Mavzu: Davlat strategiyasining tizimli boshqaruv omillari. Reja: Davlat strategiyasining tizimli boshqaruv omillari. O‘zbekiston milliy taraqqiyoti yangi bosqichi



Yüklə 40,97 Kb.
səhifə3/6
tarix14.07.2023
ölçüsü40,97 Kb.
#136542
1   2   3   4   5   6
Beshinchidan, jamiyatda e’lon qilingan strategiya albatta tanqidga olinishi tabiiy. Faqat tanqid konstruktiv, sog‘lom va asosli muammolarga qaratilishi lozim. Strategiya mavjud ekan, tanqid taktik masalalarning mohiyatiga qaratiladi va bunday holatni to‘xtatish yoki unga tusiq qo‘yish boshqa illatlarning kelib chiqishiga olib keladi.58 G‘oyalar xilma-xilligi, konstruktiv muholifat, sog‘lom raqobat strategik harakatlar jarayonini muolaja qilib turadi.
Zamonaviy strategiyalarning aksariyati aynan, investitsiyalar orqali inson kapitaliga va u orqali adolatli qonunlarning, ijtimoiy institutlar qoidalarini tashkil etilishiga qaratiladi. Muammo shundan iborat bo‘ladiki, davlatning strategik vazifasini jamiyat a’zolari tomonidan idrok eta olmasligi yoxud aksincha jamiyat talablariga da’vatan davlat boshqaruvi tayyor bo‘lmasligi natijasida millatning rivojlanish istiqbollari ro‘yoga aylanadi. SHuning uchun har qanday islohotlar inson kapitalini rivojlantirish bilan amalda uning ta’mal toshi mustahkamlanadi. Prezident SH.Mirziyoev - “Binobarin, inson kapitaliga e’tiborni kuchaytirishimiz, buning uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz shart. CHunki jamiyatimizda oliy ma’lumotga ega, yuksak malakali mutaxassislar qancha ko‘p bo‘lsa, rivojlanish shuncha tez va samarali bo‘ladi”, deb davlat strategiyasining ustvor vazifalarini ochib beradi.
Davlat strategiyasini boshqarish tizimlarining nazariy va metodologik asoslari belgilangan uzoq va yaqin muddatli dasturlarning puxta va mukammal rejalar bilan ta’minlashda izohlanadi. Tanlangan maqsadlarning strategik rejasi, tamoyili,izchil va o‘zaro bog‘liq ijrosi, strukturaviy integratsiyalashuvini talab qiladi. Mazkur jarayonlar starategik boshqaruv rejasi va tamoyillari asosida ta’minlanadi. Strategik vazifalarni rejalashtir qanday me’zonlarga asoslanadi? Ular;
• tashkilot missiyasini aniqlash; tashkilotning mavjudlik mazmunini belgilash, muljallangan, yuklangan mas’uliyatlarni ifodalaydi.
• tashkilot maqsadi va vazifasini shakllantirish; xizmat ko‘rsatish turining soni va sifat darajasi rag‘batlantirish tizimiga asoslanib faoliyat samaradorligini belgilaydi.
• tashqi muhit ta’sirini baholash va tahlil qilish; ichki xulq-atvorning tashqi munosabatlarga kirish darajasi va natijalari, kommunakativ holat ifodasi. U ob’ektning holati, resurlarning mavjudligi, huquqiy-me’yoriy asoslarning ta’minlanganligi, ilmiy-texnikaviy baza, ijtimoiy-madaniy muhit va infrastrukturaning layoqatliligini tahlil etadi.
• ichki strukturani baholash va tahlil qilish; belgilangan maqsadlarga erishish yo‘lida ichki imkoniyat va salohiyatlarni o‘rganish, hisobga olish orqali tashkilot missiyani aniq belgilash mumkin bo‘ladi. Ular kadrlar salohiyati, boshqaruvni samarali tashkil etish, rejani to‘g‘ri moliyalashtirish va marketing bilan bog‘liq bo‘ladi.
• muqobil strategik tavsiyalarni ishlab chiqish va qiyoslash; mazkur yo‘nalish strategik rejalashtirishning yuragi hisoblanadi. Zero, unda muqobil tavsiyalardan eng samaralisi tanlanib, maqsadga erishishning maqbul variantlari joriy etiladi.
• strategiyani amalga oshirish; bu yo‘nalish eng mas’uliyatli hamda tahlikali jarayon. Agar u real vaziyatni to‘liq qamrab olgan yaxlit va bir butun reja bo‘lsa, uning muvoffaqiyati ta’minlanadi. Moboda boshqacha bo‘lsa, unda turg‘unlik yuzaga keladi. Bunga sabab, noto‘g‘ri tahliliy ma’lumotlar, xulosalar, ko‘tilmagan sharoitlar, resurslardan oqilona foydalan olmaslikdir.
•strategiyani baholash va nazorat qilish; bu jarayon strategik rejalashtirishni mantiqiy yakunlovchi omil bo‘lib hisoblanadi. U hodisalarning qayta aloqalanish siklini ta’minlash jarayonida strukturaviy bo‘g‘inlardagi bog‘lanish imkoniyatlarini ko‘zatadi, tahlil qiladi, baholaydi, aniqlaydi, xulosalar chiqaradi. Zarurotda strategik rejalarni korrektirovka qiladi.60
Davlat strategik rejalari aniq va o‘zgarmas tamoyillarga bo‘ysindirilishi muhim. Ular islohotlarning bir ma’romda, izchil yo‘nalishini ta’minlashga xizmat qiladi. Jumladan;

  1. Ilmiylik.

  2. Maqsadlilik.

  3. O‘zgaruvchanlik.

  4. Birlik.

  5. SHaroit yaratish.


Yüklə 40,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin