Xulosa va tavsilotlar Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usuli. Boshqarish usullari tizimida alohida o’rinni egallaydi. Ular boshqaruv bo’g’inlarining o’zaro bog’lanib ishlashining boshqaruv munosabatlarini aks ettirib, boshqariluvchi mansablarga ma’muriy ta’sir ko’rsatishining butun mexanizmini ifodalaydi. Boshqaruv bo’g’inlari tomonidan amalga oshiriladigan boshqarish aktlari ikki turga bo’linadi: normativ aktlar va shaxsiy aktlar. Boshqaruvga oid normativ aktlarda aniq muayyan shaxs bo’lmaydi: ular biror sharoitga tadbiqan olinadigan umumiy hatti–harakat qoidalarini o’z ichiga oladi va ko’pincha uzoq vaqtga mo’ljallangan bo’ladi. Boshqarishning shaxsiy aktlari esa muayyan sub’ektlarga qaratilgan bo’ladi.
Tashkiliy usullarni tashkiliy ko’rsatma va farmoyish berish yo’li bilan ta’sir ko’rsatishga bo’lish keng tarqalgan. Tashkiliy ma’muriy ta’sir ko’rsatish turli tashkiliy choralarni masalan, MTMni boshqarishning tashkiliy mazmuni va mundarijasini belgilash, ichki tartib qoidalarni o’rnatish va shu kabilarni o’z ichiga oladi. Farmoyish, ko’rsatma va buyruq berish yo’li bilan ta’sir ko’rsatish barcha boshqarish bo’limlarining ishlanishi kunda tezkorlik bilan ta’minlab turishdan iborat balib, unga ko’rsatmalar berish, yozma shakldagi yoki og’zaki beriladigan buyruqlar vositasi bilan erishiladi.
Tavsiyalar: Ta’lim muassasasi ichki boshqaruv tizimida tarbiyachi va texnik xodimlarni rag’batlantirish ta’lim - tarbiya ishlarini takomillashtirish va uning sifat - samaradorligini yanada oshirishda muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi.
Rag’batlantirish turlariga quyidagilar kiradi: joriy mukofotlash, ta’lim–tarbiya ishida alohida o’rnak ko’rsatgani uchun mukofotlash va hokazolar.
Pedagog xodimlarni ma’naviy jihatdan rivojlantirish usullari. Mehnatning ma’naviy omillari ma’naviy - siyosiy, ijodiy va boshqa omillarni o’z ichiga oladi. Ma’naviy - siyosiy omillarning negizi ilmiy dunyoqarash, tarixiy taraqqiyot istiqbollarini tushunish va qayta qurish tantanasiga ishonishdir. SHuning uchun ta’lim muassasasining peagoglar jamoasini boshqarishda ularning har birini siyosiy, ilmiy, metodik va umumpedagogik jihatdan saviyalarini oshirib borishi, shuningdek, ularga iqtisodiy bilimlar berish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda ta’lim muassasasi xodimlarining ongi qanchalik yuqori bo’lsa, ularning pedagogik mehnat sohasidagi faoliyati, binobarin, o’quv - tarbiya bobidagi yutuqlari shunchalik yuksak bo’ladi.