Byudjetxarajatlariningrespublikabyudjetiva mahalliybyudjetlardanamalgaoshirilishi Yuqoridagi paragrafda davlat byudjetidan amalga oshiriladigan xarajatlarning tarkibi va ularning oxirgi yillardagi tuzilishi ko’rib chiqildi. Ushbu xarajatlar respublika byudjetidan, Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan, Toshkent shahrining shahar byudjetidan hamda tumanlar va shaharlar
byudjetlaridan amalga oshiriladi. Davlat byudjeti xarajatlari- ning byudjet tizimi byudjetlari o’rtasida taqsimlanishining huquqiy asosini tashkil qiluvchi O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 70-moddasi bilan respublika byudjetining xarajatlari, 71-moddasi bilan viloyatlar byudjetlari hamda Toshkent shahrining shahar byudjeti xarajatlari, 71-moddasi bilan tumanlar va shaharlar byudjetlari xarajatlari tarkibi belgilab qo’yilgan.
Respublika byudjetidan davlat ahamiyatiga ega bo’lgan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari*:
maktabgacha ta‘lim, umumiy o’rta ta‘lim, o’rta maxsus kasb-hunar ta‘limi, oliy ta‘lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta‘lim, maktabdan tashqari ta‘lim, kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalari, bolalar uylari, ta‘lim muassasalarini axborot-uslubiy jihatdan ta‘minlash muassasalari, vazirliklar va idoralar tasarrufidagi ta‘lim muassasalari, boshqa yordamchi muassasalarni saqlab turish, shuningdek qonun hujjatlarida O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta‘lim tizimi tadbirlarining xarajatlari;
respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, OITSga qarshi kurashish respublika markazi, Davlat sanitariya- epidemiologiya nazorati, karantin va o’ta xavfli infektsiyalar profilaktikasi, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o’quv yurtlarining klinikalari, qon quyish xizmati va sud-tibbiyot ekspertizasi respublika muassasalari, respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi boshqa davolash-profilaktika muassasalari hamda yordamchi tashkilotlarni saqlab turish, shuningdek, qonun hujjatlarida O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlar haqini to’lash xarajatlari; qonun hujjatlariga muvofiq ayrim toifadagi fuqarolarga tibbiy xizmatlar ko’rsatilganligi uchun respublika ixtisoslashtirilgan markazlari xarajat- larining o’rnini qoplash (subsidiyalar); qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog’lig’ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;
respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, tele- va radiodasturlar yaratish hamda ularni tarqatishga doir xizmatlar ta‘minoti va ularga haq to’lash, hukumatning alohida qarorlariga ko’ra ommaviy axborot vositalarini saqlab turish, kino- va videomahsulotlar yaratish, madaniy meros obyektlarida restavratsiya ishlarini bajarish, tasdiqlangan kalendar rejalarga muvofiq madaniyat va sportni rivojlantirish bo’yicha qonun hujjatlarida O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan maqsadli tadbirlar xarajatlari;
fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlarining davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida grantlar bo’yicha amalga oshiriladigan ilmiy-texnik loyihalar, noyob ilmiy obyektlarni va fanga xizmat ko’rsatuvchi muassasalarni saqlab turish, ilmiy loyihalar ekspertizasini o’tkazish hamda qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti hisobidan amalga oshiriladigan fanga doir alohida tadbirlar xarajatlari;
davlat arxivlarini saqlab turish xarajatlari;
respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi urush hamda mehnat faxriylari uchun pansionatlar va sanatoriylarni, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalarini saqlab turish, shuningdek, qonun hujjatlarida O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan, aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;
davlat mukofotlari, davlat pul mukofotlari bilan taqdirlanganligi munosabati bilan bir yo’la beriladigan davlat pul mukofotlari va mukofotlarini to’lash xarajatlari;
bolalikdan nogironlarga va bola tug’ilganda beriladigan nafaqalarni, qonun hujjatlarida ayrim toifadagi shaxslarga belgilangan kompensatsiyalarni to’lash uchun vakolatli organga mablag’lar ajratish xarajatlari;
Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o’tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo’llab- quvvatlash, ayrim toifadagi shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalarni to’lash xarajatlari jamoat ishlarini moliyalashtirish.
* O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 70- moddasidan. Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan hududiy ahamiyatdagi tadbirlarga va hududiy tasarrufdagi byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’ oluvchilarga, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan esa mahalliy darajadagi tadbirlarga va byudjetdan mablag’ oluvchilarga xarajatlar amalga oshiriladi.
Shuningdek, davlat byudjeti xarajatlari tarkibida moliya yili mobaynida iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa sohalardagi qo’shimcha, ko’zda tutilmagan xarajatlarning o’z vaqtida hamda uzluksiz moliyalashtirilishini ta‘minlash maqsadida tegishli byudjetlarga tushadigan daromadlar hisobidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, shuningdek, tumanlar va shaharlar byudjetining zaxira jamg’armalari shakllantiriladi. Bu jamg’armalarning miqdori makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi va davlat byudjetining asosiy parametrlari bilan birga tasdiqlanadi, mahalliy byudjetlarning zaxira jamg’armalari esa tegishli byudjetlar parametrlari tasdiqlanayotganda belgilanadi.
Zaxira jamg’armalariga tegishli ravishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog’iston Respubli- kasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari egalik qiladilar, mablag’lardan foydalanish to’g’risidagi moliya organlari bilan dastlab kelishilgan takliflar tashabbuskorlar tomonidan tegishli ravishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlariga belgilangan tartibda kiritiladi va ularning qarorlarida ko’rsatilgan aniq maqsadlarga va miqdorlarda sarflanadi. Zaxira jamg’armalaridan mablag’lar ajratilgan tadbirlar
muayyan muddatga ega bo’lsa, ushbu muddatda foydalanilmay qolgan mablag’lar tadbirlarni o’tkazish muddati tugaganidan keyin o’n ish kuni ichida tegishli zaxira jamg’armasiga tiklanadi. Zaxira jamg’armasidan mablag’ oluvchilar Moliya vazirligi va tegishli hududiy moliya organlariga tegishli zaxira jamg’armasidan ajratilgan mablag’lardan foydalanilishi to’g’risida har chorakda hisobot taqdim etadilar.
Xulosa qilib aytganda, davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi va tuzilishi davlatning xarakteri, uning bajaradigan funksiya va vazifalari, iqtisodiyotni davlat tomonidan qo’llab- quvvatlash ko’lamlari, ijtimoiy sohalardagi davlatning kafolatlari, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning yo’nalishlariga bog’liq bo’ladi. So’nggi yillarda byudjet sohasida bo’layotgan yangiliklar, byudjet qonunchiligidagi o’zgarishlar esa mamlakatimizda ishlab chiqarish, kichik biznes va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, iqtisodiyot barqarorligini ta‘minlash, aholiga munosib yashash va ishlash sharoitlarini yaratishdek ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.