MA'MURIY-HUQUQIY NORMALAR Ma'muriy huquq normalarini o'z ichiga olgan normativ-huquqiy hujjatlar. Misol uchun: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, turli idoraviy normativ hujjatlar va boshqalar.
Ma'muriy huquq fanining normalari asosan ikki qismga bo'linadi: a) umumiy qism — davlat boshqaruvining barcha sohalarini qamrab oluvchi normalarni o'z ichiga oladi.
b) maxsus qism - ma'lum bir sohada harakat qiluvchi normalarni o'z ichiga oladi.
Ma'muriy huquq tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar quyidagilardan iborat:
tashkiliy jihatdan biri ikkinchisiga bo'ysunadigan davlat organlari (O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi bilan vazirliklar; ko'mitalar; xokimliklar) o'rtasidagi munosabatlar;
bir-biriga bo'ysunmaydigan davlat idora organlari (ikki vazirlik, ikki xokimlik);
davlat idora organlari va ularga buysunadigan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar o'rtasidagi munosabatlar;
davlat idora organlari va jamoat birlashmalari o'rtasidagi munosabatlar;
davlat idora organlari va fuqarolar o'rtasidagi munosabatlar.
ZARURIY ADABIYOTLAR: Ma’muriy huquq: Darslik / X.T. Odilqoriyev, I.Ismailov, N.T. Ismailov va boshq.; prof. X.T. Odilqoriyev va B.E.Qosimovning umumiy tahriri ostida.
– T.: O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2010. – 640 b
Хожиев Э., Хожиев Т. Маъмурий ҳуқуқ / Масъул муҳаррир: ю.ф.д., проф. М.Х.Рустамбаев. – Т., 2006.-800 б.
Хамедов И.А., Хван Л.Б., Цай И.М. Административное право Республик Узбекистан Общая часть. Учебник. –Т.: Konsauditinform-Nashr, 2012. – 591 с.
С.Муратаев, Б.Мусаев, Д.Артиков. Маъмурий ҳуқуқ ва процесс. Дарслик. ТДЮУ, 2020.-520 б.
Верховенство права как фактор экономики: 2-е издание / международная коллективная монография. Под ред.Е.В.Новиковой, А.Г.Федотова, А.В.Розенцвайга, М.А.Субботина. – Москва, Мысль, 2017. - 673с.
Административное право зарубежных стран: учебник / Под ред. А.Н.Козырина и М.А.Штатиной. – М.: Спарк, 2003. – 464с. (с.12-15; с.23-27.)