QAROR QILADI.
Tashkilot direktori Z.Nosirova o’tgan pedagogik kengash qarorlari ijrosi to’g’risidagi axboroti asos uchun qabul qilinsin va qaror ijrolari to’liq bajarilgan deb xisoblansin.
Tashkilot direktori Z.Nosirova “ Maktabgacha ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish tamoyillari” mavzusidagi ma’ruzasi asos va ijro uchun qabul qilinsin
Barcha pedagoglarga:
Takomillashgan “Ilk qadam” o’quv dasturini mazmun mohiyatini chuqur o’rganish va unda berilgan 8 ta tamoyillarni o’z ish faoliyatlarida qo’llash;
Ota –onalarni ta’lim jarayoniga olib kirish, pedagoglar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
Treningda qabul qilingan tavsiyalarni amalda bajarish, tarbiyachi ijodkorligini yuksaltirish vazifasi yuklatilsin.
Muddat: yil davomida
Trening manbalari asos uchun qabul qilinsin.
Eshitildi:
Kengash raisi kun tartibidagi 2-masala yuzasidan so’zni ilg’or tarbiyachi R.Halilovaga berdi. R.Halilova quyidagilarni bayon qildi. Tashkilot ish rejasiga binoan meni ish tajribam o’tgan 2021-2022 o’quv yilida umumlashtirishga olingan edi. Olib borgan ishlarimni 2022 yil fevral oyidagi o’tgan 3-pedagogik kengashga taqdim etganman va kengash qarori bilan 2022-2023 o’quv yiliga ish tajribamni ommalashtirishga tavsiya etganlar. O’tgan vaqt mobaynida men diqqatimni quyidagilarga qaratdim.
Ilg’or tajriba
Ish jarayonimda ota-onalar, pedagoglar bilan xamkorlikka asosladim bugungi kengashga barcha nazariy va amaliy ishlaerini taqdim etaman .
R.Halilova taqdim etgan mavzu bo`yicha to`plangan ishlari o`rganish uchun ishchi guruhga taqdim etildi.
So`zga chiqdilar:
Tarbiyachi M.Aliyeva, D.Usubaliyeva, M.Ubaydullayevalar ushbu masala yuzasidan o`z fikirlarini bildildilar.
Yuqoridagilardan kelib chiqib kengash
QAROR QILADI:
1.Tashkilot tarbiyachsi R.Halilovaning ilg`or ish tajribani ommalashtirish uchun taqdim etilgan va to`plangan materiallari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2.Tarbiyachi R.Halilova ish tajribasi tashkilot miqyosida ommalashtirilsin hamda ish faoliyatida qo`llashga ruhsat berilsin.
3.Uslibchiga:D.Azamovaga
- ish tajribasini stend shaklida ommalashtirish;
-taqdim etilgan barcha hujjatlarni umumlashtirib MTBga taqdim etish vazifasi topshirilsin.
Muddati bir hafta
Eshitildi:
Uchinchi masala yuzasidan direktor Z.Nosirova so’zga chiqdi va kengash qatnashchilari bilan birgalikda “DMTT pedagoglarining kasbiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida kadrlar malakasini oshirish va uzuluksizligini ta’minlash” mavzusida davra suxbati o‘tkazildi.
Maktabga tayyorlov guruxda o’tkazilgan frontal nazorat natijasi bilan tanishtirish uchun so’z uslubchi D.Azamovaga berildi. va barcha kengash a’zolarini tashkilotda bo‘lib o‘tgan frontal nazoratni tahliliy ma’lumoti bilan tanishtirdi. Tanishtirish davomida uslubchi quydagilarni aytib
Dostları ilə paylaş: |