Mavzu: Davlatning iqtisodiy roli reja


barqarorlashtirish vazifalari



Yüklə 10,39 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü10,39 Kb.
#206261
1   2   3
Choriyev Otabek Anvarovich

barqarorlashtirish vazifalari
qonuniy tartibga solish vazifasi
muvofiqlashtirish vazifasi
ijtimoiy yo'naltirilgan vazifasi
taqsimlash
nazorat
2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy usullari va shakllari
Iqtisodiyot o'zini-o'zi tartibga solish davrida bozor mexa­nizmi uzoq vaqt mobaynida iqtisodiyotni tartibga solishning yagona mexanizmi bo'ldi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish zarurati va uni bozor bilan uyg'unlashtirish bi-roz keyinroq yuzaga keldi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning rivo-jlanishini ikki yirik bosqichga bo'lish mumkin: 1. Ikkinchi ja-hon umshiga qadar; 2. Ikkinchi jahon urushidan keyin.
Umumiy holda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi
Iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikka erishish
Bozorni amal qilishi uchun qulay sharoit yaratish
Iqtisodiy o'sishning barqarorlik darajasini ta'minlash
Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni boshqarish
Ijtimoiy taraqqiyotni ta'minlash
Ekologik va demografik muammolarni hal etish
    • Hozirgi kunda davlat iqtisodiy tizimda iqtisodiy indikator-larga faol ta'sir etuvchi yagona va asosiy tartibga soluvchi, muvofiqlashtiruvchi markaziga aylanmoqda, iqtisodiy o'zga-rishlarga qulay sharoit yaratmoqda. Bozor iqtisodiyotini barcha jabhalari tartibga solishda davlat boshqaruviga zaruriy element sifatida qaraladi.

3. Iqtisodiyotning davlat sektori va uning butun iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli
Davlat sektori — bu mulk egasi davlat bo'lgan jami korxonalar va tashkilotlar majmuyidir. Uning bir qismi milliylashtirishdan va ikkinchi qismi esa davlat mablag'lari hisobidan shakllanadi. Kapital talab etuvchi yangi tarmoqlarni yaratish (kosmik sanoat ishlab chiqarish va boshqalar) hisobiga iqtisodiyotning davlat sektori oshib boradi.
Turli mamlakatlarning ijtimoiy ishlab chiqarishida davlat sektori ulushi turlicha bo'lib, u asosiy kapitalning 2 % dan 50 % gachasini tashkil etadi. MDH davlatlarida bozor iqtisodiyotiga o'tish va iqtisodiyotni isloh qilishdan so'ng davlat sektori ulushi sezilarli darajada qisqardi.
Misol uchun: Rossiya Federatsiyasi sanoatida davlat sektori ulushi 5 %dan kamni tashkil etdi, O'zbekiston Respublikasida — 30 %.
    • Davlat sektori ishlab chiqarish maqsadlariga ko'ra nodavlat sektoridan farqlanadi. Ishlab chiqarishdan asosiy pirovard maqsad - bu foyda olish, lekin davlat sektorining asosiy maqsadi — bu investitsiyani, bandlikni tartibga solish, nodavlat sektoriga yordam ko'rsatish va ijtimoiy jarayonlarni tartibga solish hisoblanadi. Davlat sektori maqsadlari milliy iqtisodiyot manfaatlaridan kelib chiqadi.


Yüklə 10,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin