Mavzu: Dialektika-rivojlanish haqidagi ta’limot Guruh: 7-20 Bajardi: Ilhomova J



Yüklə 42,44 Kb.
səhifə5/18
tarix16.04.2023
ölçüsü42,44 Kb.
#98921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Mavzu Dialektika-rivojlanish haqidagi ta’limot-fayllar.org

Dialektika qonunlari

Qonun falsafiy ma’noda – muayyan shart-sharoitda narsalar voqealar rivojining xususiyati va yo’nalishini belgilaydigan, ma’lum bir qat’iy natijani taqozo etadigan obyektiv dunyodagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy nisbiy, barqaror munosabatlari deb tushuniladi.

Materialistik dialektika dialektikaning uchta asosiy qonunidan biri bo’lib, ular qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni, miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga o’tishi qonuni va inkorni inkor qilish qonunidan iborat.

 Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni. 

Bu qonun dialektikaning asosi hisoblanadi, moddiy dunyo manbalarini va sabablarini ochib beradi.

Qarama-qarshiliklar narsa, voqea-hodisalarning bir-birini taqozo etuvchi va shu bilan birga bir-birini inkor etuvchi tomonlari sifatida tushuniladi. Qarama-qarshiliklar o’rtasidagi munosabatni ziddiyat degan tushuncha ifodalaydi. Har qanday narsa o’ziga va boshqa obyektlarga nisbatan qarama-qarshi tomonlarga ega. Shuning uchun, masalan, axborot texnologiyalari rivojlanishi bir tomondan, bilimlardan ommaviy foydalanish,shaxsning har tomonlama rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratishi mumkin, boshqa tomondan esa yosh avlod degradatsiyasi ustida ishlashi mumkin.

Bundan tashqari, qarama-qarshiliklar bir-birini nafaqat inkor etadi, balki bir-birini taqozo ham etadi. Biz «yaxshilik» haqida gapirar ekanmiz, demak, biror joyda «yomonlik» bo’lishi kerak, kun desak, demak, tun ham bo’lishi kerak, issiq esa sovuqning aksi va sh.k.

Ziddiyatlar


Tashqi va ichki
Antogonistik va antogonistik bo’lmagan
Asosiy va asosiy bo’lmagan
Qarama-qarshiliklar kurashi har qanday taraqqiyot manbai bo’lgan ziddiyatdan iborat.
Qarama-qarshiliklarning o’zi umumiy xususiyatga ega bo’lishi tufayli ular orasidagi kurash ham mutlaqdir. Birlik esa kurashning borishi uchun nisbatan zarur sharoit yaratadi chunki bu kurash faqat qarama-qarshiliklar bir joyda mavjud bo’lgan yerda boradi. Qarama-qarshiliklarning rivojlanishi kurashsiz davom etganda edi, u holda hech qanday rivojlanish bo’lmasdi.

Yüklə 42,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin