Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi



Yüklə 315,58 Kb.
səhifə82/102
tarix13.03.2023
ölçüsü315,58 Kb.
#87648
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   102
8-s-d-i-t

Darsning maqsadi:


1. Ta`limiy maqsad:Oltingugurtning vodorodli birikmasi. Vododrod sulfide.
Sulfid kislota haqida bilim, ko`nikma va malaka berish
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini varafakkurini o’stirish,
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Dasrning turi:An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsni rejasi.
1.Vododrod sulfid. 2.Sulfid kislota.
Yangi darsning bayoni.

Vodorod sulfidning suvli eritmasi nima uchun kislotali xossani namoyon qiladi?


Vodorod sulfidning molekulyar formulasi H2S, tuzilish formulasi H-S-H, elektron formulasi.
Fizikaviy xossalari. Vodorod sulfid rangsiz, o‘tkir hidli (palag‘da tuxum hidi),
zaharli gaz. –60°C da suyuqlanadi, –61,8°C da qaynaydi. 1 l suvda 3,85 g H2S eriydi (1 hajm suvda 2,5 hajm). Vodorod sulfidni suvdagi eritmasi sulfid kislota deyiladi.
Olinishi. Sulfid kislotaning tuzlariga ya’ni sulfidlarga xlorid kislota ta’sir ettirib vodorod sulfid olinadi. FeS + 2HCl = FeCl2 + H2S↑
Suyuqlantirilgan (200-350°C da) oltingugurtga vodorod ta’sir ettirib ham olinadi. H2 + S = H2S
Kimyoviy xossalari. Vodorod sulfid yonuvchi gazdir. U kislorodda yonadi.
A) agar kislorod etarli bo‘lsa: 2H2S + 3O2 = 2SO2 + 2H2O
B) agar kislorod etarli bo‘lmasa: 2H2S + O2 = ↓2S + 2H2O
Vodorod sulfid va sulfid kislota kuchli qaytaruvchi moddalardir:
Sulfid kislota boshqa kislotalar singari kislotalar uchun umumiy
kimyoviy reaksiyalarni ham beradi.
2KOH + H2S = K2S + H2O CaO + H2S = CaS + H2O
CuCl2 + H2S = CuS + 2HCl 2KOH + H2S = K2S + H2O
Vodorod sulfid, sulfid kislota va suvda eriydigan sulfidlar uchun reaktiv Pb(NO3)2 dir.
H2S + Pb(NO3)2 = ↓PbS + 2HNO3 Na2S + Pb(NO3)2 = ↓PbS + 2NaNO3
Sulfid ioni tutgan eritmaga qo‘rg‘oshinning suvda eruvchi tuzi qo‘shilsa qora rangli cho‘kma PbS ni hosil qiladi. Bu tajriba asosida sulfide ionini aniqlanadi.



Yüklə 315,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin