Mavzu: Dorixona sharoitida dorilarni tayyorlashda zarur bo`lgan me`yoriy hujjatlar


Tibbiy buyumlar ham dorixona assortimentida muhim o‘rin tutadi



Yüklə 51,33 Kb.
səhifə2/9
tarix15.07.2022
ölçüsü51,33 Kb.
#62774
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Dorixona sharoitida dorilarni tayyorlashda zarur bo`lgan me`yoriy hujjatlar

Tibbiy buyumlar ham dorixona assortimentida muhim o‘rin tutadi:


Bog‘lov materiallari. BogMov materiallarining asosiy funksio- nal ahamiyati yaraning ikkilamchi infeksiyadan himoya qilish, tezroq bitib ketishi uchun sharoit yaratishdir. Asosiy bogMov materiallariga doka, dokali bint va paxta kiradi.
Tibbiyot dokasi — noyob to ‘rsimon gazlama boMib, ikki turi chiqariJadi: gigroskopik va tarang oqartirilgan. Doka toza paxta, qog‘oz tolali va sirg‘aluvchi tolali (50% yoki 30%) boMadi.
Dokali tibbiyot binti — fiksasiya va qo‘yish uchun yana bogMov materiallarini tayyorlash uchun ishlatiladi. Bintlar steril va nosteril boMadi. Steril bintlaming eni 5, 7, 10, 14 va 16 sm li va uzunligi 2,
5, 7 va 10 m, nosteril bintlaming eni 3 dan 16 sm gacha va uzunligi 2 dan 10 m gacha boMadi. Bintlarda chok boMmasligi kerak.
Bint qadogMdagi markirovkasi: ishlab chiqargan muassasa nomi, bint turi va hajmlari, standart ko‘rsatkichlari (GOST), steril yoki nosterilligi, chiqarilgan vaqti. Steril bintlarda sterilizatsiya muddati (yaroqlilik muddati) va qadoqni ochish tartibi ko‘rsatiladi. Tibbiyot paxtasi — maqsadga ko‘ra gigroskopik va kompressli boMadi. Kompressli paxtaga suv kam singadi, u shinalarni
qo‘yishda, isitiladigan kompresslarda ishlatiladi. Gigroskopik tibbiyot paxtasi 3 turga bo‘linadi: ko‘z, jarrohlik va gigiyenik. Gigroskopik paxta bog‘lovlar uchun ishlatiladi. Paxta steril yoki nosteril boMadi, rulonlarda 25, 50, 100 va 250 g dan va KIP holida 20, 30, 40, 50 kg dan chiqariladi. Nosteril paxta ruloni oddiy qog‘oz yoki polietilen bilan qoplanadi. Steril paxta ruloni 2 qavat — ichki va tashqi bo‘ladi. Har bir o'ramdagi paxtaning markirovkasi boMishi shart. Unda ishlab chiqaruvchi nomi, tovar belgisi, paxta turi, massasi, steril yoki nosterilligi, ishlangan yili, standart ko'rsatkichi (GOST) ko‘rsatiladi. Doka, dokali bint va paxta asosida: tibbiyot bogMov paketlari, steril tibbiyot bogMovlari, salfetkalar, tibbiyot dokali bo‘laklar va
boshqalar ishlatiladi.
Tibbiyot trubkasimon dokasi trikotaj yengdan iborat bo‘lib, tarang sirg‘aluvchi boylamdan iborat. Elastikli trubkasimon tibbiyot dokalari — to ‘rli tuzilishga ega va elastomerli ipdan ishlanadi. Eniga nisbatan 7 xil oMchami bor: 10, 20, 25, 30, 35, 40, 75 mm.

Yüklə 51,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin