Jamg‘arish grafigini ham iste’mol grafigiga o‘xshab algebraik ifodalash mumkin,
ya’ni
jamg‘arish
funksiyasi
quyidagi
ko‘rinishga
ega:
S = -a + (1 -b) Yd Iste’mol va jamg‘arish hajmiga tasarrufidagi daromad
dinamikasidan tashqari quyidagi omillar, to‘g‘rirog‘i bu omillardagi o‘zgarishlar
ham ta’sir ko‘rsatadi:
1. Uy xo‘jaliklari daromadlari.
2. Uy xo‘jaliklarida to‘plangan mulk hajmi.
3. Baholar darajasi.
4. Iqtisodiy kutish.
5. Iste’molchilar qarzlari hajmi.
6. Soliqqa tortish hajmi.
Dastlabki besh omil ta’sirida iste’mol va jamg‘arish grafiklari o‘zaro teskari
tomonga siljiydi. Bu besh omil ta’sirida joriy tasarrufidagi
daromad tarkibida
iste’mol va jamg‘arish ulushi nisbatlari o‘zgaradi. Soliqqa tortish darajasining
o‘zgarishi ixtiyordagi daromad hajmini o‘zgartirgani tufayli uning ta’sirida
iste’mol va jamg‘arish grafiklari bir tomonga qarab siljiydi. Iste’mol funksiyasini
aniqlash
borsidagi tadqiqotlar, uning hajmi shuningdek 6)aholining daromadlari
hajmi va to‘plagan mulki ko‘lamiga ko‘ra tabaqalanishi darajasi hamda 7)
aholining soni va yoshiga ko‘ra tarkibiga ham bog‘liqligini ko‘rsatdi.
2.Isteʼmolga (ARS) , jamg‘arishga o‘rtacha(APS) va (MPS) chegaraviy moyillik
Makroiqtisodiy tahlil jarayonida iste’mol va jamg‘arish funksiyalarini
yanada to‘laroq bilish uchun iste’mol va jamg‘arishga o‘rtacha
moyillik va
chegaralangan moyillik tushunchalarini mohiyatini anglab olishimiz lozim.
Iste’molga
o‘rtacha
moyillik
deganda
tasarrufidagi
daromaddagi
iste’mol xarajatlarining ulushi tushuniladi, ya’ni: