Kasallarni parvarish qilisbda ishlatiladigan buyumlar
Ularga quyidagi vositalar kiradi:
Rezinali grelkalar, esmarx krujkasi, kompressli klyonkalar, belbog‘lar, bandajlar, tibbiyot bankalari, ko‘zni yuvish uchun vannalar va boshqalar.
Yotib qolgan kasallaming hojati uchun zarur buyumlar.
K asalning shaxsiy gigiyenasi uchun zarur buyum lar (matraslar, prostinalar, rezina matoli buyumlar).
Dori vositasini qabul qilish uchun idishlar.
Parafarmatsevtik vositalar
Gigiyena vakosmetika vositalari. Bu guruhga: atir sovun, pasta va tish kukunlari, suyuq parfyumeriya vositalari, kosmetik kremlar va boshqa tovarlar kiradi.
Atir sovun — yog' kislotalarining natriyli tuzlaridan iborat, bo‘yovchi moddalar qo'shilgan, oqartiriladigan va hid beruvchi moddalar, plastifikator, antioksidantlar va boshqa komponentdan iborat sovunlar: ekstra, bolalar uchun, I, II turlari bor. Atir sovun qobiq yoki qobiqsiz 300 g gacha qadoqlanadi. 300 g gacha boMgan
sovunda faqat ishlab chiqargan muassasa tovar belgisi qo‘yiladi. Atir sovun quruq, yopiq va yaxshi shamollaydigan joylarda 20°C dan past va 75% havo namligidan yuqori bo‘lmagan joylarda saqlanadi.
Tish pastalari va kukunlari. Tish pastasi deb, gel hosil qiluvchi va yuza moddalaming suv-glitserin eritmasidagi suspenziyasiga aytiladi. Gigiyenik va davolovchi — profilaktik turlari bor. Pastalaming tagi yopishgan plastmassa qopqoq bilan yopiladigan idishlarga qadoqlanadi. Ko‘rsatilgan tartibda tasdiqlangan forma, hajm va ustki tomoni ko'rinishi berilgan namuna hamda chizmalarga mos boMishi kerak. Pastalar futlyarda va futlyarsiz chiqariladi.
Tishkukunideb, faol qo‘shimchalar yoki qo‘shimchasiz bo‘lgan kimyoviy cho‘ktirilgan cho‘kmaga aytiladi. Yoqimli ta’m beruvchi aromatizatorlari bor (masalan: yalpiz yoki anis, mentol ta ’mi). Tish pastasi va kukuni qadoqlangan idishda: turi, tovar belgisi, ishlab chiqargan korxona nomi va joylashgan joyi, ishlab chiqargan vaqti, standart ko'rsatkichi, standart belgisi (GOST) ko‘rsatilgan boMishi kerak.
Saqlanadigan joyda havo namligi 70% dan ortmasligi, temperature 0°C dan past + 25 °Q dan yuqori bo‘lmasligi kerak. Tish kukuniga quyosh nurlari tustimasligi kerak, odatda, ularning saqlanish muddati chiqarilgan kunidan boshlab 12 oy belgilanadi.
Suyuq parfyumeriya vositalariga odekolon, atir, spirtli yoki suv — spirtli eritmalar bilan parfyumer — kompozitsiyadan iborat. Flakon yoki probirkalarda chiqariladi. Ularni qadoqlash jarayonida yorligMda tovar belgisi, ishlab chiqargan korxona nomi va joylash gan joyi, mahsulot turi, hajmi, standart ko‘rsatkichi ko‘rsatiladi. Atirlar yaxshi shamollatuvchi uskunalari bo‘lgan joylarda saqlanadi. Saqlanish m uddati chiqarilgan kundan boshlab
odekolon, atir, tualet suvlari uchun 12 oy.