2. Standartlashtirish davlat tizimi
Respublikamizda standartlashtirish jarayoni 3 bosqichdan iborat:
atamalarni standartlashtirish;
o‘lchovlarni, o‘lchash va sinov uskunalarini va ularni konstruktsiyaga
va mahsulot texnologiyasiga bog‘lab standartlashtirish;
– mahsulotning o‘zini standartlashtirish.
Standartlashtirish sohasidagi atamalarni to’plashda xalqaro standartlashtirish tashkilotining hujjatlariga, sobiq Ittifoqdagi ma‘lumotlarga, shuningdek O’zbekiston Respublikasida ilk yaratilgan hujjatlarga murojat etildi. Bu sohadagi asosiy tushunchalar 61 atamadan iborat bo’lib, ularning mohiyati ketma – ketligi bo’yicha ma‘lum tartibda joylashtirilib, hozirgi vaqtda chop etilgan O’z RST I. IO. 93 “O’zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy atamalar va ta‘riflar” standarti yaratildi.
Standartlashtirish sohasidagi birqancha asos bo‘luvchi hujjatlar O‘zstandart agentligi huzuridagi standartlashtirish, metrologiya, sertifikatsiyalash institutida (SMSITI) yaratilmoqda. Bular qatoriga dastlabki standartlar O‘z RST I. 0 – 92, O‘z RST I. I – 92, O‘z RST I. 2 – 92, O‘z RST I. 3 – 92 va boshqalar kiradi.
O‘z RST 1.0 – 92 «O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar» standarti standartlashtirishning asosiy vazifa va maqsadini, standartlashtirish ishlarining tashkil etilishi va asosiy qonun .
Xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlaridagi korxonalarda MXST standartlari asosida MXST standartlarini ishlab chiqish, nazorat qilish va rioya qilish, ishlarni tashkillashtirish tartibi hamda mehnat xavfsizligi bo‘yicha boshqa me’yoriy hujjatlar, yong‘in va portlash xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish tartibini belgilovchi mehnat xavfsizligi bo‘yicha korxona stadartlari ishlab chiqiladi.
MXST standartlari talablari va me’yorlari majburiy ravishda barcha turdagi konstruktorlik, texnologik, loyiha hujjatlariga hamda mehnatni muhofazalash bo‘yicha yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlarda keltiriladi. MXST standartlarining asosiy qoidalari davlat standartlashtirish tizimining tarmoq standartlarida keltirilgan.