Mavzu: Davlat bujetining ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlar



Yüklə 44,45 Kb.
səhifə2/3
tarix10.02.2023
ölçüsü44,45 Kb.
#83766
1   2   3
davlat bujeti

Budjetning joriy xarajatlari – budjet xarajatlarining bir qis-
mi bo‘lib, davlat hokimiyati organlarining, mahalliy o‘z-o‘zini 
boshqa rish organlarining, budjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga, davlat tomonidan quyi pog‘onadagi budjetlar va iqtisodiyotning ayrim tarmoq lariga mablag‘ ajratish,dotatsiyalar, subvensiyalar va subsidiyalar shaklida yordam ko‘rsatish uchun ajratiladi.
Budjetning kapital xarajatlari – budjet xarajatlarining inno-
vatsiya va investitsiya faoliyatini ta’minlaydigan qismi hisobla-
nadi. Unga tasdiqlangan investitsiya dasturiga muvofiq ishlab 
turgan yoki yangidan tashkil qilinadigan korxonalar, tashkilot-
lar va muassa salarga investitsiyalar uchun mo‘ljallangan xara-
jatlar kiradi. Bu xarajatlar investitsiya maqsadlari uchun bud-
jet kre ditlari tarzida beriladigan mablag‘lar, kapital ta’mir lash 
xarajatlari va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog‘-
liq boshqa xarajatlardan iborat.
Davlat budjeti xarajatlari o‘zining funksional tayinlanishiga 
ko‘ra quyidagi guruhlarga birlashtirilgan
1. Ijtimoiy soha (ta’lim, sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat, 
omma viy axborot vositalari, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy 
ta’minot muassasalari va tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlash) 
va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash (ko‘p bolali va kam ta’min-
langan oilalarga nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa turlari) 
xarajatlari;
2. Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining 
boshqa institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash xara-
jatlari;
3. Iqtisodiyot xarajatlari;
4. Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xara-
jatlari;
5. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini saqlab turish 
xarajatlari;
6. Sudlarni, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish 
xarajatlari;
7. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini saqlab tu-
rish xarajatlari;
8. Zaxira jamg‘armalarini shakllantirish xarajatlari;
9. Boshqa xarajatlar.
Sanab o‘tilgan har bir guruh xarajatlar, o‘z navbatidamahka-
maviy va maqsadli belgisiga ko‘ra guruhlanadi. Mahkamaviy bel-
gisiga ko‘ra budjet mablag‘larini oluvchi vazirlik, davlat qo‘mitasi 
yoki boshqa davlat boshqaruv organining xarajatlariga bo‘linadi. 
Bu belgiga ko‘ra xarajatlarni tahlil qilishda budjet xarajatlari-
ning qaysi tarmoq va sohalarga yo‘naltirilayotgani haqida xu-
losa qilish mumkin bo‘ladi. Masalan, davlat budjetidan funk-
sional tasnifga ko‘ra ta’lim sohasiga ajratilgan pul mablag‘lari 
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi, V-bo‘lim, 139-bob
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi kabi 
mahkamalar tomonidan tasarruf etiladi. O‘z navbatida, har bir 
vazirlik, davlat qo‘mitasi, idorasi yoki alohida budjet tashkilotiga ajratilgan budjet mablag‘lari xarajatlar ning aniq turlari bo‘yicha ajratiladi (maqsadli belgisiga ko‘ra). Masalan, kasb-hunar kolle-jiga ajratilgan jami mablag‘ ish haqi, kommunal to‘lovlar, joriy ta’mirlash, asbob-uskunalar va o‘quv jihozlari sotib olish kabi xarajat turlari bo‘yicha (muassa saning xarajatlar smetasiga kiri-tilgan xarajatlar) rejalashtiriladi va moliya lashtiriladi.
Hududiy belgisiga ko‘ra budjet xarajatlari umumdavlat xa-
rajatlariga va mahalliy hokimiyat organlarining xarajatlari-
ga bo‘ linadi. Umumdavlat xarajatlari, odatda, respublika bud-
jetidan amalga oshiriladi va davlat ahamiyatidagi tadbirlarni 
moliyalash tirishga safarbar etiladi. Mahalliy hokimiyat organ-
lari esa hududiy va mahalliy ehtiyojlardan kelib chiqib, Qora-
qalpog‘iston Respublikasi budjeti va viloyat, shahar, tuman bud-
jetlari mablag‘laridan xarajat larni amalga oshiradilar.

Yüklə 44,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin