Mavzu Dinamik makroiqtisodiy tahlil faniga kirish Reja


Turli davrlar uchun maʼlumotlarning solishtirma tahlili



Yüklə 174,53 Kb.
səhifə3/40
tarix20.11.2023
ölçüsü174,53 Kb.
#165538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Mavzu Dinamik makroiqtisodiy tahlil faniga kirish Reja

2.Turli davrlar uchun maʼlumotlarning solishtirma tahlili. 
Odatda xalqaro ekspertlar tomonidan mamlakat miqyosida makroiqtisodiy
barqarorlikning ta’minlanganlik darajasi quyidagi ko’rsatkichlar yordamida
baholanadi: iqtisodiy o’sish, to’la bandlik, ichki narxlarning barqarorligi, milliy
valyutaning barqarorligi, barqaror to’lov balansi, baquvvat davlat byudjeti,
mamlakat aholisi orasida daromadlarning odil taqsimlanish darajasi.
Mamlakat iqtisodiy salohiyatini ifodalovchi ko’rsatkichlar xalqaro
amaliyotda milliy hisoblar tizimi (MHT) orqali hiso bkitob qilinadi. MHT deganda
mamlakat miqyosida sodir bo’layotgan iqtisodiy va sosial jarayonlarni ifodalovchi
ko’rsatkichlar tizimi hamda ushbu ko’rsatkichlarni hisoblash metodologiyasi va
usullari tushuniladi.
Mamlakat
iqtisodiy
salohiyatini
eng
umumlashtirib
ifodalaydigan
ko’rsatkich
MHTda
yalpi
ichki
mahsulot
(YaIM)
hisoblanadi.
YaIM uch xil usulda hisoblanadi:
1. Ishlab chiqarish usuli.
2. Xarajatlar usuli.
3. Daromadlar usuli.
Ishlab chiqarish usulida hisoblangan YaIM yakuniy tovarlar va xizmatlarni
ishlab
chiqarishning
turli
bosqichlarida
qo’shilgan
qiymatlar yig’indisi sifatida aniqlanadi. Ayrim korxonalar va tarmoqlar miqyosida
qo’shilgan qiymat tovar va xizmatlarning sotish bahosi bilan ularni ishlab chiqarish
uchun foydalanilgan xom ashyo va materiallarni sotib olishga sarflangan xarajatlar
o’rtasidagi farq ko’rinishida aniqlanadi.
Mamlakat miqyosida YaIM = YaICh – OI Bu yerda, YaIM – yalpi ichki
mahsulot; YaICh – yalpi ishlab chiqarish; OI – oraliq iste’mol;
Xarajatlar usuli yakuniy foydalanish usuli deb ham yuritilib, unda YaIMni
hisoblash uchun yakuniy mahsulotlarni sotib olishga qilingan barcha xarajatlar
o’zaro qo’shib chiqiladi:
YaIM=C+G+I+xn



Bu
yerda:


Uy 
xo’jaliklarining 
pirovard 
iste’mol 
xarajatlari (S): a) uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlari sotib olishga;
b)
kundalik
foydalaniladigan
iste’mol
buyumlari
sotib
olishga;
v)
iste’mol
xizmatlari
to’loviga.
Tovar va xizmatlarni xarid qilishi uchun davlatning joriy xarajatlari 
(G):Bu guruh xarajatlariga mahalliy va markaziy boshqaruv hokimiyati
idoralari
tomonidan
korxonalarning
pirovard
mahsulotlar
va
resurslar xaridi, davlat korxonalarida band bo’lgan xodimlarga to’lanadigan
mehnat
haqi
xarajatlari
kiritiladi.
Lekin
shu
o’rinda
ta’kidlash lozimki, bu xarajatlarga davlat transfert to’lovlari kiritilmaydi.
Yalpi 
investisiya 
xarajatlari 
(I): 
a)
asbob-uskunalar,
mashinalarni
yakuniy
sotib
olishga;
b)
korxonalar,
inshootlar,
turar-joy
binolarini
qurishga
sarflangan;
v) moddiy aylanma mablag’lar zahiralarining o’zgarishi. Sof eksport (Xn): 
mamlakatning
eksport
va
import
operasiyalari
bo’yicha
xarajatlar
o’rtasidagi
farq.
YaiMni
daromadlar
bo’yicha
aniqlashda
yakuniy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida rezident-ishlab chiqarish birliklari
tomonidan, qo’shilgan qiymatlar hisobidan, to’langan birlamchi daromadlar
qo’shib chiqiladi. YaiM = Tn +W+R Bu yerda: Tn - bilvosita soliqlar (qo’shilgan
qiymat solig’i, aksizlar, bojxona bojlari) va subsidiyalar hajmlari o’rtasidagi farq;
W - xususiy va davlat kompaniyalarining yollanma ishchilarga hisoblagan barcha
turdagi mehnat haqi to’lovlarining nominal miqdori va unga qo’shuv - ish
beruvchilar tomonidan ish haqi fondiga nisbatan hisoblanib to’lanadigan ijtimoiy
sug’urta ajratmalari. R - Korporasiyalarning sof foydasi (r1 ) + nokorporativ
korxonalar sof daromadlari(r2) +amortizasiya (A); MHTga o’ra milliy iqtisodiyot
rivojlanishini tahlil etish uchun YaiM ko’rsatkichidan tashqari yana bir qator
ko’rsatkichlardan ham foydalaniladi. Bular - yalpi milliy daromad (YaMd), yalpi
egalikdagi milliy daromad (YaEMd), sof ichki mahsulot (SiM), sof milliy
mahsulot (SMM), sof milliy daromad (SMd), shaxsiy daromad (Shd), shaxsiy
ixtiyordagi daromad (Shid) ko’rsatkichlaridir. YaiM va YaMd ko’rsatkichlari
o’rtasidagi farqni quyidagi formula ko’rinishida tasvirlash mumkin: YaMd = YaiM
+ mamlakat rezidentlari tomonidan xorijdan olingan omil d a r o m a dl a r i - n o r
ye z i de n t l a r mamlakatdan xorijga jo’natgan omil daromadlari. YaEMd =
YaMd + mamlakatga xorijdan olingan transfertlar – chet el mamlakatlariga
berilgan transfertlar. Sof ichki mahsulot (SIM) va Sof milliy daromad (SMD) 
ko’rsatkichlari YaIM va YaMM ko’rsatkichlaridan amortizasiya (asosiy
kapital
iste’moli)
summasi
miqdoriga
farq
qiladi.
SIM = YaIM – A
SMD = YaMD – A
Sof milliy daromadni aniqlash uchun sof ichki mahsulotdan bilvosita
soliqlarni
ayiramiz:
Md
=
SiM

bilvosita
soliqlar
Shaxsiy daromadni aniqlash formulasi quyidagicha: Shd = SMd -[iSA (ijtimoiy
sug’urta ajratmalari) + T (bilvosita soliqlar) + korporasiya foydasiga soliklar) +
(Korporasiyalarning taqsimlanmagan foydasi + biznesning foiz daromadlari] +
transfert to’lovlari + foizlar ko’rinishida olingan shaxsiy daromad. Shaxsiy



daromaddan aholi to’laydigan daromad solig’i, mulk solig’i va ayrim nosoliq


to’lovlarini ayirib tashlab shaxsiy ixtiyoridagi daromad (Shid) ko’rsatkichi
topiladi.
Shid uy xo’jaliklari tomonidan iste’mol (C) va jamg’arish (S) uchun yo’naltiriladi:
Shid =C + S iqtisodiyotda doimiy inflyasiya jarayoning mavjudligi
makroiqtisodiy
ko’rsatkichlarni
taqqoslama
baholarda
hisoblashni zarur.

Yüklə 174,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin