki, oliyjanob shoir bilan qo`pol va noinsoniy odatlar, tushunchalar, aqidalar o`zaro konfliktlarga kiradilar.
Xullas, yuqoridagi fikr-mulohazalar shundan dalolat beradiki. chor Rossiyasining og`ir mustamlakachilik zulmi siyosati davrida ham Turkistonda siyosiy-ijtimoiy va madaniy hayot to`xtab qolmadi, xalqimiz o`zining an`anaviy tarixiy taraqqiyotiga sodiq qoldi, jahon fani va madaniyati xazinasi rivojiga munosib hissa qo`shdi.


X U L O S A
Mazkur mavzuni о`rganish jarayonida quyidagi umumlashma xulosalar chiqarish mumkin.

Yüklə 367 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin