Diolog grek tilidan olingan bo`lib (Dio – ikki, logos – so`z, nutq).
Ikki kishi orasidagi fikr axborot almashinuvi degan ma`noni
anglatadi. Diolog ikki yoki undan ortiq shaxs orasidagi uzluksiz
nutq shakllaridan biri. U og`zaki nutqning keng tarqaklgan turi
sanaladi. Unda har bir kishi so`zlovchi va tinglovchi sifatida
ishtirok etishi mumkin.
So`zlovchi va tinglovchi nutqlari replika deyiladi.
Replika birinchi
shaxs tomonidan suhbatga tortish, chorlash yoki murojaat
replikasi.II shaxs tomonidan esa javob replikasi xarakteriga ega
bo`ladi. 1 – replika so`rog`i, 2 - replika yuzaga kelishining asosiy
omili sanaladi. Replikalar chegarasi birinchi replikaning
tugallanish, ikkinchi replikaning boshlanish nuqtalari bilan
belgilanadi.
Diologda javob replikasining mazmuni, xarakteri murojaat
replikasida qaysi so`zga mantiqiy urg`u tushganligiga bog`liq
bo`ladi.
Mantiqiy urg`u gapdagi fikriy jihatdan ahamiyatli bo`lgan so`zning kuchli talaffuz
qilinishidir. Bunda so`zlovchi gap ichidagi ba`zi so`zlarning ma`nosini yanada ta`kidlab,
kuchaytirib ko`rsatish uchun uni boshqa so`zlarga nisbatdan kuchliroq ohang biklan
talaffuz etadi. Nutqda mantiqiy urg`yu tushgan so`z
ovozni balandlatish, pastlatish,
pauza qilish kabi vositalar bilan ajratib aytilgani uchun tinglovchining diqatini tez
tortadi.
Replikada diologik matnda to`liq yoki to`liqsiz gap shakllarida uchraydi. Diologlarda
intinatsiya muhim ahamiyatga ega. So`zlovchining o`z hisiyotini ifodalashi uchun
ovoz tonini o`zgartirishi, mua`yan istak, niyat harakat natijasida yuzaga
keluvchi ovoz
tovlanishlari intonatsiyadir. Uning yordamida turli ma`nolar ifodalanadi.
Taklif, munnatdorchilik. Tabrik, taajjub yoki hayratlanish, tilak-istak mazmunidagi
diolog replikalarida quyidagi nutqiy mulozanat so`z va iboralari uchraydi.
Taklif.
Men sizni …
taklif etmoqchiman
…
ruxsat bering
keling …
marhamat …
Minnatdorchilik.
rahmat, sizdan minnatdorman
boshim
osmonga yetdi
hursandman
sizga minnatdorchilik bildiraman
Diologlar so`zlovchi tomonidan, ya`ni muallif tomondan ham berilishi mumkin. Dramatik
asarlardagi qahramonlar diologi persanajlarning asl maqsadlari, niyatlari, intilishlarini, his –
tuyg`ularini, fikr va tushunchalarini, ruhiy kechinmalarining va ularning bir birlari - bilan
bo`lgan o`zaro
munosabatlarini ochib berishga, asardagi voqealarning rivojlanib borishiga
yordam beradi. Ya`ni diolog qahramon xarakterini oxchib berishiga xizmat qiluvchi vosita
hisoblanadi. Ishtirokchilar diologlari avtor gapi (nutq) shaklida berilib qo`shtirniqqa
olinmaydi.