Mavzu: Davlatning iqtisodiyotda xususiy tarmoq va tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash siyosati


Davlat mikroiqtisodiy siyosatining asosiy yo’nalishlari



Yüklə 48,25 Kb.
səhifə3/4
tarix14.12.2023
ölçüsü48,25 Kb.
#179120
1   2   3   4
Davlatning iqtisodiyotda xususiy tarmoq va tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash siyosati

Davlat mikroiqtisodiy siyosatining asosiy yo’nalishlari
Mamlakatimizda tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish bugungi kunda davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning soʻzlari bilan aytganda, biz faqat faol tadbirkorlik, tinimsiz mehnat va intilish orqali taraqqiyotga, farovon hayotga erisha olamiz .
Tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash va biznes muhitini yaxshilash boʻyicha amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida, Jahon bankining “Biznes yuritish – 2020” hisobotida Oʻzbekiston 7 pogʻonaga koʻtarilib, 69-oʻrinni egalladi va dunyoning eng yaxshi 20 ta islohotchi davlati qatoridan joy oldi. Yangi korxona ochish qulayligi boʻyicha yurtimiz ilk bor dunyoda sakkizinchi oʻringa koʻtarildi . Bunday imkoniyatlar natijasida joriy yilning oʻtgan 10 oyida 91 mingta yoki 2018- yilgiga nisbatan 2 barobar koʻp yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etildi. Lekin hali soha rivoji yoʻlida qilinadigan ishlar ham koʻp.“Biznes yuritish – 2020” hisobotida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish, jumladan, yer ajratish, qurilish va mol- mulkni roʻyxatga olish borasida qulayliklar yaratish kerak. Shu bois bugungi
videoselektor yigʻilishida tadbirkorlarga yerni onlayn auksion orqali berish, mulkni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha idoralararo elektron axborot almashinuvini taʼminlash zarurligi taʼkidlandi. Xorijiy tajriba asosida, mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan mustaqil oʻtkazishga masʼul alohida tuzilma tashkil etish taklifi
bildirildi .
Prezidentimiz hokimlar 50 foiz ish vaqtini yangi kichik biznes subyektlari tashkil etish va ishlayotgan tadbirkorlarning muammolarini aniqlash hamda hal etishga sarflashi lozimligini taʼkidlab, juda koʻp rahbarlar bunga befarqlik va masʼuliyatsizlik bilan qarab kelayotganini keskin tanqid qildi .
Buni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalariga kelib tushgan 26 mingta murojaatning deyarli yarmi bevosita tuman darajasida hal qilish mumkin boʻlsa-da, muammolar joyida yechilmagani uchun fuqarolar yuqori idoralarga murojaat qilishga majbur boʻlayotgani ham yaqqol koʻrsatib turibdi .
O’zbekistonda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosiy maqsadlaridan biri mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik shakllarini ustuvor rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun iqtisodiy islohotlar o’tkazildi, uning rolini oshirish uchun yirik institutsional asoslar yaratildi. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni kafolatlovchi huquqiy-
me’yoriy hujjatlar, tadbirkorlarga ko’maklashuvchi nodavlat tashkilotlar, korxonalar shular jumlasiga kiradi. O’zbekistonda xususiy tadbirkorlik va kichik biznes korxonalari majmuini tashkil etish muvaffaqiyatli bormoqda.
Kichik biznes faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonalar davlatga bog’liq bo’lmagan holda, ya’ni katta kapital mablag’larsiz o’zlari ish joylarini joriy etishlari, hozirgi davrda bizda vaqtinchalik mavjud bo’lgan tovarlar tanqisligini kamaytirishlari va xattoki, bu tanqislikni butunlay yo’qotishlari mumkin. Hozirgi jamiyatimizda kichik korxonalar faoliyatini ayrim kishilarning extiyojlarini qondirish sari yo’naltirish zarur. Bu narsa maishiy xizmat ko’rsatish hamda xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish sohalarida yaqqol ko’rinmoqda. Kichik korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g’oyat katta ahamiyatga ega.Bizning respublikamizda kichik korxonalar soni va ular ishlab chiqargan mahsulotlar hajmi yildan yilga oshib bormoqda. Kichik korxonalar O’zbekistan Respublikasining «Korxonalar to’g’risida», «Mulk to’g’risida», «Erkin tadbirkorlik faoliyati kafolatlari to’g’risida»gi kabi qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me’yoriy hujjattlar asosida tashkil etilmoqda.Kichik korxonalar ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida sanoatning etakchi sohalarini yangi texnologiyalarga o’tishda tobora o’z o’rnini topib bormoqda. Ular yangi fikrlar va ishlab chiqarishni takomillashtirish, yangi axborot texnologiyalarini joriy qilish bilan ish jarayonini ta’minlovchi butun tizimni asosiy bog’lovchilik sifatini o’zlarida namo-yon etmoqdalar.Bugungi kunga kelib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha jabhalarida, mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqarishda, xalq iste’moli mollarini, qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamda boshqa sohalarda faoliyat ko’rsatmoqda. Kichik korxonalar ishlab chiqargan mahsulot davlat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan sifati jihatidan qolishmasligi va, hatto, ayrim hollarda ulardan yuqori turishi bilan ajralib turadi.
Respublikamizdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining 60-70 foizi bevosita ishlab chiqarish bilan uzviy bog’langan, ular fermerlar, dehqonlar, sanoatchilar va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchilar va hokazolardir.Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni jadal rivojlantirish asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish, tegishli institutlar tizimini tashkil etish, kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit resurslarini keng jalb qilish va xorijiy sarmoyalar olib kirish uchun maqbul sharoit yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi
«Xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznesni rivojlantirishni yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustda PF-3305-sonli Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonga asosan «o’rta korxonalar» tushunchasi bekor qilindi va 2004 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar kichik biznes sub’ektlari hisoblanadi:
 yakka tartibdagi tadbirkorlar; ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo’lgan xodimlarning o’rtacha yillik soni 20 kishidan, xizmat ko’rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo’lmagan tarmoqlarda 10 kishidan, ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan mikrofirmalar. Quyidagi tarmoqlarda band bo’lgan xodimlarning o’rtacha yillik soni:
 yengil va oziq-ovqat sanoti, metallga ishlov bei shva asbobsozlik, yog’ochni qayta ishlash va mebel sanoati hamda qurilish materiallari sanoatida – 100 kishidan;
 mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg’i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish va boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalarida – 50 kishidan;
- fan, ilmiy xizmat ko’rsatish, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish sohalari (sug’urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlannish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida – 25 kishidan oshmagan kichik korxonalar.
Kichik korxonalar yirik kompaniyalarga nisbatan ular bozor sharoitiga tez moslashadilar hamda ishlab chiqargan mahsulotlarini bozorda muvaffaqiyatli o’tishini ta’minlashda bir qancha ustunliklarga ega. Chunki, kichik korxonalar o’z faoliyatlarini tor ishlab chiqarish dasturlariga, ilg’or texnologiyaga, kam turkumli ilm-fan talab qiladigan mahsulotlar chiqarishga tezda moslaydilar hamda bozor asoslarini tez o’zlashtirib boradilar. Mulkchilik shakllariga ko’ra kichik korxonalarning quyidagi turlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
Davlat mulkiga asoslangan kichik korxonalar.
Jamoa mulkiga asoslangan kichik korxonalar.
Fuqarolarning mulkiga asoslangan yakka tartibda ishlaydigan kichik korxonalar.
Ijara korxonalari.
Kichik qo’shma korxonalar.
Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati quyidagilar bilan tavsiflanadi:
 xususiy tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti sharoitida zarur tezkorlikni ta’minlab, ishlab chiqarishdagi chuqur ixtisoslashuv va tarmoqlashgan kooperatsiyani yaratadi, bularsiz yuksak samaradorlikni ta’minlab bo’lmaydi;
 bozor uchun zarur bo’lgan raqobatchilik muhitini yaratadi hamda o’zgarib turadigan bozor talabiga moslab tezda ishlab chiqarish turini o’zgartirib olish qobiliyatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi; iste’molchilik sohasida yuzaga keladigan bo’shliqni tezda to’ldirishga qodir bo’lib, eng zamonaviy mashina uskunalari va texnolo-giyadan foydalanib sarflangan sarmoyaning o’rnini juda tez qoplay oladi .
Kichik biznes va xususiy tabdirkorlikning xususiyatlari
(muomala kapitalining kichikligi, uning tez aylanuvchanligi, ishlab chiqarish vositalarini tezda almashtirish imkoniyatlari va b.) uning bir qancha afzalliklarga ega bo’lishi imkoniyatlarini yaratadi:
 izlanish, yangi mahsulotlarni maromiga etkazish va o’zlashtirish, ularni talabning tez o’zgarib turishi xatarini hisobga olgan holda kichik uyushmalarda ishlab chiqarish;
 tezkor texnik servisning ishonchliligi va iste’molchilar bilan mustahkam aloqalar o’rnatish;
 ishlab chiqarishni moslashuvchan tarzda tashkil etish va mahsulot sotishni bozor talablariga hamda bozor vaziyatlari o’zgarishlariga muvofiq olib borish;
 ortiqcha ish kuchini o’ziga singdirish;
 boshqarishning oddiyligi, katta ma’muriy apparatning yo’qligi, qurilish va loyiha quvvatlarini o’zlashtirishda qisqa muddat, kapital sarflarining tez o’zini oqlashi, kapital aylanmasida yuqori tezlik; xom ashyo va mehnat resurslari, ishlab chiqarish chiqindilaridan to’liqroq va samaraliroq foydalanish .
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hamda u bilan bog’liq barcha narsalar zamonaviy ijtimoiy ishlab chiqarish tashkiliy tuzilmasini muhim va tarkibiy qismini tashkil etadi. Shuning uchun ham davlatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka muhim o’rin ajratilib, ularga davlat tomonidan madad berilmoqda. Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes ilmiy-texnika rivojiini jadallashtirish, sanoatning ilg’op tarmoqlarida yangi texnologiyalarga o’tish sharoitida o’z o’rnini topib bormoqda. Bunday tadbirkorlik yangi axborot texnologiyalarini, yangi g’oyalar va ishlab chiqarishni modernizatsiyalash bilan ishlashni ta’minlovchi butun tizimning ajralmas qismini tashkil etadi. Bundan tashqari, kichik korxonalar tavakkalchilik xavfi yuqori bo’lgan sharoitlarda ishlab chiqarishning ma’qul shakllaridan hisoblanadi. Kichik korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g’oyat katta ahamiyatga ega. Yangi texnologik g’oyalarni yirik korxonalarga nisbatan tezroq qabul qiladigan kichik biznesda xatar kamroq va katta turkumdagi ishlab chiqarishga qaraganda ishni tezroq yo’lga qo’yish mumkin. Bu esa bizning sharoitda ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlantirishga yordam berishi mumkin. Iqtisodiyotning umumiy taraqqiyotini ta’minlashda, tovarlar va xizmatlar etishmovchiligini bartaraf etishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik katta o’rin tutadi. Mehnat resurslari tez o’sayotgan va ishlab chiqarish joylashuvidagi o’ziga xoslik sharoitlarida O’zbekistonda kichik korxona- lar tizimini vujudga keltirish quyidagi imkoniyat-larni yaratadi:
 erkin mehnat resurslarining, yangi xo’jalik munosabatlarining joriy etilishi, yangi mulkchilik shakllarining paydo bo’lishi natijasida ishlab chiqarishda bo’shatiladigan shaxslarning ijtimoiy ishlab chiqarishga ko’proq jalb etish, mulkchilikning yangi shakllari paydo bo’lishi;
 aholining, birinchi navbatda yoshlarning, moddiy, ma’naviy va kasb darajasini ko’tarish;
 aholining sust harakatchanligini hisobga olgan holda sanoat ishlab chiqarishini aholi yashaydigan joylarga yaqinlashtirish hamda aholining xalq iste’moli mollariga bo’lgan extiyojlarini to’laroq qondirish;
milliy va badiiy hunarmandchilikni tiklash, shuningdek, kichik va o’rta shaharlarni, qishloq aholi punktlarini rivojlantirishga yordam ko’rsatish, umuman, har bir mintaqa uchun g’oyat muhim bo’lgan iqtisodiyot samaradorligini oshirish.
Iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkor-likning ijobiy ahamiyatini e’tirof etgan holda, uning ahamiyatini ortiqcha baholab yuborish ham to’g’ri emas. Xususiy tadbirkorlik faqat muayyan doiradagina faollik ko’rsata oladi, shu sababli kichik biznes faoliyatini rivojlantirish uchun kerakli sharoitni yaratish zarur. Buning uchun bizningcha, moliya jamg’armalarini tashkil etish kerak. Bu jamg’armalar tadbirkorlar tijorat banklarida imtiyozli kreditlar olish uchun kafil bo’lishlari, subsidiyalarga, shu jumladan qaytarib berilmaydigan subsidiyalarga (iqtisodiyotning alohida ustuvor sohalaridagi korxonalar-ni rivojlantirish uchun) manba bo’lib xizmat qilishlari lozim.O’zbekistonda kichik korxonalarni moliyaviy qo’llab-quvvatlash tizimining takomillashtirilishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka xizmat ko’rsatadigan banklar, fondlar, investiiiyalar va sug’urta tashkilotlarining faoliyatlarini rag’batlantirish yo’nalishida olib borilishi lozim. Xorijiy mamlakatlardagi kabi O’zbekiston Respublika-sida ham agar korxona ustuvor davlat dasturida (yangi texnikani yaratish, uzoq hududlarni rivojlantirish va boshqalar) qatnashayotgan bo’lsa, imtiyozli qarzlar olishi mumkin. Bunda foizning eng kam me’yori va qarzni uzishda uzoq muddat berilishi – qarz berishdagi asosiy shartlardandir.Kichik korxonalar faoliyatiga oldindan ko’rib bo’lmaydigan xilma- xil xatarli vaziyatlar katta ta’sir ko’rsatadi, kon’yunkturaning keskin o’zgarib ketishi, mijozlarning to’lovga qodir bo’lmay qolishi, tabiiy ofatlar ularni tang ahvolga tushirib qo’yadi. Shu sababli rivojlangan mamlakatlarda sug’urtalar tizimi yaxshi yo’lga qo’yilgan. Bizning mamlakatimizda ham sug’urtalar barpo etilishi zarur. Bu tizim kichik korxonalarni rivojlantirishda (ayniqsa tijorat xatarlari katta bo’lgan sohalarda) qulay sharoitlarni kafolatlashi, o’ziniki bo’lgan yoki qarz olingan kapital bilan tavakkal qilib ish boshlagan tadbirkorlarga ishonch va zarur barqarorlikni yaratishi kerak.Iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish respublikamizda o’tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Bu esa iqtisodiy raqobatning rivojlanishini, iste’mol bozorini tovarlar va xizmat turlari bilan to’ldirishni, shuningdek, xususiy tadbirkorlarning keng qatlamini yaratishni taqozo etadi. Bularni hisobga olib, bugungi kunda Respublikada quyidagi masalalarni hal qilish lozim:
 aholining keng tabaqalarini bozor faoliyatiga olib kirish, ulardagi boqimandachilik, iste’molchilik psixologiyasini bartaraf qilish, aholida xususiy tadbirkorlik, kichik biznes faoliyati bilan faol shug’ullanish istagini uyg’otish;
 qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy munosabatlarni tubdan yangilash, dehqon va fermer xo’jaliklar faoliyatini yanada rivojlantirish hamda ular sonini imkon qadar oshirish, hududlarda kichik korxonalar tashkil etish yo’li bilan vaqtincha ishsiz yurgan kishilarni qo’shimcha ish joylari bilan ta’minlash;
 mintaqada bozor munosabatlari va infratuzilmani jadallashti-rish, iqtisodiy raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
 respublika aholisining ortib borayotgan talab va extiyojlarini to’laroq qondirishga xizmat qiluvchi iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarni barpo etish;
 ko’rsatiladigan xizmatlar turini va miqyosini keskin oshirish, bank, auditorlik, konsalting hamda turli vositachilik faoliyatlarini hozirgi zamon fan va texnikasi yutuqlari asosida yuksak saviyada tashkil etishni ta’minlash;
 korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirish, ularning iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lishlarini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratib berish; joylarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlari va hajmini bozor talablariga ko’ra osonlik bilan moslashtira oladigan iste’mol bozorini tovar bilan to’ldirib, eksport uchun mol chiqara oladigan kichik korxonalarni joriy qilish .
Ma’lumki, respublikada mehnatga layoqatli aholining 65,3 foizi qishloqlarda yashaydi. Bu qishloq joylarda tadbirkorlikning rivoji uchun juda katta imkoniyatlar mavjudligini ko’rsatadi. Shu bilan bir qatorda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida band bo’lgan ortiqcha ishchi kuchlarini xizmat ko’rsatish, qayta ishlash va shu kabi yo’nalishlarga qayta taqsimlash kerak. Qishloqda tadbirkorlikni, uning kichik biznes shakllarini rivojlantirish bilan bog’liq turli boshqaruv pog’onalarida tashkiliy-iqtisodiy masalalarni hal etish ustuvor masalalar qatoriga kiradi.Bu
maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatimiz miqyosida quyidagi masalalarni hal qilish lozim:
 bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlash uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
 hududlarda haqiqiy tadbirkorlik muhitini yaratish;
 kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy jihatdan qo’llab- quvvatlash;
 kichik biznes va tadbirkorlikning huquqiy bazasini mustahkamlash;
 kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni texnologik jihozlar bilan ta’minlashni qo’llab-quvvatlash; islohotlar natijalarini reklama va axborot xizmati vositalari orqali keng ommaga
etkazish .
Tadbirkorlik faoliyati rivojlanishida soliq va savdo sohalaridagi davlat siyosati muhim rol o’ynaydi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha shu sohadagi cheklovlar kichik biznes rivojidagi aksariyat muammolarni yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.
So’rov o’tkazilgan tadbirkorlarning 75 foizi moliya-kredit tizimini
takomillashtirishni, 52,5 foiz soliqni, 69 foizi moddiy-texnika resurslari bilan savdo qilishni yaxshilash lozimligi to’g’risida fikr bildirganlar. Shuning uchun islohotlarning hozirgi bosqichida bu sohalarda tadbirkorlikka to’siq bo’layotgan omillarni tahlil qilish va ularni bozor talablari doirasida baholash muhim ahamiyatga
egadir.

Yüklə 48,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin