RISC - Reduced Instruction Set Computer – Qisqartirilgan buyruqlar to`plamiga ega kompyuter;
CISC - Complex Instruction Set Computer – Murakkab (to`liq) buyruqlar to`plamiga ega kompyuter;
VLIW - Very Long Instruction Word – yuqori uzunlikka ega bo`lgan so`z buyruqli arxitektura
CISC arxitekturasi
CISC arxitekturasida semantik bo'shliq buyruqlar tizimini yuqori darajadagi dasturlash tillari operatorlariga o'xshash semantik analoglar, murakkab buyruqlar bilan to'ldirish hisobiga kengaytiriladi.
CISC arxitekturasining asoschisi bu IBM 360 mashinalari oilasi bilan ushbu yondashuvni qo'llay boshlagan va uni kuchli zamonaviy umumiy maqsadli hisoblash mashinasida davom ettiradigan IBM kompaniyasidir.
Shunga o'xshash yondashuv Intel uchun x86 mikroprotsessorlarida xarakterlidir.
CISC arxitekturasi
CISC arxitekturasi
uchun quyidagilar xususiy hol sifatida qaraladi:
protsessorda nisbatan kam sonli umumiy maqsadli registrlarning mavjudligi;
mashina ko’rsatmalarining (buyruqlarining) ko'pligi, ularning ba'zilari qurilmada yuqori darajadagi dasturlash tillarining murakkab operatorlari tomonidan amalga oshiriladi;