Mavzu doirasida ko'rib chiqiladigan asosiy masalalar quyidagilardan iborat



Yüklə 25,53 Kb.
səhifə1/4
tarix14.12.2023
ölçüsü25,53 Kb.
#177816
  1   2   3   4
1-mavzu. Ma\'muriy huqqa kirish


  1. MAVZU. UMUMIY MA’MURIY HUQUQQA KIRISH


MAVZU DOIRASIDA KO'RIB CHIQILADIGAN ASOSIY MASALALAR QUYIDAGILARDAN IBORAT:

  1. Davlat boshqaruvi va ma'muriy huquq. Ommaviy huquq tushunchasi, o'ziga xos xususiyatlari, predmeti va tizimi.

  2. Ma'muriy huquqning tushunchasi va huquq tizimidagi ahamiyati. Ma'muriy huquqning konstitutsiyaviy asoslari. Umumiy ma'muriy huquqning dogmatikasi.

  3. Umumiy ma'muriy huquqning tizimi. Ma'muriy huquqning boshqa huquq sohalari bilan o'zaro munosabati. Qiyosiy ma'muriy huquq.

  4. Ma'muriy huquq prinsiplari.

  5. Ma'muriy-huquqiy normalar. Ma'muriy-huquqiy munosabatlar.

  6. Ma'muriy huquqning o'zgarish tendentsiyalari. Ma'muriy huquq ilmi. Ma'muriy islohot.



Davlat boshqaruvi bir qator pog'onalardan tuzilgan, ya'ni:
a) Hal qilinishi lozim bo'lgan muammoni aniqlash;
b) Uni xal etish rejasini ishlab chiqish;
v) Baholash;
g) Qaror qabul kilish;
d) Boshqaruv aktni chiqarish;
e) Ijro etishni tashkil etish;
j) Ijro etish ustidan nazorat qilish.
Davlat boshqaruv organlari ijro etish va farmoyish berish faoliyatini amalga oshiradi, ijro etish jarayonida qonunlarning va unga asoslangan hujjatlarning bajarilishini ta'minlash uchun farmoyish berish huquqiga ega. Shunga ko'ra bu boshqaruv ijro etish va formoyish berish faoliyati deb ham yuritiladi.


Davlat boshqaruvi tamoyillari ikki guruhga bulinadi;
1 . Ijtimoiy - siyosiy tamoyillar.
2. Tashkiliy tamoyillar.


MA'MURIY HUQUQ PREDMETI
Ma'muriy huquq predmeti - Ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladigan davlat boshqaruvi sohasida yuzaga keladigan turli mazmundagi ijtimoiy munosabatlar – ma'muriy huquq predmetidir.


Ma'muriy huquq - davlat boshqaruv organlarining ijrochilik va farmoyish beruvchilik faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarning deyarli barchasi ma'muriy huquq normalari yordamida amalga oshiriladi.



Yüklə 25,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin