Mavzu: Diqqat haqida umumiy tushuncha



Yüklə 382,5 Kb.
tarix18.04.2023
ölçüsü382,5 Kb.
#99940
Mavzu DIQQAT

Mavzu: Diqqat haqida umumiy tushuncha

  • REJA.
  • 1. Diqqat haqida umumiy tushuncha.
  • 2. Diqqatning nerf-fzilogik asoslari.
  • 3. Diqqat turlari.
  • 4. Diqqatning xususiyatlari

1. Diqqat haqida umumiy tushuncha.

  • Diqqat tushunchasiga olimlar tomonidan bir qator ta'riflar keltirilganligini ta‘kidlash mumkin.

P.I.Ivanov tomonidan

  • P.I.Ivanov tomonidan
  • Diqqat deb- ongni bir nuqtaga to’plab muayyan bir ob'ektga aktiv qaratilishga aytiladi.

F.N.Dobrinin, N.V.Kuzmina, I.V.Straxov, M.V.Gamezo, N.F.Gonobolin va boshqalarning fikricha,

  • F.N.Dobrinin, N.V.Kuzmina, I.V.Straxov, M.V.Gamezo, N.F.Gonobolin va boshqalarning fikricha,
  • Diqqatning vujudga kelishi ongning bir nuqtaga to’planishi ong doirasining torayishini bildiradi, guyoki ong doirasi bir muncha tig’izlanadi.

K.D.Ushinskiyning fikricha

  • K.D.Ushinskiyning fikricha
  • “Diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o’tib kiradi" degan fikrlari uning ahamiyatini bildiradi. haqiqatdan ham diqqat eshigidan tashqarida qolgan narsa ongimizga yetib bormaydi.

2. Diqqatning nerf-fiziologik asoslari.

  • Diqqatning nerv-fiziologik asosida orientirovka yoki tekshirish deb ataladigan maxsus refleks yotadi. Bunday refleksni akademik I.P.Pavlov maxsus ibora bilan "bu nima gap refleksi" deb ham ataydi. Ana shu refleks odatda organizmga to’satdan birorta yangi narsaning ta'siri yoki haddan tashqari kuchli ta'sirot orqali hosil bo’ladi. Orientirovka yoki tekshirish refleksi diqqatning fiziologik asosi hisoblanadi, chunki bu refleks bosh miya yarim sharlarining po’stida kuchli qo’zg’alish jarayonidan iborat bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda har bir daqiqada organizmga turli narsalarning ta'siridan hosil bo’lgan qo’zg’alishlarga nisbatan orientirovka yoki tekshirish refleksi ayni chog’da nisbatan kuchli (ya'ni optimal) qo’zg’alish manbaini yuzaga keltiradi.

Rus fiziologi akademik I.P.Pavlovning fikricha. Agar bosh suyagiga qarash imkoni bo’lganda, u quyidagicha ko’ringan bo’lardi.

  • “Agar miya yarim sharlarida optimal kuchli qo’zg’alish uchun eng yaxshi sharoit tug’ilgan nuqtasi miltillab ko’rinadigan bo’lsa, yangi sog’lom bir narsani o’ylab turgan odamning miyasiga qaraganimizda uni miyasini katta yarim sharlarida juda halati jimjimador shakli, surati va hajmi har damda bir o’zgarib, turlanib, jimir-jimir qilib turgan yoruq narsani u yoqdan bu yoqqa yugurib qimirlab turganini va miya yarim sharining bu yorug’ narsa atrofidagi boshqa yerlarni bir muncha xira tortib turganini ko’rardik".

A.A.Uxtomskiyning bergan ta’rifiga ko’ra;

  • A.A.Uxtomskiyning bergan ta’rifiga ko’ra;
  • Dominanta – bu ayni chog’da markazda sodir bo’ladigan reaksiyalar xarakterinni bir qadar belgilab beruvchi hukmron qo’zg’alish o’’chog’idir. Dominantalar mavjud bo’lgan paytda boshqa qo’zg’alish o’choklari («subdominantalar» - nisbatan kuchsiz qo’zg’alish o’choqlari) ko’pincha yo’qolib ketmaydilar. Ular dominantaga qo’shilib, uni kuchaytiradilar yoki dominanta bilan kurasha boshlaydilar. Bu kurash jarayonida subdominanta dominanta bo’lib olishi mumkin, ilgarigi dominanta esa – subdominanta bo’lib qolishi mumkin. Hukmron qo’zg’alish o’chog’i bo’lgan dominanta diqqatimizning ma’lum narsaga yo’naltirilishi va tuplanishining fiziologik asosidir.

3. Diqqat turlari.

  • Diqqatning aktivligiga qarab - ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan so’nggi diqqat.
  • Diqqatning ob'ektiga qarab - tashqi va ichki diqqat.
  • Diqqatning faoliyat turlariga qarab - individual, guruhiy va jamoaviy diqqat

4. Diqqatning xususiyatlari

  • 1. Diqqatning kuchi va barqarorligi.
  • 2. Diqqatning ko’chuvchanligi.
  • 3. Diqqatning bo’linishi.
  • 4. Diqqat ko’lami.

Yüklə 382,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin