mononukleotiddan ishqor yoki spetsifik ferment – nukleotidaza ta’sir etishi natijasida gidrolitik
yo‘l bilan hosil bo‘ladi.
Nuklein kislotalar molekulalaridagi mononukleotid murakkab efir bog‘i bilan birikkandir.
Bu bog‘ bir mononukleotidlarning fosfat qoldig‘i bilan boshqa mononukleotid pentoza
qoldig‘ining 3-gidroksil guruhidan hosil bo‘lgan (3’,5’-fosfodiefir bog‘).
Shunday qilib, nuklein kislotalar nukleozidmonofosfatlarning chiziqli polimerlari –
polinukleotidlardir. Polinukleotidning uchlari tuzilishi jihatidan bir-biridan farq qiladi: bir uchida
erkin 5-fosfat guruhi (5-uchi) bo‘lsa, ikkinchi uchida erkin 3-OH-guruh (3-uchi) bo‘ladi.
Turli nuklein kislotalar molekulasidagi mononukleotid qoldiqlarining soni, nukleotid
tarkibi va nukleotid qoldiqlarining navbatlashib borish tartibi bilan bir-biridan farq qiladi (aslida
asoslarning navbatlashib borish tartibi bilan, chunki barcha monomerlarning pentozofosfat
qismlari bir xil bo‘ladi). Nuklein kislotalarning birlamchi strukturasini qisqacha tasvirlash uchun
bir harfli nukleozidlar simvollaridan foydalaniladi: A-adenozin, G-guanozin, S-sitidin, Uuridin, T-
timidin.
Masalan, RNK ning birlamchi strukturasi mana bunday yozuv tarzida ifodalanishi mumkin:
Dostları ilə paylaş: