Mavzu Dinamik makroiqtisodiy tahlil faniga kirish Reja
1. Investitsiyalarning neoklassik modeli. Bozor munosabatlari sharoitida investisiyalar bozori, ssuda kapitallar bozori va qimmatli qog’ozlar
bozori bilan birgalikda yagona moliya bozorini ham tashkil etadi. Investisiya bozori faoliyatiga uzoq muddatli
hamda qisqa muddatli omillar o’z ta’sirini ko’rsatadi. Investisiya bozori rivojlanishidagi asosiy omillar: ishlab
chiqarish ko’lami, uning davriy tebranishlari, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasi va integrasiya
jarayonlarining chuqurlashishi bilan bog’liq. Investisiya bozori bu - mablag’lar aylanishini tashkil etishning
o’ziga
xos
shakli
bo’lib,
u
qimmatli
kog’ozlar,
pul
va
investisiya
ko’yish
kabi
ko’rinishlarda amaliyotda ko’llaniladi. Investisiya bozori milliy iqtisodiyotining muhim tarkibiiy qismi bo’lib, u
kengaytirilgan kayta ishlab chiqarish jarayoni va jamiyat a’zolarining iste’mol talablarini ta’minlaydi. Uning
vazifasi bir joyga jamlanadigan va qayta taqsimlanadigan moliyaviy-iqtisodiy resurslar hajmi, ular tushumining
barqarorligi, rivojlangan institusional tuzilmaning mavjudligi hamda mamlakat iqtisodiy ahvolining
barqarorligiga
bog’liq
bo’ladi.
Rivojlangan bozor xo’jaligining investisiya bozorida bank muassasalari bilan bir qatorda moliyaviy mahsulotlar
bilan ta’minlovchi boshqa moliya muassasalari ham mavjud bo’lishi lozim. Rivojlanayotgan moliya tizimida
qimmatli qog’ozlar bozori muhim rol o’ynaydi. Hissadorlik mulkini xususiylashtirishga, davlat byudjetini pul
massasini oshirmasdan to’ldirishni ta’minlashga bo’lgan intilishlar, uning ahamiyatini yanada oshiradi.
Investisiya bozorining rivojlanishi ixtiyoriy turdagi jamg’armalar, xususan, kishilar hayoti va mulkni sug’urta
qilish
bilan
shug’ullanuvchi
muassasalarning
ko’plab
tuzilishiga
zarur
shart-sharoitlarni
yaratib beradi. Moliya muassasalari iqtisodiy bitimlarga doir to’lov usullarini yaratdi, moliyaviy vositalar esa
likvidlik
va
jamg’arish
imkoniyatlarini
yaratib
beradi.
Investisiya
bozorinint
rivojlanishi
omonatchilar mablag’larining sarmoyadorlarga erkin tarzda oqib kelishi uchun zarur shart-sharoitlarni
ta’minlaydi. Moliya tizimini isloh qilish ko’p jihatdan mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga ta’sir etuvchi foiz
stavkalari miqdoriga ham bog’liq. Foiz stavkalari o’z navbatida moliya bozorining rivojlanishiga bog’liq.
Investisiya bozoridagi raqobat bozorning muhim tarkibiy qismlari hisoblangan moliyaviy resurslarga bo’lgan
talab va taklifning o’zgarishiga munosabat bildirishga majburlovchi mexanizm yoki vosita hisoblanadi. Foiz
stavkasi darajasi va tarkibi moliya sohasining rivojlanishiga va moliya resurslarining joylashuviga hal qiluvchi
ta’sir ko’rsatadi. Agar foiz stavkalari bozornikidan past bo’lsa, bu milliy valyutadagi jamg’armaga salbiy ta’sir
ko’rsatadi. Natijada u talablar majmuini boshqarib turishga ham ta’sir etib, moliyaviy vositachilik
samaradorligiga salbiy ta’sir etadi. Aksincha, agar foiz stavkalari bozordagidan yuqori bo’lsa, u holda ular
makroiqtisodiy yeqarorlik darajasining yuqoriligini aks ettiradi yoki moliyaviy tartibsizlikka olib keladi.
Shunday qilib, foiz stavkalari tahlili, shuningdek, shakllanayotgan investisiya bozorining real shart-sharoitlarini
hisobga olgan holda ularni o’zgartirish dasturi investisiya bozorining asosiy tarkibiy qismidir. Iqtisodiyot bilan
bog’liq holda bank faoliyatini takomillashtirib borish uchun marketing tadqiqotlarini muntazam ravishda olib
borish maqsadga muvofiqdir. Faqat shunday usul bilan investisiya bozorida samaradorlikni oshirish va
barqarorlikka erishish mumkin. Investisiya bozori rivojlanishining asoslaridan biri bo’lgan marketing dasturi va
uning asosiy yo’nalishlari rejalarini ishlab chiqish va unga rioya qilish zarur. Marketing tadbirlarini ishlab
chiqishning dastlabki bosqichida bankning oldida turgan vazifalar aniqlanishi va ularning to’g’ri ifodalanishi
asosiy yo’nalishlarga doir harakat rejasini ishlab chiqishning asosini tashkil qilishi kerak.
Korxonaning asosiy fondlariga investitsiyalarning andozaviy modeli investitsi
yalarning neoklassik modeli nomini olgan. Neoklassik modelda investitsion tovarla
rga ega bo’lgan firmalarning foyda va xarajatlari ko’ribchiqiladi.