MA'MURIY HUQUQNING BOSHQA HUQUQ SOHALARI BILAN O'ZARO MUNOSABATI Ma'muriy huquq fani davlat (konstitutsion) huquq faniga juda yaqin turadi. Lekin shu bilan birga bu ikki fan o'rtasida o'zaro farqlar mavjud. Davlat (konstitutsion) huquqi fani huquq tizimida alohida o'rinni egallaydi.
Ma'muriy huquq fuqarolik huquqi bilan chambarchas bog'liqdir. Bu ikki huquq sohasi ba'zi bir xil ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi, lekin turli usullar yordamida. Masalan, vakolatli davlat organining buyrug'iga binoan bir xo'jalik tashkiloti boshqasiga bino yoki inshootni beradi.
Ba'zi bir ma'muriy huquq normalari mehnat huquqi normalari bilan o'zaro bog'liq. Ma'muriy huquq normalari mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi davlat boshqaruv organining (Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining) vakolatini belgilab beradi.
Ma'muriy huquq moliya huquqi bilan ham bog'liqdir. Moliya huquqi davlatning moliyaviy faoliyati sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni, birinchi navbatda esa milliy daromadni tashkil etuvchi - pul mablag'larining yig'ilishi va taqsimlashni tartibga soladi. Ma'muriy huquq jinoyat huquqi bilan xam chambarchas bog'liq. Ma'muriy huquq o'zida ko'pgina umummajburiy bo'lgan qoidalarni (masalan, yo’l harakati, pasport tizimi, sanitariya va x.k.) o'zida mujassamlashtiradi.
Huquqiy davlat – ma'muriy huquqning asosiy prinsipi sifatida Rule of Law (common law) vs. Rechtsstaat (German law)
HUQUQIY DAVLAT – RECHTSSTAAT • Qonun – huquqiy qoidani o'rnatish vakolatiga ega (demokratik legitimlik)
•Qonun ustuvorligi – qonun boshqa hujjatlarga nisbatan ustuvor va qonun hujjatlari qonunga zid bo'lishi mumkin emas.
Inson huquq-erkinliklari, mulkiga daxl qiluvchi (cheklovchi) barcha ma'muriy faoliyat qonunga asoslanishi lozim.