Mavzu: Davlat bujetining ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlar


O‘zbekiston Respublikasi budjet qurilishi va budjet tizimi



Yüklə 44,45 Kb.
səhifə3/3
tarix10.02.2023
ölçüsü44,45 Kb.
#83766
1   2   3
davlat bujeti

O‘zbekiston Respublikasi budjet qurilishi va budjet tizimi
Ayrim adabiyotlarda mualliflar «budjet tizimi» va «budjet qu-
rili shi» degan tushunchalarni bir ma’noni anglatuvchi tushuncha sifatida sharhlaydilar. Aslida bu ikki tushuncha boshqa-boshqa vo qelikni anglatadi.
Budjet qurilishi mamlakatning davlat budjeti va budjet tizimini, uning bo‘g‘inlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tashkil qilish shakl larini, budjet tasnifini, budjet tizimiga kiradigan barcha dara-jadagi budjetlar faoliyatining huquqiy asoslarini, budjetlar tarkibi va tuzilmasini, budjet mablag‘larini shakllantirish va sarf lashdagi tartib-qoidalar va boshqalarni belgilab beradi
O‘zbekiston Respublikasining budjet qurilishi O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bud-
jet kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj lisining har yili 
qa bul qilinadigan «O‘zbekiston Respublikasining davlat bud-
jeti to‘g‘risida»gi qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezi-
dentining «O‘zbekis ton Respublikasining asosiy makroiqti-
sodiy ko‘rsatkichlari prognozlari va davlat budjeti parametrlari 
to‘g‘risida»gi qarorlari va boshqa qonun hujjatlari asosida bel-
gilanadi.
Taʼkidlangandek, 2021-yil yanvar-iyun oylarida respublikamiz iqtisodiyotining YAIM hajmi 6,2 foizga oʻsib, dunyoda kechayotgan pandemiyaga qaramay 318,5 trillion soʻmni tashkil etdi.
Iqtisodiy oʻsish sanoatda 8,5 foiz, qurilishda 0,1 foiz, qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligida 1,8 foiz hamda xizmatlarda 8,0 foizga oʻsgan. Inflyatsiya darajasi yil boshidan 4,4 foizni, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan esa 10,9 foizni tashkil etgan.
Davlat byudjeti daromadlari 2021-yil 1-yarim yilligida 74,9 trillion soʻmni tashkil etib, prognozga nisbatan 107,8 foizga yoki 5,4 trillion soʻmga oshirib bajarilgan. Daromadlar oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 16,7 trillion soʻmga oshgan.
Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha joriy yil yanvar-iyun oylarida soliq toʻlovchilarga respublika byudjetidan 7,6 trillion soʻm, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 6 barobardan koʻp mablagʻ qaytarib berilgan.
Davlat byudjetining 2021-yil 1-yarim yilligi xarajatlari davlat maqsadli jamgʻarmalarisiz 79 trillion 331,9 milliard soʻmni aniqlangan reja koʻrsatkichlariga nisbatan 96,9 foiz yoki YAIM ga nisbatan 24,9 foizni tashkil etgan.
Hisobot davrida mahalliy byudjetlar daromadlar qismi prognozga nisbatan 118,9 foiz, xarajatlar qismi rejaga nisbatan 97,3 foizga ijro etilgan.
Mahalliy byudjetlar mustaqilligini oshirish boʻyicha hukumat tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida mahalliy byudjetlar daromad koʻrsatkichi 2 trillion 639 milliard soʻm ortigʻi bilan ijro etilgan.
2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat maqsadli jamgʻarmalarining daromadlari yillik prognozga nisbatan 44 foizga (18 trillion 353,1 milliard soʻmga) bajarilishi ham oʻz navbatida, aholini ijtimoiy himoyalash va kambagʻallikni qisqartirish, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam va kompensatsiya toʻlovlarini oʻz vaqtida amalga oshirish imkonini bergan.
Majlis davomida byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, Moliya vazirligi tomonidan:
Davlat byudjetidan ichimlik va oqava suv obyektlari uchun ajratilgan mablagʻlarni maqsadli xarajat qilish ustidan nazorat oʻrnatish;
ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, investitsiya loyihalari dasturlari uchun Davlat byudjetidan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli va samarali ishlatilishi hamda Xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, suv xoʻjaligi vazirliklari va Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tomonidan byudjet mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq faoliyat samaradorligi indikatorlari ijrosi yuzasidan moliyaviy nazoratni oʻrnatish;
Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitalari bilan birgalikda davlat byudjetiga daromadlarni oʻz vaqtida va toʻliq tushishini taʼminlash, soliq qarzi va ortiqcha toʻlov miqdorlarini qisqartirish borasidagi ishlarni samarali tashkil qilish;
soliqlarning yigʻuvchanlik darajasini oshirish, qoʻshimcha daromad manbalari hamda yashirin iqtisodiyot tarmoqlarini aniqlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha vazifalar belgilandi.

3) Mamlakatimizdagi islohotlarning pirovard maqsadi kambagʻallikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirishdir. Shu bois, Prezidentimiz tashabbusi bilan xalqimiz turmushini yaxshilash yoʻlida juda katta vazifalarni amalga oshirishga kirishildi.


Davlatimiz rahbari tomonidan kuni kecha imzolangan “Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmon xalqning turmush darajasini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni yana-da qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan muhim hujjat boʻldi.Iqtisodiy tahlillarga koʻra, kambagʻallikni oylik yoki nafaqa miqdorini koʻpaytirish, kredit berish bilan qisqartirib boʻlmaydi. Ushbu strategik maqsadlarga hamma uchun teng imkoniyat yaratadigan yuqori iqtisodiy oʻsish hisobiga erishiladi.Yurtimizda aholining muayyan qatlami oʻrtasida kambagʻallik mavjudligi birinchi marta eʼlon qilingan kundan boshlab uni qisqartirish boʻyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Barcha tuman va shaharlarda ehtiyojmand oilalar, ayollar va yoshlar bilan manzilli ishlash boʻyicha mutlaqo yangi tizim — “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” joriy etildi.Bu tizim orqali koʻplab fuqarolarning bandligi taʼminlandi. Oʻzini oʻzi band qilgan aholi uchun soliq imtiyozlari berilishi hamda koʻpgina cheklovlarning bekor qilinishi tufayli ming-minglab fuqarolarimiz mehnat faoliyatini qonuniy tarzda yoʻlga qoʻydi. Umuman, pandemiya sharoitida oʻz ishini yoʻqotgan aholini qoʻllab-quvvatlash uchun davlat va hukumat barcha chora-tadbirlarni koʻrdi.Joriy yilning birinchi choragida davlat byudjetining jami xarajatlari 34,1 trillion soʻmni, shundan ijtimoiy sohalarga yoʻnaltirilgan xarajatlar 18,2 trillion soʻmni tashkil qildi. Ushbu xarajatlar oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 38,6 foiz oshdi.Bu boradagi ishlar faol davom etmoqda. Farmonga koʻra, 2021-yilning 1-iyulidan boshlab belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdorida va undan kam pensiya oluvchi shaxslarga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 20 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov joriy etildi. Bunda ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi pensiyalarning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda 256 675 soʻmdan 400 000 soʻmga oshiriladi.Shuningdek, belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 565 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik boʻyicha pensiyalari miqdori 565 000 soʻmga, zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori 315 030 soʻmdan 400 000 soʻmga yetkaziladi.Davlatimiz rahbarining mazkur farmoni bilan boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchi oilalarning barcha aʼzolarini qamrab olish maqsadida ularning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa miqdori 400 000 soʻm va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun 150 000 soʻmdan qoʻshilishi belgilandi. Bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa esa oyiga 513 350 soʻmdan 565 000 soʻmga oshirilayotir.Aytish joizki, farmonda belgilangan chora-tadbirlar odamlarni manzilli himoya qilish tizimini yangi bosqichga olib chiqadi. Mazkur yoʻnalishdagi ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini yana-da takomillashtiradi.Umuman olganda, Oʻzbekistonda ijtimoiy shartnoma ijtimoiy axloqning koʻp asrlik tamoyillariga asoslangan. Shu nuqtayi nazardan, mamlakatdagi kambagʻallikni bartaraf etish yoʻllaridan biri boʻlgan ijtimoiy himoya samaradorligini oshirish faqatgina kompleks yondashuvlar orqali amalga oshirilishi mumkinParlament a’zolariga qonun loyihasi bilan birga 2022–2023 yillarda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari prognozi ham taqdim etildi. Ular kelgusi yilda ham koronavirus pandemiyasi davom etishi ehtimoli borligidan kelib chiqib shakllantirilgan.
Asosiy e’tibor makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolishga qaratilmoqda, ya’ni YaIM oʻsishi keyingi yillarda uning ijobiy dinamikasini saqlab qolgan holda, 5,1% miqdorda boʻlishi nazarda tutilmoqda. Sanoat ishlab chiqarishi hajmi 5,8%, qurilishda 6,5%, qishloq хoʻjaligida 2,7% va хizmatlar sohasida 6,4% koʻpayishi nazarda tutilmoqda.2021 yilda YaIM 688,9 trln soʻmni, Davlat byudjeti daromadlari 147 trln soʻm yoki YaIMga nisbatan 21,3% darajasida boʻlishi kutilmoqda.
Davlat byudjetining хarajatlari 165,7 trln soʻmni tashkil etadi. Bu 2020 yildagiga nisbatan 24%ga koʻp boʻlib, bunda Davlat byudjet хarajatlarining yarmidan ortigʻi ijtimoiy sohalarga yoʻnaltiriladi.
Qonun loyihasida byudjet sohasiga oid qator oʻzgartirishlar nazarda tutilmoqda. Xususan, Vazirlar Mahkamasiga koronavirus pandemiyasi davrida birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi uchun respublika byudjetidan ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalarga ajratiladigan mablagʻlarni boshqa birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchiga oʻtkazish vakolati berilmoqda.
Mahalliy hokimliklarga yuqori turuvchi byudjetlardan ajratilishi rejalashtirilgan byudjetlararo transfertlar miqdorlarini inobatga olib, tegishli mahalliy byudjetlar loyihalari balansliligini ta’minlagan holda navbatdagi yil uchun tegishli mahalliy byudjetlarning daromadlar va хarajatlar prognozlariga teng miqdorda oʻzgartirishlar kiritish huquqi taqdim etilmoqda.
Byudjet jarayoni shaffofligini yanada oshirish maqsadida Davlat byudjeti ijrosiga doir ma’lumotlarni vazirlik va idoralar tomonidan oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinmagan taqdirda, tegishli vazirlik va idoralarning mas’ul rahbar хodimlariga jarima qoʻllash taklif qilinmoqda.
2021 yilda byudjet хarajatlarida ta’lim sohasida davlat dasturlarini amalga oshirish хarajatlariga salkam 2,2 trln soʻm, shu jumladan ilk bor chin yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash хarajatlari uchun 30 mlrd soʻm mablagʻ ajratish koʻzda tutilmoqda. Nodavlat MTM tarmogʻi kengayganligini inobatga olgan holda, Davlat byudjetidan ushbu muassasalarga 600 mlrd soʻm, ya’ni joriy yilga nisbatan ikki barobar koʻp subsidiyalar ajratish rejalashtirilmoqda.
.
Yüklə 44,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin