Mavzu: Dezadapta tsiya vauningo ' smir xulqida namoyon bo'lishi



Yüklə 28,4 Kb.
səhifə1/7
tarix11.04.2022
ölçüsü28,4 Kb.
#55113
  1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Dezadapta tsiya vauningo \' smir xulqida namoyon bo\'lishi



MAVZU: Dezadapta tsiya va u n i n g o ' s m i r xulqida namoyon bo'lishi

  1. Dezadaptatsiya tushunchasu: nazariya va amaliyot.

  2. O'g'irilik: sabab va oqibatlari.

  3. O’sm irlik davrida mobbing.

  4. O’smirning ijtimoiy dezadaptasiya natijasi sifatida vandalism, ekstrimizm, xakking va ksenofobiya

O‘smirlar xarakterida ijtimoiy psixologik dezadaptatsiya xolatlarining shakllanish omillari. Adaptatsiya (moslashish) tushunchasi zamonaviy psixologiya fanida katta o‘rin egallaydi. SHuning bilan bir qatorda ushbu muammoga nisbatan turli nuqtai nazarlar mavjud. Pedagogik endiklopediyada Adaptatsiya tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi: «Adaptatsiya (yunon.. adapta-tio –moslashish), organizmning tashqi sharoitlarga moslashish. Adaptatsiya asosini orgnanizmning tashqi muxitdagi vaziyatlarda ichki barqarorligini saqlab turish imkonini beruvchi reaksiyasi tashkil etadi. “Adaptatsiya organizmni turli sharoitlarda me’yoriy rivojlanish , optimalishlash qobiliyatlarini saqlab turishini ta’minlaydi “Pedagogika va psixologiyada adaptatsiya tushunchasining shaxs rivojlanishi nazariy taxlilida shaxs rivojalnishining nisbatan turg‘un bosqichiga o‘tish jarayoni sifatida qaraladi (E. V. Ilenkov, A. V. Petrovskiy, D. I. Feldshteyn) [12; ].

Shaxs rivojlanishi ushbu tadqiqotchilar tomonidan yangi ijtimoiy muxitga kirib borishi , va integratsiyalashuvi sifatida ko‘riladi Shaxs shakllanishining birinchi bosqichini A.V.Petrovskiy adaptatsiya bosqichi deb xisoblaydiю Bu bosqichda shaxs tomonidan jamiyatda o‘rnatilgan ijtimoiy me’yor va mezonlarni, shuningdek faoliyatni ma’lum usul va vositalarini egallashi tushiniladi. Sub’ekt, yangi ijtimoiy muxitga kirar ekan avvalo o‘rnatilgan me’yorlarni o‘zlashtirib olishi zarur, shundan keyingina u o‘zini shaxs sifatida namoyon eta oladi. Agar individga adaptatsiya jarayonidagi qiyinchiliklarni engib o‘tish imkoni bo‘lmasa shaxs rivojlanishidagi asoratli buzilishlariga sabab bo‘lishi mumkin ya’ni adaptatsiya ijtimoiylashuv jarayonidagi individuallashuvdir[12]. Dunyoga keliboq bola uni o‘rab turgan atrof muxit bilan o‘ziga xos munosabatlarga kiradi. Atrof muxit nafaqat bolaning yashash tarzini belgilab beruvchi omil, balki uning ruxiy jarayonlari rivojlanishini taraqqiy ettiruvchi yoki aksincha tormozlovchi asosiy manbaasi xamdir. L.S.Vigotskiy, bola rivojlanishi haqidagi fikrlarida “Tarbiyaning natijasi uning boshida beriladi deb ta’kidlagan [12]. G‘.B.Shoumarov fikriga ko‘ra o‘smirlik davrining og‘ir, murakkab davr ekanligi ko‘plab psixologik, fiziologik, ijtimoiy omillar bilan bog‘liq. Bu davrda rivojlanishning barcha jihatlari: jismoniy, aqliy, ahlokiy, ijtimoiy va shu kabilarning mazmun-mohiyati ham o‘zgaradi. Bu davrda o‘smir hayotida, ruhiyatida, organizmining fiziologik jarayonlarida, uning ijtimoiy holatida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Aksariyat vaziyatlarda ularda bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan turli xil holatlar kuzatiladi. A.A.Nalchadjyan adaptatsiya psixologik bilishda katta ahamiyat kasb etishini ta’kidlagan holda, 19 ushbu tushunchani keng ma’noda, ya’ni sub’ektning muxit bilan munosabatlari jarayonidagi ikki qarama qarshi yo‘nalgan jarayonlarning uzviy bog‘ligida deb ta’riflagan [12]. E.A.Orlova adaptiv jarayonlarni uch asosiy fundamental turlarga ajratadi:

1. Birinchitur. Shakllangan ijtimoiy vaziyatni o‘zgartirishga qaratilgan faol urinishlar.

2. Ikkinchitur “Begonalashuv sindromi” mavjud muammoni xal etishdan qochishga xarakat qilish.



3. Uchinchi tur – «dialog» o‘zgargan ijtimoiy muxit bilan o‘zaro kelishuvga kelish [11 14]. P.S.Kuznetsov o‘zining tadqiqotlarida adaptatsiyaining 3 ta bosqichini psixologik tafsifini keltirgan (yuqori , o‘rta, past): Yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan adaptatsiyaga ega bo‘lganlar uchun faollik, o‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonch xarakterili bo‘lib, ular atrofidagi bo‘lib o‘tayotgan voqea va xodasilarga nisbatan samimiy qiziqish bilan munosabtlarda bo‘ladilar. Ularning tutgan poziyasini barqror deb baxolanishi mumkin. O‘rta adaptatsiya bosqichida impulsivlik, xayotidagi omadli va omadsizlik davrlarini boshdan kechirilishi, emotsional beqarorlik xosdir. Bu bosqichdagilar xolatining beqarorligi shu bilan izoxlanadiki ular yo ijtimoiy adaptatsiyaning yuqori bosqichiga intiladilar, yoki adaptatsiyaning quyi bosqichiga tushib qoladilar. Quyi adaptatsiya xolatlari namoyon bo‘lishida xayotiy faollikning past darajasi kuzatiladi. Bu bosqichdagilar uchun o‘ziga ishonmaslik, boshqalar fikriga tobelik , bo‘ysunuvchanlik xos bo‘lib, ko‘pincha davomli tushkunlik kayfiyati paydo bo‘lishi xosdir [18]. M. I. Enikeev ijtimoiy adaptatsiya jarayonini o‘smir tomonidan ijtimoiy me’yor va mezonlarni o‘zlashtirish va indivdning atrofi ijtimoiy muxitdagi yangi sharoitlarga faol moslashish sifatida ta’riflaydi A. A.Rean adaptiv jarayonlar kechishi yo‘nalishining “ tashqi “ vai chki” yo‘nalganlikka ega ekanligini ta’kidlagan. Adaptiv jarayonning “Tashqi“yo‘nalganlikdagi xolati shaxs tomonidan uni o‘rab turgan ijtimoiy vaziyatni, faol o‘zlashtirish, va o‘zining extiyojlari, yo‘nalganligiga moslashtirish tushuniladi. Adaptiv jarayonning “ichki“ yo‘nalganlikdagi xolati shaxsning o‘zidagi ijtimoiiy ustanovkalarni ijtimoiy o‘rnatilgan streotiplar asoida korreksiya qilish bilan xarakterlanadi . Bu turdagi adaptatsiya insonning o‘zini o‘zgartirishga qaratiladi. Ijtimoiy adaptatsiyaning ikkla turi ham shaxs rivojlanishining bosqichi sifatida faol jarayon xisoblanadi» [18]. Muallif ikkala turdagi adaptatsiyani o‘zida mujassam etgan uchinchi tipdagi adaptatsiya mavjudligni ham ta’kidlaydi. YA’ni shaxs tomonidan qandaydir bir adaptiv jarayon mutanosibligi bo‘lmagan xolatda ijtimoiy makonda o‘ziga boshqa adaptiv manbaalarni topishga intiladi. «Konform” bo‘lgan ijtimoiy muxitdagi shaxsning o‘rnatilgan ijtimoiy ustanovkalar, me’yor va mezonlarni o‘zlashtirishida o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘zini-o‘zgartirish, korreksiyalashga intilishi mualliffikricha adaptatsiya emas , balki dezadaptatsiya xolatini anglatadi [18]. Dezadaptatsiya sub’ekt tomonidan ijtimoiy me’yor va mezonlarga moslasha olmas lik Psixologik adabiyotlarda ijtimoiy psixologik dezadaptatsiyaning quyidagi turlari tasniflanadi. Psixogen dezadaptatsiya o‘smirning atrofidagi ijtimoiy muxitdagi uning uchun axamiyatli bo‘lgan insonlar bilan muloqoti jaryonidagi buzilishlar natijasida kelib chiqadi. Ko‘p xolarda bu uning tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabtlardagi buzilishlar natijasi bo‘lishi mumkin. Emotsional yaqin insonlari bilan muloqot o‘smirdagi xissiy kechinmalarining shakllanishining asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi. Bu jarayonda o‘smirning yaqin ijtimoiy muxitdagi ayrim yaqin insonlar bilan negativ kechimalari, boshqa yaqin insonlar bilan muloqotda kompensatsiya qilinadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda o‘qituvchilari , 21 otao nasi, oila a’zolari bilan muloqoti orqali kompensatsiya qilinsa, tengloshlari bilan nizoli vaziyatlarning xammasi xam o‘smirda patogen dezadaptatsya xolatini keltirib chiqarmasligi mumkin.. O‘smirlarda dezadaptatsiya xolatini kelib chiqish extimoli uning muloqotdagi kompensatsiya jarayoni asotsial ijtimoiy muxit orqali amalga oshgan xollarda ortadi [12.]. Lekin boshqa tomondan o‘smirning tengloshlari bilan ijobiy muloqoti undagi oiladagi, yoki maktabda o‘qituvchi bilan shaxslaro munosabatlaridagi buzilishlarni kompensatsiya qilish imkonini yaratadi. Dezadaptatsiya xolatlari keltirib chiqishida o‘smirlar oilaviy anamnezining og‘irlashuvi: noto‘liq oilalar va oiladan tashqarida tarbiyalanishlik, ko‘p ichuvchi ota, ota-onalardan birining ruhiy kasalligi, oiladagi disgarmonik munosabatlar va kelishmovchiliklar, bolalikda o‘smirga ota-onaning noto‘g‘ri munosabati, psixopatologiya darajasining chegaraviy yoki yuqoriligi bilan farq qilishadi. Ko‘p xolatlar o‘smirning ijtimoiy dezadaptatsiya xolatlarini bartaraf etishda oilaviy tarbiya metodlarini o‘rganish, ota-onalarga oilaviy munosabatlarda o‘zgartirish kiritish, qandaydir yangiliklar olib kirish, oilaviy tadbirlarni birgalikda o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Ayrim xollarda ota-onalar “Nima uchun o‘qishdagi muammolarni biz hal qilishimiz kerak?”, “Oilaning bu xolatga qanday aloqasi bor?”, “O‘qituvchi bola bilan to‘g‘ri munosabatlarga kira olmaydimi?” mazmunidagi savollar bilan murojaat etadilar. Vaxolan-ki, ota – ona o‘z farzandlari ruxiyatidagi ayrim qirralarni o‘qituvchidan ko‘ra yaxshi bilishi, o‘qituvchi esa o‘smir xulqidagi ota-ona payqamagan tomonlarni yaxshiroq tushunishi mumkin. Aynan shu bois ular o‘rtasidagi o‘smir ta’lim tarbiyasidagi pedagogik hamkorlik dezadaptatsiya jarayonini kelib chiqishini oldini olishi va bartaraf etish imkoniga egadir.

O‘smirlarda dezdaptatsiya xolatlarini shaklanish omili sifatida quyidagilar ko’rsatiladi.

1.Oilada iliq emotsional munosabatlarning etishmasligi (hamma narsaga egasan. Senga yana nima kerak? ).

2. O‘smirlarni haddan ziyod erkalatib yuborish, istaklarini tezkor bajarish. Arzimagan cheklashlar o‘smirlarda suitsidal moyillik paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin (yoqtirgan kiyimi, ota-onasiga yoqmasligi, va’da qilingan telefonning qimmat markasidan sotibolib bermaganliklari va h.).

3. Oilada ota-onalar o‘rtasidagi surunkali nizolar otaning alkogol moddalarining iste’mol qilishi, ikkinchi nikohining bo‘lishi, xonadonda o‘g‘il farzandning yo‘qligi. O‘smirning bu vaziyatlarni tuzatishga ojizligi.

4. Ota-onalar tomonidan o‘smir xulqini doimiy nazorat qilishga intilish.

5. O‘smir uchun ahamiyatli bo‘lgan, sevgan insoni bilan munosabatlari ota-onalar tomonidan qat’iyan qabul qilinmaganligi (mahallada sharmanda qilding, sen kabi farzandning boridan yo‘g‘I afzal, yana o‘sha haqida biror gap eshitsam, o‘zim seni o‘ldiraman...,)

6. O‘smirning muvaffaqiyatlari yoki muammolariga nisbatan oila a’zolarining befarqligi. Dezadaptatsiya xolati sog‘lom, yoki turli asab psixik buzilishlari mavjud (jismoniy nuqsonli, organik buzilishlarga ega bo‘lgan oligofren o‘smirlar bu toifaga kirmaydi) o‘smirlarda shakllanishini kiritish mumkin Psixologlar tomonidan dezadaptatsiya xolatlarini keltirib chiqaruvchi ijtimoiy psixologik omillar shartli 2 guruxga bo‘lingan: -Ijtimoiy yoki ob’ektiv –Shaxsiy yoki sub’ektiv Dezadaptatsiya jarayonida ikkala omil xam o‘zaro bog‘langan xolda namoyon bo‘ladi. Ta’lim soxasidagi dezadaptatsiya o‘quv faoliyatidagi buzilishlar, xulqiy og‘ishlar, kattalar va tengdoshlari bilan shaxslararo munosabatlardagi nizolar, xavotirlanish darajasining ortishi, shaxs rivojlanishidagi buzilishlarda namoyon bo‘ladi [14,16.] Dezadaptatsiya markaziy nerv sistemasi funksiyalaridagi buzilishlar natijasida ham shakllanshi mumkin. Psixologik tadqiqotlarda aniqlanishicha bu toifadagi o‘smirlarning ma’lum qismida miya funksiyalaring ma’lum miqdorda o‘zgarishi aniqlangan. Bu xolatlarga olib keluvchi asosiy faktorlar sifatida anamnezda onaning xomiladorlik va tug‘ish jarayonining og‘irkechadi. Bunday bolalar rivojalnishida nutq funksiyalari rivojlanishining kechikishi, diqqat, xotira rivojlanishdagi og‘ishlar kuzatilgan umumiy intellektual rivojlanishda bunday bolalar meyor darajasida bo‘lishi bilan birgalikda, ta’lim jarayonida ma’lum kognitiv qiyinchiliklarga duch kelganlar. Bunday xolatlar quyidagi sindromlarda namoyon bo‘ladi:

nevrozlar;

 astenik sindromi;

 Diqqat etishmovchiligi ,giperaktivlik. [18.12,].

SHunday qilib markaziy nerv sistemasi funksiyalaridagi buzilishilar aniqlangan o‘smirlar bilan psixologik pedagogic korreksion tadbirlar olib borilishi asosida nevrolog, psixolog, psixiatrlar logoped, pedagoglarning muntazam kuzatuvida bo‘lishlari zarur.. Dezadaptatsiya xolatida namoyon bo‘luvchi neyrodinamik buzilishlarning namoyon bo‘lish shakllaridan birini psixomotor sustlashuv tashkil qiladi. Bunday o‘smirlar psixik faoliyat rivojlanishining sustalashuvi, xarakat faolligini pasayishi, emotsional reaksiyalarning past namoyon bo‘lishi bilan ajralib turadilar. Bu o‘smirlar turli vaziyatlarda tez reaksiya ko‘rsata olmaganlari tufayli tengdoshlari bilan shaxslarraro munosabatlar jarayonida, o‘quv faoliyatida jiddiy qiyinchiliklarni xis etadilar. Neyrodinamik buzilishlar psixik jarayonlar kechishidagi notekisliklarda xam namoyon bo‘ladi. Xulqiy ko‘rinishlardagi emotsional beqarorlik, o‘ta faollik darajasidan o‘ta passivlik xolatga osonlik bilan o‘tish va aksincha umuman xarakatdagi passivlikdan, boshqarib bo‘lmaydigan giperaktivlik xolatiga o‘tish xolatlari uchrab turadi. Darslarda tez charchash,o‘zini yomon xis etish borasidagi shikoyatlar tez-tez qaytarilib, bu xolatlar ulardagi o‘zlashtirish darasidagi tez o‘zgaruvchanlikka, undagi intellectual rivojlanish darajasining nisbatan rivojlanganligiga qaramasdan o‘zlashtirish darajasining pastligi kuzatiladi. Bu toifadagi o‘smirlardagi rivojlanish xususiyatlari ko‘pincha ikkilamchi qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi, o‘qituvchilar tomonidan ulardagi yosh va individual tipologik xususiyatiyatlarni to‘g‘ri tushuna olmaslik oqibatida kelib chiqadi. [12]. O‘smirlardagi dezadaptatsiya xolatlarida o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri stress va frustratsiya vaziyatlarida faollikning yo‘qotilishi, hisoblanadi. Bu vaziyatda o‘smirlarning muloqot tizimi to‘laqonli emasligi avvalo tengdoshlari, yaqin ijtimoiy muxitdagi odamlar bilan aloqalarning buzilganligi unda “yolg‘izlik”, ”begonalashuv”, “zerikish” kabi kechinmalarining paydo bo‘lishiga olib keladi. Aynan o‘smirlik davrida ijtimoiy psixologik dezadaptatsiya xolatlari o‘z vaqtida aniqlab bartaraf etilmasa, o‘smir shaxsining kamolotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan oqibatlarga olib kelishi mumkin. YA’ni bu holat o‘smirni o‘z- o‘ziga beradigan bahosining yanada pasayib ketishiga, turli tabiatdagi shaxslaro munosabtlardagi nizolarga, shaxs rivojlanishida aloxida axamiyatga ega bo‘lgan o‘quv faoliyatiga nisbatan motivatsiyaning pasayishiga, nevroz holatining vujudga kelishiga va hatto psixik buzilishlarga sabab bo‘lishi mumkin. SHu tufayli ham ko‘pchilik psixologlar bu muammoni o‘rganishga alohida e’tibor qaratganlar.




Yüklə 28,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin