Mavzu: dnk replikasiyasi va rekombinatsiyasining molekulyar mexanizmlarini video roliklar yordamida o’rganish



Yüklə 386,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü386,37 Kb.
#186855
  1   2   3
4 amaliy



Mavzu: DNK replikasiyasi va rekombinatsiyasining molekulyar mexanizmlarini video 
roliklar yordamida o’rganish. 
 
Tirik organizmlar, shu jumladan viruslar uchun ham nuklein kislotalarning ahamiyati juda 
katta. Ular irsiy belgilarni saqlash va nasldan-naslga o’tkazish, oqsillar biosintezi kabi muhim 
hayotiy jarayonlarni amalga oshirishda faol ishtirok etadi.
 
Nuklein kislotalar dastlab hujayra yadrosidan ajratib olinganligi sababli nuklein kislotalar 
(“nukleus” — yadro) deb atalgan. Hozirgi vaqtda nuklein kislotalar faqat yadroda emas, balki 
xloroplast va mitoxondriyda ham mavjudligi aniqlangan. 
Nuklein kisloialardan biri hisoblangan DNKning tuzilishini kashf etilishi biologiyaning 
yangi davrini boshlab berdi. Chunki bu kashfiyot tirik hujayralar binobarin, tirik organizmlar ham 
qanday qilib xuddi o’ziga o’xshash nasl qoldirishning sirlarini ochishga imkon yaratdi. Shu bilan 
birga u hayot faoliyatini qanday qilib boshqarish haqidagi axborotning ko’chirilishini ham 
ko’rsatib berdi. 
Nuklein 
kislotalarning 
monomerlari 
nukleotidlardir. 
Ulardan 
uzundan-uzoq 
polinukleotidlar hosil qilinadi. Nukleotidlar murakkab tuzilishga ega. Ularning tarkibida fosfor 
kislotasi, monosaxarid va azo’t asoslari bo’ladi, Ular bir-biridan azo’t asoslarining turiga qarab 
to’rtga ajratiladi. Bular adenin, guanin, sitozin, timin (urasil)dir. Nuklein kislota tarkibidagi 
monosaxarid ikki xil: riboza va dezoksiriboza dan iborat. Ribozaning molekulasida 5 ta uglerod 
atomi bo’ladi, glyukozada esa uglerod atomlarining soni 6 taga teng. 
Dezoksiriboza tarkibida bir atom kislorod etishmasligi bilan ribozadan farq qiladi. Bu 
ikkala monosaxarid bir polenukleotidda va bir nuklein kislota tarkibida bir vaqtda hech qachon 
uchramaydi. Bir-biri bilan har doim faqat ribonukleotidlar yoki faqat dezoksiribonukleotidlar hosil 
qilib birlashadi. Shunday qilib, bu ikki xil monosaxarid ikki tipdagi polinukleotidni va shu tufayli 
ikki xil nuklein kislotani hosil qiladi. Bu ikki xil monosaxaridni boshlang’ich xarflari D va R bilan, 
nuklein kislota so’zlarini boshlang’ich xarflari NKni qo’shsak, bunda ikki xil turdagi nuklein 
kislotaning qisqartirilgan nomi DNK (dezoksiribonuklein kislota) va RNK (ribonuklein kislota) 
hosil bo’ladi. DNK molekulasida azot asoslaridan adenin, guanin, sitozin va timin uchraydi.
DNK molekula massasi juda katta bo’lgan qo’sh zanjirli polimer birikma. Bitta molekula 
tarkibida haddan tashqari ko’p nukleotidlar bo’ladi. DNK molekulasida oqsil sintezi to’g’risida 
axborot joylashgan. Shu bilan birga DNK molekulasi ana shu axborotning nusxasini ko’paylirish 
xususiyatiga ega. Bu tirik organizmlar haqidagi irsiy axborotni aniq bolda nasldan naslga o’tkazish 
demakdir. 
DNK hujayra yadrosida, shuningdek mitoxondriy va xloroplastlarda bo’ladi. U xromosoma 
tarkibiga kirib, oqsillar bilan birikkan holda uchraydi. 
Nuklein kislotalarining fizik-kimyoviy xossalari ularning yuqori molekulyar massasi va 
struktura tuzilishiga bog`liq. Nuklein kislotalarga kolloid va osmotic xossalar, yuqori darajadagi 
yopishqoqlik va eritmaning zichligi, optic xususiyati hamda denaturatsiyaga moyilligi xos. 
Kolloidlik xossasi hamma yuqori molekulyar birikmalarga tegishli. Nuklein kislotalar eritilganda 
bo`kib, colloid ko`rinishidagi yopishqoq eritma hosil qiladi. Nuklein kislotalarining gidrofilligi 
asosan fosfatlarga bog`liq, eritmadagi molekulalari yaqqol kislotalik xususiyatiga ega polianion 
ko`rinishida. Barcha nuklein kislotalari fiziologik sharoitdagi pH da polianion holatida bo`lib, 


oqsil hamda anorganik kationlardan iborat qarshi ionlar bilan o`ralgan. Qo`sh spiralli nuklein 
kislotalari bir zanjirligiga nisbatan yomon eriydi. 
Molekuladagi vodorod bog`larini uzuvchi tashqi muhitning barcha ta’sirlari DNKni 
denaturatsiyalaydi. Denaturatsiya harorat, kimyoviy moddalar ta’sirida bo`lishi mumkin. Eng 
kuchli denaturatsiyalovchi agent - qizdirishdir. DNK isitilganda uning ikki zanjiri bir-biridan 
ajraladi, ya’ni yechiladi. Bu hodisa uncha baland bo`lmagan harorat oralig`ida kuzatiladi. 
DNKning 50%ni denaturatsiyalaydigan haroratga ―yumshatish deb ataladi. DNKning yumshash 
harorati azot asoslarining nisbati (G + S va A + T)ga bog`liq. Molekulada G + S qo`sh asoslari 
qancha ko`p bo`lsa, yumshash harorati A + T ga nisbatan shuncha baland bo`ladi, chunki G + S 
da uchta qo`shbog` bor. 
Qizdirish usulida denaturatsiyalangan, ya’ni ikki zanjirga ajratilgan 
DNK 
asta-sekin 
sovutilsa, 
ajralgan 
zanjirlar 
qaytadan 
birikib, 
qo`sh 
zanjirli 
DNK molekulasini tiklaydi. Bu hodisaga renaturatsiya deb ataladi. 
DNKning tuzilishini amerikalik biolog J. Uotson va angliyalik fizik otim F. Krik kashf 
etganlar.Ribonuklein kislotalarning tuzilishi DNKga o’xshash bo’ladi. Ularning tarkibiga azot 
asoslaridan adenin, guanin, sitozin va uratsil uchraydi. Asosiy farqi RNK bir zanjirli 
molekulalardan iborat. Molekulyar massasi ularning turiga qarab har-xil bo’ladi. Ular transport (t-
RNK), informatsion (axborot) (i-RNK) va ribosomal (r-RNK)ga bo’linadi. Bunday nomlanish ular 
bajaradigan vazifalari bilan bog’liqdir. RNK ning barcha turlari oqsil sintezida ishtirok etadi. 
Nuklein kislotalarning birlamchi strukturasi DNK tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlarini 
tushunish uchun birinchi marotaba E. Chargaff (1949-y.) tomonidan aniqlangan va keyinchalik 
«Chargaff qoidalari», deb nomlangan azot asoslari miqdoriy saqlanishi haqidagi qonuniyatlar 
muhim ahamiyatga egadir.
Turli manba’lardan ajratilib, tozalangan DNK tarkibi tekshirilganda quyidagilar aniqlandi.
1. Purin va pirimidinlar molyar qismi tengdir:

Yüklə 386,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin