106
Mustaqil O’zbekistonda ham Konstitutsiyada inson va fuqarolarning
xayoti dahlsizligi, shuningdek vijdon erkinligi alohida qayd etilgan. Bu bilan
asosiy qomusimiz mohiyatan xalqaro hujjatlar va paktlarga mos ekanligini
ko’rish mumkin. Demak, asosiy qonunlar majmuasida diniy ekstremizm rad etiladi
va ularni to’liq o’rganish lozim.
Shuningdek, davlatimiz tinchligiga rahna soluvchi radikal guruhlar
faoliyatlarini man etuvchi turli qator hujjatlar ishlab chiqilgan bo’lib, barcha
O’zbekiston fuqarolari ularning mazmunini to’liq bilishlari va ularga amal
qilishlari lozim. Bu ayni paytda diniy dunyoqarashni kengaytirish va huquqiy
madaniyatini rivojlantirishni talab etadi. Bular alohida holda BMI da bayon
etildi.
Dinshunoslik va Dinlar tarixi, diniy ekstremistik tahdidlar, mafkuraviy
xurujlar va tahdidlar, ma’naviy tahdidlar kabi sohalarni tadqiq etuvchi
tadqiqotchi olimlar tomonidan atroflicha tahlil etilgan ilmiy izlanishlar materiallari
ham yoshlar uchun diniy ekstremizmga qarshi kurash manbalari sirasiga kiradi.
Bular haqida BMI da batafsil ifodalandi.
Diniy ekstremizmga qarshi kurashda faoliyat samarali bo’lishi uchun turli
usullardan foydalanish lozim. Bu usullarni dastlab ma’naviy va ma’rifiy kabi
ikki qismga ajratish mumkin. Ammo ma’naviy usullar o’z qamroviga siyosiy,
axloqiy, huquqiy sohalardagi tashviqot va targ’ibot, turli bahs va munozaralar
uyushtirish, o’quv seminarlar, treninglar tashkil etish, sport musobaqalarini va
san’at turlaridan oqilona foydalanish. Turli sport musobaqalarida yoshlar
birlashadilar. San’at sohalari orqali ezgulikni targ’ib qilish mumkin. Bahs-
munozaralarda barchaning erkin mushohada qilishiga sharoitlar yaratiladi. Milliy
madaniy va diniy qadriyatlardan tizimli forydalanish.
Ta’lim tizimida kelajak avlodlarning yosh tafovvutlarini hisobga olgan
holda tizimli targ’ibot va tashviqot usullarini qo’llash kerak. Ta’lim
jarayonlarini ijodiylik va erkin fikrlashga sharoitlar yaratilgan holda olib borish
lozim. Bundan tashqari diniy ekstremizmning mohiyatini ilmiy tahlil etish va
ularni tushuntirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli
107
foydalanish kerak. Bunda diniy va milliy qadriyatlarni xolislik nuqtai nazaridan
o’rganish va foydalanish lozim.
Mafkuraviy
immunitetni
hamisha
barqarorlashtirib
borish,
bunda
globalllashuv, ommaviy madaniyat va boshqa mafkuraviy tajovvuzlarni hisobga
olish. Ularni oldini olish uchun doimo samarali o’qitishga erishish.
Manfur kimsalar bor ekan, ularning egoizmga asoslangan manfaatlari
ham mavjud, demak ularga hamisha va ratsional kurash olib borish zarur. Bu
borada ushbu ilmiy tahlil nazariy asos vazifasini o’taydi deb hisoblaymiz.
Diniy ekstrеmizmning mohiyatidan ham uning millat, davlat va jamiyat
taraqqiyotiga faq’at salbiy ta'sir etishini, tazovuzkorona faoliyatga
asoslanganligini anglash kiyin emas. Tinchlik va bararorlikka rahna soluvchi
kuchlar g’oyalar va kuchlarga q’arshi kurashish zarur. Talabalar mukammal bilim
va ko’nikmalarga ega bo’lganlaridagina ma'lum yot g’oyalarga q’arshi ezgu
g’oyalar bilan q’arshi javobni bеra oladilar. Axir ― jaholatga qarshi faqat
ma’rifat ― bilangina kurashish mumkin.