Dinamik qatorlar, dinamik qatorlarning turlari : momentli va davriy. Mutloq, nisbiy va o`rtacha dinamik qatorlar.
Dinamik qatorlarni tekislash usullari
Biznesda prognozlash (bashoratlash).
Dinamik qatorlari deb, ijtimoiy hodisa va jarayonlarning vaqt bo’yicha o’zgarishini tavsiflovchi sonlar qatoriga aytiladi.
Dinamik qatorlari deb, ijtimoiy hodisa va jarayonlarning vaqt bo’yicha o’zgarishini tavsiflovchi sonlar qatoriga aytiladi.
Vaqtli qatorlari hodisalarni tavsiflash vaqtiga ko’ra momentli va davriy vaqtli qatorlariga bo’linadi.
Davri dinamik qatorlari o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarni ma’lum davr oralig’i (interval)dagi holatini ifodalaydi. Masalan, bir oy (yoki yil) da ishlab chiqarilgan mahsulot, sotilgan tovarlar hajmi, ekilgan er maydoni va h.k.
Momentli dinamik qatorlari o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarni ma’lum bir aniq momentga holatini ifodalaydi. Masalan, aholi soni, kassadagi pul qoldig’i va hokazo.
Dinamika qatorlarining ko'rsatkichlarini hisoblash ikkita davr darajasini taqqoslash natijasida olinadi. Dinamika qatoriari hadlari bazisli va zanjirsimon usullarda taqqoslanadi.
Dinamika qatorlarining ko'rsatkichlarini hisoblash ikkita davr darajasini taqqoslash natijasida olinadi. Dinamika qatoriari hadlari bazisli va zanjirsimon usullarda taqqoslanadi.
Bazisli usulda dinamika qatori davriy hadlari boshlang'ich davr hadi bilan taqqoslanadi.
Zanjirsimon usulda - dinamika qatori hadlari o'zidan oldingi hadi bilan taqqoslanadi.
Hodisa va jarayonlarning dinamikasiga umumlashtirib baho berish uchun qatorning o’rtacha ko’rsatkichlari hisoblanadi.