Mavzu: Davlat strategiyasining tizimli boshqaruv omillari. Reja: Davlat strategiyasining tizimli boshqaruv omillari. O‘zbekiston milliy taraqqiyoti yangi bosqichi



Yüklə 40,97 Kb.
səhifə2/6
tarix14.07.2023
ölçüsü40,97 Kb.
#136542
1   2   3   4   5   6
Birinchidan, ijtimoiy voqelik va vaziyatni anglash. Davlat strategik vazifalarni qabul qilgunicha jamiyatda turg‘unlik, mavhumlik yoxud inqiroziy holatlar mavjud bo‘ladi. Strategik rejalarning qabul qilinishi bilan mazkur vaziyatning murakkab jihatlari aniqlanadi va maqsadga erishish yo‘lidagi mavjud resurslar imkoniyati baholanadi. SHunday qilib, sog‘lom pragmatik qarashlar ijtimoiy vaziyatni tan olish orqali strategik maqsadlarga olib keladi.
Ikkinchidan, vorisiylik an’anasiga amal qilish. Hukumat amaldorlarining o‘zgarishi vorisiylik kafolatlarini ta’minlansa, unda jarayonlar rivojlanmaydi. Davlat organlari amaldorlarining tez-tez o‘zgarishi strategik maqsadlarining shakllanmaganligidan dalolat beradi. Zero, davlat strategiyasi shu maqsadlarga muvoffiq etakchilarni tanlashni taqozo etadi. Madomiki, shunday ekan, dastavval kadrlar tizimini shakllantirish strategik maqsadning keyingi amaliy bosqichga o‘sib o‘tish imkoniyatini ta’minlaydi. Inchinun, boshqaruvni samarali maqsadga xos tashkil etish strategiyaning garovi bo‘lib xizmat qiladi.
Uchinchidan, agar davlat e’lon qilgan strategiyasiga sobit bo‘lsa, u fuqarolarda hukumatga nisbatan ishonchni uyg‘otadi, mutlaqo yangi ijtimoiy qadriyatlarni taklif qiladi, jamiyatda ijtimoiy xamjihatlikning asoslarini belgilab beradi. YA’ni barcha uchun birdek maqbul bo‘lgan g‘oya kerak. Bu o‘z navbatida fuqaroviy safarbarlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Aslida strategiya davlat va jamiyat o‘rtasida o‘tish davri uchun kelishuv shakli sifatida namoyon bo‘ladi.
To‘rtinchidan, davlat strategiyasi siyosiy kuchlarning faoliyatini strategik vazifalar asnosida birlashtirishni taqoza etadi. Rasmiy va oshkora yakdillik jamiyatda kuchlar muvozanatini yagona maqsad yo‘lida uyg‘unlashtiradi. Bundan tashqari jamiyatda guruhlar, toifalar, qatlamlar ham mushtarak maqsadlarga intilishlarini ta’minlab beradi. Muvoffaqiyatsizliklarga duch kelgan tajribalardan ma’lumki, ijtimoiy o‘zgarishlar yuqorida hokimiyat va mulk taqsimoti doirasidan tashqariga chiqa olmay qolib ketadi.

Yüklə 40,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin