Mavzu:Davlat bujetining ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlar.
REJA
1.Davlat bujeti.
2. Davlat bujeti xarajatlari.
3.Davlat bujeti ijtimoiy maqsadlari.
Davlat byudjeti — davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallangan pul daromadlari va harajatlari majmui. Davlat byudjeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisoblanadi. Davlat byudjeti tarkiban umumdavlat (yoki markaziy) byudjeti (mamlakat miqyosidagi umumiy daromadlar va harajatlar yigʻindisi) vamahalliy (munitsipal) byudjet (hududiy tuzilmalar — oʻlka, viloyat, tuman va h.k. doirasidagi pul daromadlari va harajatlari)ga boʻlinadi. Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bogʻliq boʻladi. Davlat jamiyatga ijtimoiy xizmatlar (milliy xavfeizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saklash, atrof-muhitni himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va b.) koʻrsatadi va bularning barchasi harajat talab qiladi. Byudjet daromadlari soliqlar, solikdan tashqari yigʻimlar, davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mul-kini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablagʻlardan shakllanadi. Byudjet daromadining aholi jon boshiga hisoblangan miqdori mamlakatning byudjet salohiyati (potensiali) deb yuritiladi va bu byudjet daromadining umumiy hajmiga hamda aholining soniga bogʻliq. Byudjet harajatlari uning daromadidan ortib ketsa, byudjet taqchilligi, yaʼni kamo-madi yuzaga keladi. Kamomad miqdori mamlakat yalpi millim mahsulotning 3—3,5 % ga teng boʻlishi meʼyoriy hisoblanadi. Byudjet kamomadining gʻoyat oshib ketishi va uni daromad bilan taʼminlash mumkin boʻlmaganda byudjet harajatlari qisqartiriladi. Markaziy, mahalliy davlat byudjetilari va davlat byudjetidan tashqari fondlar (davlatning muayyan maqsadli fondlari, maxsus maqsadli soliqlar, zayomlar, byudjetdan subsidiyalar hisobiga yaratiladigan maxsus fondlar) yigʻindisi davlatning yigma byudjetini tashkil etadi. Davlat byudjeti, odatda, joriy yilda kelgusi yil uchun tuziladi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida u chorak yoki yarim yilga tuzilishi ham mumkin. Davlat byudjetini huku-mat tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat byudjeti muayyan mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarni ham ifodalaydi. Jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va faoliyatiga qarab davlat byudjeti mohiyati, uning daromadlari va harajatlari xususiyati hamda tarkibi turlicha boʻladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning iqtisodiyot, ishlab chiqaruvchi, milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashga faol aralashuvi davlat byudjeti mavqeining oshishiga sabab boʻladi, milliy daromad davlat ixtiyorida yigʻiladi va uning byudjet orqali qayta taqsimlanadigan qismi koʻpayadi.
Hozirgi rivojlangan mamlakatlarda davlat byudjetining asosiy qismi soliqlar (fuqarolarning shaxsiy daromadlaridan undiriladigan shaxsiy daromad soligʻi, ish haqi fondiga soliq va korxonalar, korporatsiyalar foydasidan undiriladigan foyda soligʻi va b.) hisobiga shakllanadi (mas, 1987-yilda AQShda soliq tushumlari davlat byudjetining 98 % ini, Buyuk Britaniyada 96,7 % ini, Fransiyada 91,5 % ini tashkil qildi). AQSH federal byudjetidan qilinadigan harajatlar orasida „da-romadlar darajasini taʼminlash“(qariyalar, mehnatga layoqatsizlar, ishsizlar, nogironlar, tibbiy yordamga muhtojlar, boquvchisini yoʻqotgan oilalar va h.k.ga yordam koʻrsatish) sarflari 40 %, milliy mudofaa harajatlari (28—30 %) eng muhim oʻrinda turadi.
Hozirgi davrda oz sonli sotsialistax mamlakatlarda davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi davlat sektori (ijtimoiy mulk)dan tushadigan mablagʻlardan, kooperativlar, xususiy korxonalardan, aholidan olinadigan turli soliqlardan hosil boʻladi va asosan xalq xoʻjaligini rivojlantirish hamda ijtimoiy-maishiy tadbirlarga sarflanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjeti respublika davlat byudjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi D.6., viloyatlar va Toshkent sh. mahalliy byudjetlarini birlashti-radi. Oʻzbekistonning birinchi davlat byudjeti 1924—25-yillarda tuzilgan boʻlib, uning hajmi 3,64 mln. soʻmni tashkil etgan edi.
Oʻzbekistonda yangi boshlanayotgan yil uchun davlat byudjeti yil yakuni (dek. oyining oxiri) da OʻzR Oliy Majlisi sessiyasida tasdiqlanadi va qabul qilingan davlat byudjeti qonun kuchiga ega boʻladi hamda amaliyotga joriy etiladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng davlat byudjetining shakllanish xususiyatlari boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga oʻtish davridagi oʻzgarishlar bilan bogliq holda bordi. Oʻzbekistan Respublikasi davlat byudjeti daromadlarining mutlaq koʻpchilik qismi soliklar hisobiga olinmoqda.
1995-yilda Oʻzbekistonda byudjet kamomadi 3 %, 1996-yilda 3,5 %, 1997-yilda 2,2 %, 2000-yilda yalpi ichki mahsulotning 1 % (32,8 mlrd. soʻm)ga teng boʻldi. Amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq tashkil etiladigan byudjetdan tashqari jamgʻarmalar (ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi, ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi jamgʻarmasi, yoʻl jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mul-ki qoʻmitasi jamgʻarmasi, mineral xom ashyo bazasini tak ishlab chiqarish fondi, oʻzini oʻzi boshqarish mahalliy organlarining maxsus fondlari)ning maqsadli yoʻnalishlarini saqlab qolgan holda, 1995-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining birlashgan byudjetiga kiritildi.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjetida jami daromadlar va harajatlar oʻzgarishlarida ishlab chiqarishning rivojlanishi, xoʻjaliklar va aholi daromadlarining oʻsishi asosiy ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda davlat byudjetini shakllantirish tartibi Oʻzbekistan Respublikasining 2001-yil 1 yanvardan kuchga kirgan „Davlat byudjeti tizimi toʻgʻrisida“ qonuni (2000-yil 14-dekabr)ga muvofiq olib boriladi.
2) Budjet xarajatlari – davlat va mahalliy hokimiyat vazifa va
faoliyatini moliyaviy ta’minlashga yo‘naltiriladigan pul mablag‘-
la ridir. Iqtisodiy maz muniga ko‘ra davlat budjeti xarajatlari –
davlatning markaz lashgan pul fondini taqsimlash va ishlatish
bilan bog‘liq iqtisodiy muno sabatlardir.
Budjet xarajatlarining turlari xilma-xil bo‘lib, bir qator omil-
larga bog‘liq:
– davlatning tabiati va funksiyalariga;
– mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga;
– budjetning iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish soha-tarmoq-
lari bilan aloqalarining ko‘lamiga;
– davlatning ma’muriy-hududiy tuzilishiga;
– budjet mablag‘larini taqdim etish shakllariga va b.
Bu omillar ta’siri ostida har qanday davlatning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishning har bir bosqichidagi budjet xarajatlari
tarkibi va tuzilishi shakllanadi. Masalan, agar davlatning asosiy
e’tibori iqtisodiyot tarmoq larini davlat tomonidan qo‘llab-quv-
vatlashga qaratilgan bo‘lsa, unda budjet xarajatlari tarkibida
yirik investitsiya larni davlat resurslari hisobidan moliyalashti-
rish xa rajatlari ustun bo‘ladi. Davlatning asosiy e’tibori jami-
yatdagi ij timoiy muammolarni hal qilishga, aholini ijtimoiy
himoya lash ga, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishga qaratil-
gan bo‘lsa, xarajatlar tarkibida ijtimoiy maqsadlardagi xarajat-
lar ortib boradi.
Budjet mablag‘lariga egalik qiluvchilar – ishlab chiqarish va
noishlab chiqarish sohalaridagi tashkilotlar, ya’ni budjet mab-
lag‘ larini oluvchilar budjet xarajatlari orqali moliyalashtiriladi.
Shunday qilib, budjet xarajatlari tranzit xarakterga ega. Budjetda faqat budjet xarajatlarining miqdori xarajatlar moddalari bo‘yicha belgilanadi, bevosita xarajatlarni esa budjetdan mablag‘ oluvchilar amalga oshiradilar. Bundan tashqari, budjet dota tsiyalari, subven siyalari va budjet ssudalari vositasida budjet tizimi darajalari bo‘yicha Budjet mablag‘ larini amalga oshadi. Budjet xarajatlari asosan qiytarib olinmaydigan xarakterga ega. Faqat budjet kreditlari va budjet ssudalari qaytariladigan asosda berilishi mumkin. Xarajatlar tuzilmasi budjet yili uchun tasdiqlanadigan budjetda bevosita ko‘rsatiladi va budjet daromadlari kabi iqtisodiy vaziyatga, ijtimoiy ustuvorliklarga bog‘liq bo‘ladi.
O‘z iqtisodiy mazmuniga qarab budjet xarajatlari joriy va ka-
pital xarajatlarga bo‘linadi.