donni oddiy sharoitlarda bir nee ha yillar davomida saqlash va uzoq
masofalarga tashish ham mumkin.
Boshoqli ekinlar
Boshoqli ekinlar (bug'doy, javdar, arpa, suli, tariq, sholi, makka- jo'xori, oq jo'xori) asosiy donli ekinlar hisoblanadi. Bug'doy, javdar va makkajo'xori oehiq urug'li ekinlarga kirib, bu ekinlarning donlari faqat meva qobig'i bilan qoplangan. Arpa, suli, tariq va sholi qobiqli ekinlarga kirib, ularning donlari meva qobig'idan tashqari yana gul qobig'i bilan ham o'ralgan. Ekish vaqtiga qarab bug'doy, javdar, arpa bahorgi va kuzgi turlarga bo'linadi. Bahorgi donlar bahorda, kuzgi navlar kuzda ekiladi. Qolgan o'simliklar, asosan, bahorda ekiladi.