Mavzu: Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari tarkibi sifatini oshirish va ularni kasbiy rivojlantirish



Yüklə 79,08 Kb.
səhifə5/5
tarix06.03.2023
ölçüsü79,08 Kb.
#86792
1   2   3   4   5
3 ped kengash qo`qon

Nazorat maqsadi:

  • Tekshiruv muddati

  • Tekshiruv ob’ekti

  • Tekshiruv o‘tkazish uchun asos

  • Nazorat bo‘yicha ma’sullar haqida ma’lumot berdi.

    Shuningdek , nazorat davomida o‘rganilgan va aniqlangan masalalarni birma bir aytib o‘tdi. So‘ng, nazorat bo‘yicha berilgan xulosa va tavsiyalarni o‘qib eshitgizdi.
    Ishchi guruh a’zolari frontal nazorat bo‘yicha berilgan tahliliy ma’lumotga o‘z fikrlarini bildirishdi.
    Barcha masalalar ko‘rib chiqildi va shu bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.
    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda masala yuzasidan kengash
    QAROR QILADI:

    1. Barcha kengash a’zolari tomonidan berilgan axborotlar ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin

    2. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim va tarbiya jarayonini amalga oshirishda tamoyillardan to‘liq foydalanilsin;

    3. DMTT tarbiyachisi R.Halilovaning bergan tavsiyalari tarbiyachilar tomonidan ishlashda qo’llanilsin

    4. DMTT tarbiyachisi R.Halilovaning tashkilotda yuritayotgan ilg‘or ish tajribasini o‘rganish va ommalashtirish uchun Qo‘qon shahar maktabgacha ta’lim bo‘limiga taklif kiritilsin.

    5. Tashkilot uslubchisiga:

    -Tarbiyachilarni kasbiy maxoratini oshirishda innovatsion pedagogikadan keng foydalanilsin
    -Tarbiyachilarning o‘zaro hamkorlik ishlari ko‘chaytirilsin
    -MTTda malaka oshirish kursalariga yil davomida reja asosida pedagoglarni yuborish ta’minlansin
    6. Frontal nazorat davomida aniqlangan kamchiliklar buyicha chora – tadbirlar ishlab chiqish va shu asosida tarbiyachilar ish olib borib keyingi bulib utadigan pedagogik kengashga kamchilaklar bartaraf etilganligi haqida ma’lumot tayyorlansin.
    Mazkur qaror ijro nazorati tashkilot direktori zimmasida qoldirilsin.
    Barcha pedagogik kengashni kun tartibida belgilangan vazifalar kurib chiqildi qarorlar qabul qilindi va keyingi pedagogik kengash uchun uyga vazifa belgilandi

    Yakuniy so’z tashkilot direktoriga berildi.


    Hurmatli kengash a’zolari, bugungi kengashimiz ishchanlik, baxs-munozaraga boy bo’lib o’tdi, kun tartibga qo’yilgan masalalar va qabul qilingan qarorlar nixoyatda dolzarb, muxtaram Prezidentimizni yaqinda qabul qilingan Murojatnomalarida va 2022 yil 28 yanvarda qabul qilingan PF-60-sonli Tarraqiyot strategiyasida 4 bo’lim 39-40-41 maqsadlar maktabgacha ta’limga tegishli bo’lib qamrov masalasi, pedagog kadrlar saloxiyatini oshirish, chet el nazariyalarini eng yaxshilarini o’zlashtirish ko’zda tutilgan. Biz xozirgi kundagi maqsadlarimizni taxlil etib ko’ramiz va yangi shijoat, kuch g’ayrat bilan yurt boshimiz ishonchlarini oqlaymiz deb umid qilaman Bu vazifalarni sizlar bilan birgalikda uddalaymiz, kengashdagi faol ishtiroklaring uchun raxmat, ishlarizga omad tilayman. Shu bilan bugungi kengashimizni yopiq deb e’lon qilaman.

    Kengash raisi: Z.Nosirova
    Kotiba: D.Azamova


    Yüklə 79,08 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin