Laboratoriya topshiriqlari:
ID.UZ saytidan ro’yxatdan o’tish
Umail.uz saytida e-pochta ochish
Hisobot shakli:
1. Laboratoriya ishining nomi.
2. Laboratoriya ishidagi topshiriq raqami.
3. Topshiriqni bajarilishi (nazariy ma’lumot, amaliy qo’llanilish sohalari)
4. Topshiriq taqdimotini tayyorlash
Nazorat savollari
Internet xizmatlari nima?
Telnet xizmati nima?
Elektron pochta nima?
Domen nima?
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
Kenjaboyev A.T., Ayupov R.X., Raximov N.R., Ikromov M.M. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. – T.: TMI, 2012.-344b.
Мельников П.П. Компьютерные технологии в экономике. Учеб.пособие. – М.: КНОРУС, 2012. – 224с.
G’ulomov S.S., Xodiyev B.Yu., Begalov B.A. Informatika va axborot texnologiyalari. Darslik. – T.:2010y.-765 bet.
Ayupov L.F., Begalov B.A., va boshq. Kompyuterlar va ulardan samarali foydalanish asoslari. O‘quv qo‘llanma. T.; 2008 y.
MAVZU: MA’LUMOTLAR BAZALARI VA KATTA XAJMDAGI MA’LUMOTLAR BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYALARI
6.1-LABORATORIYA ISHI: MA’LUMOTLAR BAZALARI VA ULARNI ISHLAB CHIQISH MODELLARI. (2 soat)
Ishdan maqsad
MS Access dasturida jadvallar yaratish
Qo‘llaniladigan jihozlar va materiallar: Kompyuterlar, videoproyektor, laboratoriya ishlanmasi.
Ish haqida nazariy ma’lumot
Ma’lumotlar bazasi (MB) – bu ma’lum sohaga tegishli bo’lgan, o’zaro bog’langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo’lib, u ko’rilayotgan ob’ektlarning xususiyatini, holatini va obektlar o’rtasidagi munosabatni tavsiflaydi.
Darhaqiqat, hozirgi kunda inson hayotida MBda kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanish juda muhim rol oynaydi. Sababi, jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o’zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo’lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasi.
Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko’rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o’rinli bo’lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi.
Accessda asosiy ishlatiladigan obektlar to’rtta bo’lib, ular Tablitsi (jadvallar), Zaprosi (so’rovlar), Formi (shakllar) va Otcheti (hisobotlar) deb ataladi.
Avvalo MBda xar qanday ma’lumotlar jadval ko’rinishida ifodalanib olinishi kerak. Bunday jadvallardagi ustunlar maydon, qatorlar esa yozuv deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: |