Mavzu: Detallarga rezba tayyorlash Reja


Rezba yo'nish tokarlik stanoklari



Yüklə 13,68 Kb.
səhifə3/4
tarix24.12.2023
ölçüsü13,68 Kb.
#192735
1   2   3   4
Mavzu Detallarga rezba tayyorlash Reja-fayllar.org

3. Rezba yo'nish tokarlik stanoklari
Stanoklar va boshqa mexanizmlar, yuqori aniqlikka ega bo'lgan yurgizish vintlari, shuningdek rezba kesish asboblari juda katta aniqlikda ishlaydigan tokarlik stanoklarida tayyorlanadi. Bu stanoklar katta bikirlikka ega, kinematik zanjirlari aniq ishlaydi, uchragan xatolarni to'g'rilab turuvchi maxsus qurilmalar ishlatiladi. Masalan, 1622 modelli tokarlik stanogining tezliklar qutisi stanok staninasidan ajratilgan alohida fundamentga o'rnatilgan.
Boltlarga rezba ochish stanoklari. Bolt va unga o'xshash detallarga rezba ochish uchun mo'ljallangan (15.6-rasm). Tokarlik stanogiga o'xshash ko'rinishidagi bir shpindelli, boltlarga rezba ochish stanogida zagotovka tiskiga qisilib maxovik yordamida tezda mahkamlab o'rnatiladi. Tiski supportga o'rnatilgan, support shpindel bilan bog'langan sxv=6 mm li yurgizish vinti yordamida suriladi. Support bolt zagotovkasi bilan birga shpindelga o'rnatilgan o'z-o'zidan ochiluvchi rezba kesish kallagiga qarab sirilib boradi. Kallakda bir necha rezba kesish keskichlari rezba hosil qilinadigan yuzaga urinmalar (tangensial) holida joylashtirilgan. Rezba kesish kallagi 3,5 kW li elektr dvigateldan tasmali uzatma va tezliklar qutisi orqali aylanma harakat oladi.

Gaykalarga rezba ochish stanoklari. Yirik seriyali va keng ko'lamli ishlab chiqarish sharoitida gaykalarga rezba ochish maxsus yarim Avtomat va avtomatlarda to'g'ri va qiyshaytirilgan dastakli mashina metchiklari yordamida bajariladi.


Ikki shpindelli, gaykalarga rezba ochish avtomati egik dastali metchik bilan ishlaydi. Metchik maxsus kallak bilan birga shpindeldan aylanma harakat oladi. Gayka zagotovkalari bunkerdan aylanib turuvchi metchikka yaqinlashadi, metchik va uning qiyshaytirilgan dastasi bo'ylab harakatlanib, rezbasi ochilgan tayyor gaykalar yashikka tushib yig'iladi (15.7-rasm).

4. Rezba nakatka qilish stanoklari
Rezba nakatka qilish stanoklari yassi va doiraviy plashkalarda ishlovchi turlarga bo'linadi. Yassi plashkali stanoklarning ish unumdorligi yuqori va aniq rezbalarni hosil qilish imkoniyatiga ega. Zagotovkalar bunkerdan ishlov berish zonasiga qo'zg'aluvchan va qo'zg'almas plashkalar orasiga kelib tushadi. Qo'zg'aluvchan yassi plashka elektr dvigatel, tasmali uzatma, tishli g'ildirak uzatmasi va krivoship shatunli mexanizm orqali ilgarilama qaytar harakat qiladi (15.8-rasm).
Yassi plashkalar yordamida diametri 2...25 mm va uzunligi 125 mm gacha bo'lgan sirtlarda rezba hosil qilinadi. Bu usulning ish unum­dorligi yuqori, lekin rezbaning aniqligi doiraviy plashkalar bilan na­katka qilishga qaraganda kamroq.
Doiraviy plashkali stanoklarda zagotovka qo'zg'aluvchan va qo'zg'almas doiraviy plashkalar (roliklar) orasidagi tayanchiqqa joylashadi. Qo'zg'aluvchan plashka tezda zagotovkaga yaqinlashib, uni qo'zg'almas rolikka bosadi, shu payt rezba yuzasi nakatka qilinadi, zagotovkaning bir necha aylanishlari natijasida to'la rezba hosil bo'ladi. Ikkala rolik bir elektr dvigateldan mexanik uzatma orqali aylanma hara­kat oladi. Qo'zg'aluvchan rolikning to'g'ri chiziqli surilishi gidroyuritma vositasida bajariladi (15.9-rasm). Bu usulda nakatka qilinadigan rezbaning diametri 100 mm gacha yetadi.
Nakatka qilish orqali detallarda silindrik va konussimon roliklar yordamida konussimon rezba hosil qilish ham mumkin.
Qadami 2...3 mm Ii ichki rezbalar raskatnik deb ataluvchi asbob yordamida hosil qilinadi.

Nakatka qilish usulining afzalliklari quyidagilardir:


  1. ish unumdorligining yuqoriligi;


  2. mahsulotlar tannarxining nisbatan past bo'lishi;


  3. kesib ishlangan rezbalarga qaraganda rezbali mahsulotlarning mustahkamligi va ishqalanishga chidamligi ancha yuqori.





Yüklə 13,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin