Dasrning turi:An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi: 1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsning bayoni.
1. Guruhlarda yuqoridan pastga tomon elementlarning a) metallik, b) metalmaslik,
c) qaytaruvchilik va d) oksidlovchilik xossalari qanday o‘zgaradi?
2.. Davrlarda chapdan o’ngga elementlarning a) metallik, b) metallmaslik, v) qaytaruvchilik va
g) oksidlovchilik xossalari qanday o‘zgaradi?
3. Li, Na, K, Rb, Cs, Fr qatorida elementlarning a) elektr manfiyligi, b) ionlanish potensiali va
c) atom radiusi qanday o‘zgaradi?
4. Na, Mg, Al, Si, P, Br qatorida elementlarning a) atom radiuslari; b) elektr manfiyliklari;
c) ionlanish potensiallari qanday o‘zgaradi?
5. Be, B, C, N, O, F qatorida elementlar oddiy moddalarining a) metalligi; b) oksidlovchiligi;
c) elektronga moyilligi qanday o‘zgaradi?
6. B2O3, Al2O3, Ga2O3, In2O3oksidlarning a) asoslik va b) kislotalik xossalari qanday o‘zgaradi? 7. 33 raqamli element qaysi a) davr va b) guruhda joylashgan?
8. BH3, CH4, NH3, H2O, HF gidridlarning a) kislotaligi va b) barqarorligi qanday o‘zgaradi?
9. HF, HCl, HBr, HJ qatorida gidridlarning a) kislotaligi va b) barqarorligi qanday o‘zgaradi?
10. Uglerod elementining davriy sistemadagi o‘rniga qarab, uning yuqori oksidi va gidridining formulalarini keltiring, ularning xossalarini tushuntiring.