xisoblar tuzilmasi va doirasida joriy, o’zgarmas narxlarda o’sish va qo’shimcha
o’sishning suratlarida tuziladi.
Makroiqtisodiy modellar iqtisodiy ko‘rsatkichlar va jarayonlar o‘rtasidagi
miqdoriy, sabab-oqibat bog‘lanishlarini matematik formula, grafik va chizmalar
ko‘rinishida ifodalaydi.4 Bunga yalpi talab – yalpi taklif (AD-AS) modelini, Keyns
xochini, Fillips egri chizig‘ini,
IS-LM modelini, iqtisodiy o‘sishning Domar,
Xarrod va Solou modellarini i keltirish mumkin. Bu modellarni bir vaqtning o‘zida
ham grafik ko‘rinishda, ham algebraik formula ko‘rinishida tasvirlash mumkin .
Algebraik formulalar kabi makroiqtisodiy modellar ham ikki, uch yoki bundan
ko‘p o‘zgaruvchili bo‘lishi mumkin. AD-AS modelida yalpi talab va yalpi taklif
hajmlarining baholarning umumiy darajasi dinamikasi ta’sirida o‘zgarishi va
makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmi o‘rganilsa, Fillips egri chizig‘i
yordamida ishsizlik va inflatsiya ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik
tadqiq
qilinadi.