A - U - A - A - G – U - C - C – C – U - A
DNK strukturasining yozuvi «d» (dezoksi) old qo‘shimchasi bilan belgilanadi:
d (G –G – S
– A – T – A – T – T – G -S-…)
Ana shunday yozuvda chap tomonda 5-uchi, o‘ng tomonda 31 -uchi bo‘ladi, deb
mo‘ljallaniladi. Ba’zan polinukleotidlarni bunga qaramaqarshi tarzda yozishga to‘g‘ri keladi. Bu
holda adashmaslik uchun qo‘shimcha prefikslar qo‘yiladi: (5
1
→3
1
) A-U-A-A-G-…- bu o‘rinda
5
1
-uchi chap tomonda; yoki (3
1
→5
1
) G-A-A-U-A…-5- uchi o‘ngda bo‘ladi.
DNK biosintezi (replikatsiya) DNKning qurilishi, biosintezi va vazifalarini o‘rganish tarixi
umumbiologik jihatdan muhim bo‘lgan irsiyat muammosining yuzaga kelishi va uni hal etish bilan
bog‘liqdir.
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridagi genetik
hamda sitologik tadqiqotlar
belgilarning nasldan-naslga o‘tib borishi xromosomalarga bog‘liqdir, degan xulosaga olib keldi.
Belgilarning nasldan-naslga o‘tib borishida xromosomaning ma’lum bir qismi – gen bilan
o‘tadigan biror irsiy belgini ajratsa bo‘ladi. Organizm barcha belgilarining to‘plamiga
barcha
xromosomalar genlarining to‘plami – genotip to‘g‘ri keladi. Belgilarning nasldan-naslga o‘tib
borish mexanizmining izohi genotip o‘z-o‘zini paydo qilib turadi, degan tushunchani ham qamrab
oladi. O‘z-o‘zini paydo qilishi natijasida hujayra genotipi ikki baravar ortadi va keyingi
bo‘linishda qiz hujayralarning har biri to‘la genlar to‘plamini oladi. Bu tushuncha mitoz jarayonida
xromosomalarning ikki baravar ortib, tarqalib borish manzarasiga asoslanadi.
Xromosomalar tarkibida oqsil va DNK bo‘lganligi uchun irsiy belgilarning nasldan-naslga
o‘tib borishida shu moddalarning qaysi biri ishtirok etadi, degan savol yuzaga keldi. XX asrning
40-50-yillarida irsiy axborot DNK molekulalari tomonidan nasldan-naslga o‘tib
boradi degan
ko‘pgina tajriba ma’lumotlari paydo bo‘ldi. Bakteriyalarda parazitlik qilib yashovchi viruslar –
bakteriofaglarning ko‘payishini o‘rganish ana shuning yorqin dalillaridan biri bo‘lib xizmat qildi.
Ichak tayoqchasida ko‘payadigan 14 bakteriofag morfologiyasi ancha murakkab bo‘lgan DNK va
oqsil pardasidan tuzilgan. Fagning ikosaedrik shakldagi boshchasi va ichi kovak silindrga o‘xshash
dumi mavjud. Boshchasida bitta RNK molekulasi zich bo‘lib joylashgan, 81 82 dumining uchidan
oltita ingichka ip chiqib keladi. Dumi qo‘sh devorli bo‘lib, kattaroq diametrdagi naycha ichiga
kiritib qo‘yilgan naychaga o‘xshaydi. Bakteriyaga fag yuqish jarayoni molekulalar ishtiroki bilan
birma-bir davom etib boradigan murakkab hodisadir. Fag bakteriya
yuziga dumidagi iplari
yordamida birikib oladi. Shunda dumning uchi bakteriya pardasida mahkam o‘rnashib qoladi.
Fagning bakteriyaga birikishi dumidagi iplari va dumi uchidagi oqsillarning bakteriya devoridagi
moddalar bilan komplementar tarzda o‘zaro ta’sir qilishiga asoslangan. Keyin dumining tashqi
nayi qisqarib, ichki nayi bakteriya pardasi orqali o‘tadi va boshchasidan shu parda orqali bakteriya
ichiga fag DNKsi «otilib tushadi», ayni vaqtda fagning oqsilli pardasi bakteriya yuzasida qoladi.
Birmuncha vaqtdan keyin o‘nlab daqiqalar bilan o‘lchanadigan bakteriyada endi oqsilli pardasi
ham, uning ichida joylashgan DNKsi ham bo‘ladigan necha yuzlab fag zarralari topiladi. Bu
jarayondan fagning tuzilishi to‘g‘risidagi axborotning hammasi uning DNKsida bo‘lar ekan degan
xulosa kelib chiqadi.
Uotson – Krikning gipotezasiga asosan DNK qo‘sh spiralining har bir zanjiri komplementar
qiz zanjirlar hosil qilishda qolip (matritsa) vazifasini o‘taydi. Bunda ona DNKga o‘xshash ikkita
ikki zanjirli qiz DNK molekulasi hosil bo‘ladi, ularning har bir molekulasi bitta o‘zgarmagan ona
DNK zanjirini saqlaydi. Uotson – Krik gipotezasi Met Mezelson va Franklin Stal tomonidan 1957-
yilda bajarilgan tajribalar bilan tasdiqlangan.
Tekshirish natijalari shuni ko‘rsatdiki, Uotson – Krik gipotezasiga to‘la rioya qilgan holda har bir
qiz DNK dupleksi hujayraning 2 ta ko‘payish siklidan
keyin bitta ona zanjir, bitta yangi hosil
bo‘lgan DNK qiz zanjirini saqlar ekan. Replikatsiyaning bunday mexanizmini yarim konservativ
replikatsiya
deb ataldi, chunki har bir qiz DNKda faqat bitta ona zanjir saqlangan. DNK
replikatsiyasini yarim konservativ mexanizmi ichak tayoqchalari ustida olib borilgan tajribalarda
tasdiqlandi. E coli kulturasi avlodlari birdan-bir azot manbai 15N 15NH
4
Cl li muhitda o‘stiriladi.
Natijada E coli hujayralarini tarkibiga kiradigan barcha azot saqlovchi moddalar odatdagi 14N
saqlaydigan DNK tarkibida 15N saqlaydigan DNK ga nisbatan katta zichlikka ega bo‘ladi va uni
saqlaydigan DNK ga nisbatan katta zichlikka ega bo‘lib, bu jarayonni sentrifugalash yo‘li bilan
aniqlash mumkin.