uMail.uz – bepul elektron pochta xizmati.
uMail.uz pochtasi barcha xohlovchilar uchun qulay interfeysga ega bo`lgan, viruslar va spamdan ishonchli himoyalangan elektron pochta qutisini bepul taklif etadi.
Pochta xizmatining ba’zi qoidalari:
- pochta qutisini ochish uchun albatta ID.UZ tizimidan ro’yxatdan o`tishingiz kerak;
- bitta xatning maksimal hajmi 100 Mb;
- pochta qutisining maksimal hajmi 10 Gb;
- pochta qutisidan bir yildan ortiq foydalanilmasa u o`chirib tashlanadi.
Xizmatning veb-interfeysidan ham, IMAP protokolidan foydalangan holda xatlarni sinxronlashtirish orqali foydalanuvchining kompyuterida pochta mijozi orqali ham foydalanish mumkin.
Ishning bajarilish tartibi:
Dastlab electron pochta ochish uchun umail.uz saytiga kiramiz va quyidagicha oyna hosil bo’ladi
Ushbu oynadan ro’yxatdan o’tish tugmasini bosamiz va quyidagi oyna ochiladi
uMail pochta xizmatida avtorizatsiya ID.UZ Yagona identifikatsiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Agar siz avval ID.UZ tizimida ro`yxatdan o`tgan bo`lsangiz, avtorizatsiyadan o`tiish uchun rasmda belgilangan ID.UZ yozuvi ustiga bosiladi va quydagi oyna hosil bo’ladi
Ushbu oynadan belgilangan Ro’yxatdan o’tish tugmasini bosamiz va quyidagi oyna hosil bo’ladi
Ushbu oynadagi maydonlarni to’ldiramiz va Jo’natish tugmasini bosamiz va quyidagi oyna hosil bo’ladi
Keyingi qadamda umail.uz saytiga qaytamiz va pochtaga ID.UZ orqali kirish degan bo’limga ID.UZ orqali yaratilgan login orqali kiramiz
Kirish tugmasi bosilgach quyidagi oyna hosil bo’ladi
Ushbu oynaga ID.UZ saytidan ro’yxatdan o’tishda kiritgan parolimizni kiritamiz va kirish tugmasini bosamiz
Ushbu oynadan Заполнит yozuvi ustiga bosamiz
Xosil bo’lgan oynaga tel raqamni kiritib telefonimizga kelgan sms kodni kiritib tasdiqlaymiz
Shundan so’ng pochtaga o’tish tugmasi bosiladi
Pochta qutisi quyidagicha ko’rinishga ega bo’ladi
Dostları ilə paylaş: |