Mavzu 3. Real iqtisodiy davrlar nazariyasi Reja 1."Real yalpi talab - real yalpi taklif" modelidagi davriy tebranishlar.
2.Mehnat taklifidagi vaqtincha almashtirish.
3.Soliq-byudjet siyosatidagi oʼzgarishlar.
4.Ishlab chiqarish texnologiyasida keskin oʼzgarishlar
1."Real yalpi talab - real yalpi taklif" modelidagi davriy tebranishlar.
Har qanday bozorda vaziyat talab va taklif o‘rtasidagi nisbatga bog‘liq bo‘lib, ular hajmlarining o‘zgarishi baholarning o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Baholarning o‘zgarishi esa talab va taklif hajmlariga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday o‘zaro bog‘liqlik umumlashtirilgan holda ko‘rib chiqiladigan milliy bozorga ham ta’luqlidir. Alohida tovarlar va xizmatlar bozoridagi bunday bog‘liqlik talab va taklif modeli yordamida tadqiq qilinishini yaxshi bilamiz. Ammo makroko‘lamda milliy ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi bilan birga baholar umumiy darajasining o‘zgarishi o‘rtasida bog‘liqlikni tadqiq qilish, nima uchun milliy ishlab chiqarish hajmi ayrim davrlarda barqaror o‘sishi, ba’zi davrlarda esa pasayib ketishni izohlab berish uchun bu modellardan foydalanib bo‘lmaydi. Bu vazifani bajarish uchun yalpi talab – yalpi taklif (AD-AS aggregate demand-aggregate supply) modelidan foydalanamiz. Bu modelda yalpi taklif,