Mavzu: Drama, Bolalar va qo`g`irchoq teatrlari spektakllariga O`zbek kompazitorlarining yaratgan musiqalari. Reja



Yüklə 41,6 Kb.
tarix14.10.2023
ölçüsü41,6 Kb.
#155180
Drama, Bolalar va qo`g`irchoq teatrlari spektakllariga O`zbek kompazitorlarining yaratgan musiqalari



Mavzu: Drama, Bolalar va qo`g`irchoq teatrlari spektakllariga O`zbek kompazitorlarining yaratgan musiqalari.

Reja.

  1. Bolalar va qo`g`rchoq teatrlari spektakllari

  2. O’zbek kompazitorlarining yaratgan musiqalari.

  3. Drama haqida.

  4. Xulosa.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar.

1930-yillar oxirida o‘zbek va rus kompozitorlarining hamkorlik ijodiyotida yirik sahnaviy janrda asar yaratiladi. Ya’ni kompozitorlar M.Ashrafiy va V.VasilenkoIar hamkorligida birinchi “Bo‘ron” operasi yaratildi. Urushdan keyingi davrdan opera teatrining milliy repertuari ancha boyidi. Bu birdaniga boMmagan, aibatta. Davr boshida repertuarda qayta tahrir qilingan eski asarlar (S.Vasilenko va M.Ashrafiyning “Buyuk kanal”, V.Uspenskiy va G.Mushelning “Farhod va Shirin”, T.Jalilov va B.Brovtsinning “Tohir va Zuhra”) ustunlik qilgan. Biroq 1958-yildan boshlab deyarli har yili teatr o‘z repertuariga yangi o‘zbek operalami kiritdi. Mavzu va badiiy saviyasi turlicha bo‘lgan mazkur asarlar


tomoshabinlar tomonidan ham turlicha qabul qilindi. Ba’zilari sahnadan tezda tushib ketdi, boshqaiari esa teatr repertuaridan muhim o‘rin egalladi. Biz shulardan ahamiyatliroqlarini ajratib, avvalambor zamonaviy, muhim mavzuga bag‘ishlangan asarlarni ko‘rib chiqamiz. “Gulsara” operasi 30 - yillarda yozilgan shu nomli musiqali drama singari o‘zbek ayolining ozodlikka chiqishi mavzusi bilan bog‘liqdir. Aibatta, spektakl mazmunini 40-yillar oxirining tomoshabini “Gulsara” musiqali dramasi o‘n ikki yil awal birinchi bor sahnalashtirilganidan boshqacharoq qabul qiladi. Vahshiyona
mutaassiblik ham, paranji tashlagani uchun o‘ch olish ham uzoq o‘tmishda qolib ketgan edi. Lekin eskicha e’tiqodlar, xususan, ayollarga nisbatan “sovuq” munosabat hali hayotda uchrab turardi. Shuning uchun ularga qarshi kurash o‘z keskinligini yo‘qotmagan edi. Ko‘pgina o‘zbek ayollarining hayoti, kurashi, orzulari bilan chambarchas bogiiq bo‘lgan Gulsaraning taqdiri tomoshabinlar qalbida aks sadosini topar edi. “Gulsara”ning ommabopligi, hayotiyligi ham shundadir. Libretto mualliflari K.Yashin va M.Muhamedov yaxlit, izchil rivojlangan voqelikni yaratishga muvaffaq boidilar. Ayniqsa bosh qahramon obrazi to'laqonli chiqqan. Spektaklning boshlanishida u zaif va itoatkor, ongida aslni qullarcha itoatkor boMishga mahkum qiladigan eski musulmon aqidalar ustunlik qiladi. Lekin asta-sekin, chuqur jafolar tufayli Gulsara o'tmish sarqitlariga qarshi ochiq, shiddatli kurashish zarurligini anglaydi. Opera asosidaga musiqa namunalarini TJalilov to‘plab, qisman yaratib bergan, T.Sodiqov yozib olgan va R.Glier qayta ishlagan kuylardan tashkil topgan. “Gulsara” operasining 1949-yili sahna premyerasi bo‘lib o‘tgan. “Maysaraning ishi” Alisher Navoiy nomidagi akademik katta opera va balet teatr jamoasi kompozitor Sulaymon Yudakov, shoir - dramaturg Sobir Abdulla va M.Muhamedovlar hamkorlikda “Maysaraning ishi” nomli hajviy operani 1959-yilning 6-yanvarida tomoshabinlarga havola qildi. Opera premyerasi juda katta muvaffaqiyatlar bilan o'tdi. Respublikamizning madaniy - ma’naviy hayotida ulkan voqeaga aylandi. Operaning sahnalashtirilishida ishtirokchilar: dirijor Fazliddin Shamsuddinov, baletmeyster Mukarrama Tur- g‘unboyevaga, asosiy rollami ijro etuvchilar:
Maysara - Halima Nosirovaga, Oyxon - Saodat Qobulova, Cho‘bon Ali - Sattor Yarashevga, Mulla do‘st - Karim Zokirovga, qozi - Xusan Ismoilovga, Hoji Darg‘a - Jamol Nizom Xo‘jayevga, Hidoyat - Mixail Davidov. Mazkur opera, bir necha avlodlar ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. “Maysaraning ishi”26 operasining musiqiy tili yorqin milliy ohangdorligi, jo ‘shqin - jozibadorligi va musiqiy dramaturgiyasining badiiy baquvvatligi bilan alohida ajralib turadi. Musiqa muallifi S.Yudakov atoqli shoir va bastakor Hamzaning shu nomli pyesasi asosida yozilgan librettoga musiqa bastalashda operada ishtirok etuvchi asosiy personajlami xatti - harakat va munosabat, niyatlaridan kelib chiqqan holda yondashib, ijobiy va salbiy obrazlami har biriga, alohida o‘zbek xalq qo‘shiq, lapar va yallalarga juda yaqin turadigan, original, yorqin “Musiqiy portret”lar yaratgan. Ya’ni hajviy opera janming barcha tipik xususiyatlariga yondashib, kompozitor tez harakat rivojlanuvchi hajviy epizodlar, sahna voqealarini uzviy ravishda o'zgarishlari va bog‘lanishlari, burro - burroli rechitativ dialoglami mantiqligi, yorqin - milliy xushchaqchaq musiqiy sadolami ta’sirchanliklari bilan tomoshabin - tinglovchilami maflun qildi. Opera musiqiy dramaturgiyasining rivojlanish jarayonida, partituraga kiritilgan ariyalar, duet, trio, kvartet, kvintet, vokal ansambllar, ommaviy xorlar, o‘rinli joyda jaranglaydi. Simfonik orkestr vokal nomerlarga birgina jo ‘r bo‘lib qolmasdan, u ayrim epizodlarda, mustaqil ravishda muhim rol o‘ynaydi. Yuqorida zikr qilingan musiqiy alomatlar mazkur hajviy operaning ta’sirli mavqeini mukammal ravishda boyitadi. Sulaymon Yudakovning “Maysaraning ishi” birinchi hajviy operasi, jahonga mashhur bo'lgan hajviy operalami qatoridan munosib o‘rin oldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki mazkur operada ham opera “buffa”dagi kabi barcha tipik xususiyatlari to‘la - to‘kisdir. Ya’ni ohangdor ariyalar, vokal - ansambllar, ommaviy xorlar, ohangdor va “secco” (tez harakatda so‘zlash) rechitativlar orkestr sadolari bilan hamohang birlikda jonli va ildam sur’atda sahnada sodir bo‘layotgan jiddiy va hajviy vaziyatlar, mukammal ravishda tasvirlanadi. “Maysaraning ishi” operasi awal kirish cholg‘u musiqa, keyin muqaddima bilan boshlanadi. Simfonik orkestrga kiritilgan o‘zbek xalq sozlaridan: nog'ora, doira, rubob, kamayni trambon va valtomalarda emitatsiya qilishlari tufayli muqaddimada ijobiy obrazlardan: Maysara, Oyxon, Cho‘pon Ali, Mulla Do‘st, salbiy obrazlardan: Qozi, Hoji Darg‘a va Hidoyatlami turli tomonlarini xarakterlovchi “leytmotiv”lar operani rivojlanish jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Muqaddimaga kiritilgan “leytmotiv”lar jaranglash jarayonida har bir personajni qotib qolgan haykal siymosi namoyon bo‘ladi, (sahnada aktyor oddiy ovoz bilan) ulaming qiyofalarini ta’riflaydi, mavzu oxirida ular jonlanib chiqib ketadilar. Ya’ni har bir personajning xarakteriga, yurish - turishlariga, xatti - harakatlariga xos leytmotivlar orkestr sadosida jaranglashi tufayli tomoshabin - tinglovchilar ulaming qiyofalari bilan oldindan tanishadilar. Aytish joizki, operaning rivojlanish jarayonida jiddiy lavhalar va ayniqsa hajviy epizodlar mavjud, yengil, hushchaqchaq musiqalar va hiyla-nayranglar, oddiy va juda tez so‘zlash rechitativ
- dialoglar bilan ham mavjud.
Operaning bosh qahramoni zakovatli, irodasi kuchli Maysa­ raning musiqiy obrazini tasvirlashda S.Yudakov atoqli shoir, dramaturg va bastakor Hamzaning “Hoy, ishchilar” mashhur qo‘- shig‘ini “leytmotiv” sifatida operaga kiritgan. Albatta, Maysarani inqilobchi rahbar qilib ko‘rsatishga emas, balki adolat uchun, inson huquqini hamoya qiluvchi inson sifatida gavdalantiradi. Umuman, Maysara obrazi, uning ikki sevishgan yoshlaming to‘ylarini o‘tkazib, ulami qovushtirisrh niyatidagi amaliy harakatlari va to‘yga to‘sqinlik qilayotgan kimsalarga qarshi kurashda ruhiy kechinmalari ariya, arioza, qo‘shiq, vokal - ansambl va ommaviy xor sahnalarda insoniy fazilatini turli qirralari to‘la to‘kis ochilib boradi. Opera uch parda ikki ko'rinishdan iborat. Operaning birinchi pardasi Maysaraning kichkina, ko‘rimsiz hovlisida o‘tadi. Go‘zal qiz Oyxon, o‘zi yakka uy yumushlarini bajarish jarayonida “Ishqida yondim” nomli ma’yusli - lirik ariyasida Cho‘pon Aliga bo‘lgan ehtirosli muhabbatini izhor etadi. Mazkur ariya o ‘zbek xalq ashula shaklida, do minorda yozilgan. U oddiy garmonik akkordlar, jo ‘r bo‘lgan orkestmi ravshanli faktura, sinkopalar bilan boyitilganligi tufayli Oyxonning musiqiy obrazi yorqin ohangdor milliy ruhi bilan namoyon bo‘ladi. Oyxonning ariyasi tugashi bilan, ishdan qaytayotgan Cho‘pon Ali uzoqdan shodu xurramlik bilan, quvnoq, jozibali ariya ijro etib uyga keladi. Oyxon va Cho‘pon Ali bir - birlari bilan hazillashadilar, Cho‘pon Ali jiddiy so‘zlashish niyatida “Kel, so‘zlashaylik” nomli ariyada izhor etadi. Mazkur ariya orkestr jo ‘rligida qisqa kirish musiqa bilan boshlanadi. Orkestming yorqin fakturasi, oddiy akkordlar bilan boyitilgan ariyada Cho‘pon Ali sevgilisi Oyxonni butun diqqat - e’tiborini o‘ziga tortadi. Ikki sevishganlar bir - birlariga boMgan muhabbat his - tuyg‘ularini izhor etish jarayonida, tez harakatli valssimon sho‘x musiqa sadosida ular hazillashib, bir - birlarini quvlab, goh hovlida, goh chorbog‘ tomon chopishib ketayotganlari paytida, favquloddan simfonik orkestr sadosida vahimali tremolo akkordlar bilan birlikda pasayuvchi xrammatik oktava tovushlami siljishida dahshatli Qozini va jangovor harakatli Hoji Darg‘ani “leytmotiv”lari nomoyon bo‘ladi. Qozi va Hoji Darg‘a jin ko‘chadan o‘tayotganlarida, Maysarani hovlisidan sho‘x - o ‘ynoqi ovoz va qo'shiq eshitiladi va ular e’tibor berib, devordan hovliga qaraydilar. Go‘zal Oyxon va Cho‘pon Ali bir - birlarini quvlab, ikkinchi duetlarida ham davom etib yana hovliga qaytib, quvlashib o‘ynayotgan paytda Qozi va Hoji Darg‘a ularga zang solib, Oyxonning yuzini va qomatini ko‘rib, har biri dillarida (ovoz chiqarib) to‘lqinlanib hushomad qiladilar. Oyxonga ishqi tushgan Qozi (murojaat bilan) Hoji Darg‘aga “Maysara bizni buzuqchilikda ayblagan edi. 0 ‘zi ikki yoshni uyda birga saqlashi shariatga to‘g‘rimi?” deydi. Hoji Darg‘a “Mutlaqo noto‘g‘ri” endi Maysara o‘zi tumshug‘idan Hindi. Uni hibsga qamayman deb javob beradi. Ular ketadilar. Ana shu birinchi pardada sodir bo‘ Igan voqeadan boshlab, operada qarama - qarshi (konflikt) to‘qnashuv boshlanadi. Bozordan horib kelgan Maysara trio vokal - ansamblda Oyxon va Cho‘pon Ali bilan muloqotda boMadi. Muloqot davomida Maysara bozordan olgan sarpo - tugunni Oyxonga berib, uy yumushlarini bajaraver deb jo ‘natadi va “Amma, Qozidan pulni undirdingizmi?” Cho‘pon Alining savoliga javoban “Qozi yana turli bahona qilib puini bermadi, yer yutgur!” deydi. Cho‘pon Ali: “Endi Qozini o ‘ldiriman” deydi. Maysara: “yo‘q!”, uni o‘ldirsang qamoqda chirib ketasan. Men boshqa reja tuzib qo‘ydim: “Running yarmisi yoruq, ikkinchi yarmisi qorong‘i degan dono xalqimizning maqoli bor” deb jiyanini yupatadi va trio “mi bemol” major tonalligida yakunlanadi. Mazkur trio ulaming ikkinchi “fa major”da yozilgan trio bilan uzviy bog‘lanib ketadi. Maysaraning eshigi oldida, yurish - turishlari, xatti - harakatlari qiz bolaga o'xshagan Qozini o‘g‘li, qonunshunos - amaldor Hidoyat raqssimon qo‘shiq aytib, Oyxonga bo'lgan ishq - muhabbatini baralla izhor etadi va eshikni taqillatadi.
Maysara eshikni ochib Hidoyatga “keling azizim” deb kutib oladi. Ulaming rechitativ dialoglari va duetlari boshlanadi. Operaning dramaturgik rivojlanish jarayonida mazkur vasiqani va 20 oltinni Qozidan undirish muammosi muhim rol o‘ynaydi. Hidoyat: “bulami
undirsam menga nima berasiz?” Maysara “Palov tayyorlayman”. Hidoyat “Palov bilan ish bitmaydi, yuragim baxt tilamoqda” deydi. Maysara “Yuragingiz nimani tilayapti” desa, Hidoyat “Go‘zal Oyxonni”. Maysara “0 ‘zi qiz bolaga o‘xshaydi-yu, Oyxonga xushtor deb kuladi va vasiqa bilan 20 oltinni undirsangiz Oyxon sizniki” deb xayrlashadi. Hidoyat xursandchiligidan “Ostonasida chilla ultiray” deb kuylaydi, ariqni tuynukchasidan Oyxonga yana bir qaray deb qaragan paytida Oyxon o‘choqni kulini ustiga sepib yuboradi. U aksalar berib, mayli kul sepsangiz ham sevaman, deb qo‘shiqni davom etayotgan paytida, uzoqdan Mulla Do‘stni ko‘rib qolib, tezlik bilan devordan chipta qopni olib yopinib tungakka o‘xshab yotib oladi. Mulla Do‘st esa uning ustiga chiqib hovliga qaraydij keyin esa “bu it”- deb tepadi. Hidoyat og‘riqqa chidamay, o‘zini oshkora qiiadi. Mulla Do‘st uning ustidan “bu yo baliq, yo mahluq” deb kuladi va Hidoyat qochib ketadi. Qarilik chog‘ida bo‘ Isa ham uylanish orzusida yurgan Mulla Do‘st, Maysarani eshigi oldiga yaqinlashib,' “Kel dilrabo xushtoringman” qo‘shig‘ini kuylaydi. Mazkur band (kuplet)li qo‘shiqda uning soddaligi, hazilkash hajviy - qistirmali qochirma gaplarga chechanligi rechitativ va musiqa sadolarda, mukammal ravishda, boshqa musiqa partiyalarida ham namoyon bo‘ladi. Maysaraga ishqi tushgan Mulla Do'st, xursandchilik bilan eshikni taqillatib, Qozi sizni huzuriga chaqiradi deb xatni berib ketadi. Mazkur qo‘shiqni melodik intonatsiyasida o‘zbek xalq hajviy “Bilakuzuk” va xorazmcha “Jononim” kabi lapaming o‘xshashligi bor. Maysara yakka o‘zi hovlida “re minor” tonalligida yozilgan katta ariyada ko‘ngli o‘ksingan holatda beva qolganini eslab “Baxtim ochilmadi, dunyo menga qorong‘u, shodlik qo‘shiq menga nasib etmadi, yonimda erim yo‘q, mayli menga ham baxt ato qilar” deb qayg‘urib kuylaydi. Maysaraning mazkur o‘zbek xalq ashula uslubida yozilgan katta ariyasi 26 taktli kirish orkestr sadosi bilan boshlanadi, temp harakati Allegro con brio - dan Moderate, s dan 6/81arga o‘tib ariya rivojlanadi va birinchi pardani finaliga olib keladi. Operaning birinchi pardasi final qismi Allegro con spirit (G - dur) juda tez harakatli marshsimon musiqa sadolari bilan boshlanadi va shu tempo - ritm finalni oxiriga qadar saqlanadi. Maysara, Mulla Do‘st, Hoji Darg'alar bilan sahnada sodir bo‘layotgan voqeada ikkita ommaviy xor ishtirok etadi. Tez harakat musiqa sadosi fonida hayajonlangan Mulla Do‘st Maysaraga “Tezda qochinglar, sizlami hibsga qamash uchun Qozini buyrug‘i bilan Hoji Darg‘a mirshablar bilan kelmoqda” deb xabar beradi. Oyxonni yerto‘laga bekitadi, Mulla Do‘stga bozorga borib Cho‘pon Aliga xabar berishni iltimos qiladi. Maysara o‘zi suppada namoz ibodatini bajo qilib turadi. Hoji Darg‘a boshliq mirshablar grotest bilan xor aytib, hovliga atrof - tarafdan bostirib kiradi. Ular Oyxon bilan Cho‘pon Alini izlaydilar, topolmaydilar. Maysarani qamashga olib ketadilar. Hamma ketgandan so‘ng, devor orqasidan poylab turgan Qozi yertoMadan Oyxonni majburan uy xonadoniga olib ketadi. Maysarani hamqishloqlari ommaviy xor mirshablami nohaq xatti - harakatlarni yomonlab, noroziliklarini namoyon qiladilar. Shuni aytish joizki, mirshablaming xori g‘ayri ixtiyoriy harakatlari rechitativ uslubida jaranglasa, xalq xori esa Maysaraning “leytmotivi” asosida bastalangan. Lekin xor, finalni umumiy musiqasi tez harakatda bo‘lgani uchun “leytmotiv” bir oz cho‘zilgan talaffuzda ijro etiladi. Umuman operaning ekspozitsiyasida (ikkinchi parda) ishtirok etuvchi ijobiy va salbiy qahramonlaming kim - kimligini aniq ko'rsatish bilan, ulaming xatti - harakatlari, his - tuyg‘ulari musiqiy dramaturgiyaning rivojlanish jarayonida, mukammal ravishda Maysara, Cho‘pon Ali, Oyxon obrazlarini aks etuvchi ariya va vokal ansambllar xush ohangliklari bilan ajralib tursa, buiarga qarama - qarshi turganlar: Qozi, Hoji Darg‘a, Hidoyatlaming obrazlarini aks ettiruvchi hajviy epizodlarga boy fabula, yengil, xushchaqchaq ommabop aytishuv laparsimon, raqssimon band (kuplet)li qo‘shiqlar va hajviy rechitativ (dialog)larda aks etiigan. Operaning uchinchi parda, ikkinchi ko‘rinishi yertoMa hibsda o‘tadi. Qamoqda yotgan Maysara tuynikdan osmonda charaqlagan yulduzlarga tikilib xayol surayotgan paytida, uning “leytmotiv”i orkestr sadosida uzoqdan qulog‘iga chalina boshlaydi va Maysara, shoir - bastakor Hamzaning “Hoy, ishchilar” qo‘shig‘ining so‘zini o'zgartirilgan holatda, ariya aytadi. Mazkur oddiy garmonik vositalar bilan boyitilgan ariya jaranglash jarayonida (sahna orqasida) Cho‘pon Ali va xalq xor bilan jo ‘r bo‘ladi. Ya’ni Maysaraning haqiqat uchun kurashi, xalqning orzu - umidlari bilan uzviy bog'lanib ketadi. To‘satdan Cho‘pon Ali hibsga kirib “Amma endi siz ozodsiz, qorovul soqchiga pul berib jo ‘natdim, qochaylik” deb o‘z ariyasida izhor etadi. Maysara uning taklifini tinglab rad qiiadi. Maysara “Nima uchun biz qochishimiz kerak! Yo‘q! Biz aql - zakovatimiz bilan dushmanlarga qarshi kurashamiz” deydi. Shu payt hibsga Mulla Do‘st kiradi va Cho‘pon Alini tezlik bilan chiqarib yuboradi. Cho‘pon Ali Maysara so‘ragan besh tilloni beradi. Shu payt Qozi va Hoji Darg‘a hibsga kiradilar. Qozi Maysarani so‘roq bilib “Ikki yoshlami qayga bekitding, ayt! Aytmasang jazo beramiz! deb urmoqchi bo4adi. Mulla Do‘st “Avf eting, Maysaraxon gunohkor emaslar - ku”. Qozi: “Siz aralashmang, men qonunni yaxshi bilaman, siz chiqib keting!” deb uni haydaydi. Hoji Darg‘aga “Sizning oldingizda Maysara
yoshlami bekitganini aytmaydi” deb uni ham chaqiradi. Qozi endi nima qilamiz? Maysara: “Eshitdim, Hoji Oyxonni olib qo‘ymoqchi, siz bizni himoya qiling” deb haltachadagi oltinni ko‘rsatadi. Qozi oltinni tekshirib ko‘rib bo‘lgach “Mayli endi, mendan davoim yo‘q deb tilxat yozib ber” deydi. Maysara, xo‘p bo‘ladi, Oyxon nima bo‘ladi? Qozi “Endi Oyxonni to‘g‘risida o‘ylamayman”. Maysara: “demak Oyxonni u bekitgan” deb fahimlab, “ertaga tilxat yozib beraman” deydi. Qozi: “Faqat Hoji Darg‘a bilmasin” deb chiqib ketadi va Hojiga pulni berib, Maysarani hibsdan ozod qiling” deb ketadi. Hoji Darg‘a: “Endi bildim, bu cho'chqa, xotinboz Qozining maqsadini, bunga yo‘l qo‘ymayman” deb naftatlanib, Maysarani huzuriga kiradi va sizni ozod qilaman, lekin bir sirim bor deydi. Maysara: “Nima sir ekan”. Hoji Darg'a Maysara bilan ijro qiladigan duetda maqsad - dardini aytishuv duetda “Oyxonga bo‘lgan ishq - muhabbatda telba bo‘lib qoldim” deb kuylaydi. Maysara: “Sizga yordam bermaymi, agar Qozidan vasiqa bilan 20 oltinni undirsangiz Oyxon kechalari sizning huzuringizda bo‘ladi” deydi. Maysarani hibsdan ozod qilish sahnasi: Hoji Darg‘a, Hidoyatni chaqirib, unga xaltadagi besh tilloni beradi va Maysarani hibsdan chiqarish uchun hujjat yozib bering deb chiqib ketadi. Maysara Hidoyatga hujjatni va pulni menga bering, endi Oyxon sizniki bo‘ladi deb, hibsdan chiqib eshigini yopib ketadi. Hidoyat suyunib kuylaydi va eshikdan chiqolmay vahimaga tushib, yordamga qichqiradi. Operaning ikkinchi parda ikkinchi ko‘rinishi Qozi hovlisining tashqari mehmonxonasida o‘tadi. Shiddatli orkestr sadolari bilan kirish musiqasining oxirgi fonida sahnaning orqasidan Oyxonning qichqiriq - yig‘i va Qozini ovozlari eshitiladi. Qozi nafratlanib chiqib ketadi. Oyxon o‘z taqdiri haqida katta qayg‘uli ariyada izhor etadi. Mazkur ariyada Oyxon qayg‘u hasrat bilan dilida Cho‘pon Aliga murojaat etib, qanday mushkul ahvolda qolganini, mukammal ravishda izhor etadi. Qozini hujrasida qamoqda ruhiy ezilgan Oyxon kayfu ruhiyatini nozik tafovut ifoda vositalari bilan orkestr sadosida past bas tessiturada, vazmin sur’atda, yoyilgan akkordli fakturada jo ‘r bo‘lib borishi ariyaga alohida ma’no berib boyitadi. Jahli chiqqan Qozi yana Oyxonni huzuriga kirib, endi sani o‘ldiraman deb do‘q qiladi. Oyxon: “o‘ldir, ablah! Hech qachon senga xotin boimayman. 0 ‘lganim afzal!”. Qozi: “o‘lsang ham mendan qutula olmaysan!” deb xizmatkor ayolni chaqirib, olib ket buni, Mullado‘stga hovliga hech kimni qo‘yma, deb chiqib ketadi. Shunday qilib operaning o‘tgan sahnalarida sodir bo‘igan mojarolar, Maysara va Oyxonning boshidan kechirganlari keskin pallasiga mazkur sahnada yotadi va Qozi, Hoji Darg‘a, Hidoyat kabi kimsalami Maysara tuzgan reja - tuzoqqa ilinishlari kelgusi sahna voqealarda namoyon bo‘ladi. Shu tariqa oldingi va kelgusi sahnalarda sodir bo‘lajak voqealar jarayonida ham operani drama- turgiya tizim ipini bog‘lashda Maysara bilan birga Mullado‘st muhim rol o‘ynaydi. Operaning rivojlanish jarayonida sodir bolayotgan voqealarda Mullado'st ishtirok etuvchi qahramonlar bilan turlicha munosabat va aloqalar vaziyatida faol qatnashadi, o‘zining taqdiridan ham koyinadi hamda Qozi, Hoji Darg‘a va Hidoyatxon kabi kimsalami kirdikorlarini fosh etishda Maysaraga madadkor bo‘ladi. Masalan, yuqorida zikr qilingan Maysaraning eshigini oldida, (birinchi parda) kuylaydigan “Kel dilrabo xushtoringman” qo‘shiqda Maysaraga ko‘ngli bor holatini jozibali lirik kuyda izhor etsa, Qozini xonadonida (ikkinchi parda ikkinchi ko‘rinish) o‘z taqdiridan achinib “Qarilik yuki ezdi yelkamni” qo‘shig‘ida “sochlarim oqardi, bitta xotinga yalchimadim” deb qayg‘ursa ham, lekin dunyoga umid, hazil - mutoyiba bilan qaraydi. Qozining hovlisida paydo bo‘Igan Hoji Darg‘a Mullado‘stni kuylashini oxirini tinglab, u Mullado‘stga xotin topib qo‘yganini izhor etadi. Makkor, hiylagar Hoji Darg‘a Mullado'stga xotin olib beraman deb, uni avrab Qozini uyini kalitini olib, uydan vasiqa hujjatini olib chiqib, “Vasiqasi bor endi, Oyxon menga yor endi ” deb zavq - shavq bilan jozibali ariyada Oyxon bilan kechalarini qanday o‘tkazishini ta’riflab raqs bilan kuylaydi va kalitni tashlab, Mullado'stni aldab chiqib ketadi. Hovliga ayol libosini kiygan, paranji yopilgan Hidoyat tezlik bilan hovlini ichkarisiga kirib ketadi. Mullado‘st: “Kim ekan bu yo‘rg‘alab kirib ketgan ayol?” deb hayron bo‘ladi. Shu payt xonadonga Qozi kirib Mullado‘stga xotin olib berish to‘g‘risida muloqotda bo‘ladi. Natijada 30 yil unga xizmat qilgan Mullado‘stga “sizni shuncha yil boqdim, endi siz menga qarzdorsiz, nimangizga uylanasiz” deb ichkariga kirib ketadi. Mullado‘st esa nafratlanib “Ax iflos, cho‘chqa Qozi, haqqimni bermaysanmi, mayli teshib chiqsin jig‘ildoningdan, endi senda ishlamayman” deb chiqib ketadi. Hidoyat otasining xonadonidan topgan 20 tilloni xursandchilik bilan Maysaraga berib “endi Oyxonga mehmonga kelaman ” deb raqsga tushib ketadi. U raqsni Maysara ijro etadigan “Bola - Bola” jo ‘shqin, jozibali qo‘shiq sadosida davom etadi. Maysara Hidoyatdan undirgan 20 tilioni Cho‘pon Aliga “bu to‘yga”, deb beradi. Shu payt asabi buzilgan Mullado‘st paydo bo‘ladi. Maysara “Nima bo‘ldi o'rgilay, Qozi uyidami?”. Mulla- do‘st: “U o ‘lsin” deb dardini Maysaraga quyidagi duetda izhor etadi. Mazkur duetda Mullado‘stning dardini Maysara fahmlab, u ham bevalik dardini izhor etadi. Ular bir - birlariga boMgan sevgi - muhabbat his - tuyg‘ularini sir saqlab kelganlarini duetda oshkor qiladilar. Xursandchilik tuyg‘ularidan raqsga tushib o‘ynaydilar va duetni oxirida bir - birlariga vafodor bo‘lishlarini izhor etadilar. Ulaming vokal va raqs partiyalariga orkestr jo ‘r bo‘lishi ham duetning ta’sirchanligini kuchaytiradi.Operadagi vokal - orkestrlar orasida Qozini xonadonida o‘tadigan terset ham qiziqarli. Orkestr sadosi, tremololar fonida sahna orqasidan “Seni savalayman” degan Qozini va “Voydod” degan Oyxonni ovozlari eshitiladi. Qozini xonadoniga kirib kelgan Maysara, ulaming orasiga aralashib, Oyxonning (qulog‘iga pichirlab) yolg‘ondan, Oyxonni Qoziga turmushga chiqishga ko‘ndiradi. Maysara Qoziga Oyxonni ko‘ndirdim, lekin uning bitta sharti bor ekan. “Bu xonadonda Qozini katta xotinlari kun bermaydi. Eng yaxshisi kechalari bizning xonadonimizga kelib tursalar deyapti”. Qozi “Bu to‘g‘ri, men ham shunday o'ylagan edim ” deb kelishadilar. Maysara Qoziga bergan tilxatini qaytib oladi. Mazkur epizod kattakon dinamik kvintetga o‘tib tugaydi. Kvintetda: Oyxon, Maysara, Cho‘pon Ali, Mullado‘st va Qozi sodir bo‘lgan kelishuv voqeadan o‘z xursandchilik munosabatlarini, tez harakatli rechetativ va musiqa sadolarda quyidagicha namoyon qiladilar. Kvintet bilan ikkinchi parda tugaydi.Shuni aytish joizki, kompozitor S.Yudakov vokal - an- sambllarda va ayniqsa zikr qilingan tertset va kvintetda, har bir ishtirok etuvchi qahramonlami, bir - birlariga bo‘lgan muno­sabatlarini, xatti - harakatlarini, ruhiy holatlarini musiqada aks etishda polifoniya - kontrapunkt uslubidan, mukammal ravishda, foydalanganidan dalolat beradi. Operaning uchinchi pardasi yana Maysaraning xonadonida o‘tadi va birinchi va ikkinchi pardalarda sodir bo‘lgan hodisalar tufayli tugaydi. Maysara tuzgan reja - tuzoqni amalga oshirishda Cho‘pon Ali, Oyxon va Mullado‘st ko‘mak berib, kechasi keladigan “aziz” mehmonlarni kutib olishga puxta tayyorgarlik ko‘radilar. Birinchi Qozi keladi. Maysara xursandchilik bilan samimiy sifatda uni kutib oladi. Qozi ustidagi choponni yechib, suppa ustida tayyorlangari dasturxon yoniga oltiradi. Omin qilgach “qani Oyxonni olib chiq” deb buyuradi. Maysara: “Hozir Oyxon huzuringizda bo‘ladi” degan paytida eshikni taqillatadi, men Cho‘pon Aliman deb ovoz chiqaradi. Qozi juda qo‘rqib ketadi va Maysaraga meni bekit deb iltimos qiiadi. Maysara uni molxonaning ustuniga bog‘lab, ustiga ho‘kizni terisini yopib, boshiga ho‘kizni kallasini kirgizib, oldigi somon va paqirda suv qo'yib qo‘yadi. Qozi nochor ahvolga tushib qolgani to‘g‘risida “Ho‘kiz”cha ovozga o‘xshatma qilib, xajviy uslubda ariya aytadi.
Qozini mazkur ariyasiga kirish musiqa, uning “leytmotiv”i asosida bastalangan. Orkestr sadosida o‘tadigan “leytmotiv” xrammatik garmonik akkordlar past registrda asta - sekin siljishlari mukammal ravishda, uning yomon hajviy ahvolga tushib qolganini mungli ariyada izhor etadi.Qisqa pauzadan so‘ng Maysara sidqidillik bilan Hidoyatni kutib oladi. U qo‘lida bog‘langan tuhfa bilan juda ham tez musiqa fonida hovliga kirib, girdi - kapalak holatda raqs tushib, molxonaning yoniga borib qoladi. “Ho‘kiz” Qozi uni tepadi, Hidoyat qoqilib yiqiladi, qo‘rqqanidan oqsoqlab qochadi. Maysara uni yupatadi. Hidoyat tugunni Maysaraga beradi va dasturxon yoniga oMtiradi va Oyxonni olib chiqishni so‘raydi. Shu payt eshik taqillaydi va Cho‘pon Ali ovozi bilan eshikni ochishga chaqiradi.
Hidoyat qo‘rqqanidan vahimaga tushib, Maysaradan uni bekitishni iltimos qiiadi. Maysara esa uni uyga kiritib, o‘zi olib kelgan atlas lozim va ko'ylakni kiydiradi, yuzini, qoshini bo‘yab, boshiga ro'mol o‘raydi.Qisqa pauzadan so‘ng Hoji Darg‘a keladi va Maysara qarshi oladi, “nima bilan keldingiz?” deb so‘raydi. Vasiqani olib keldim, Oyxon endi menga yor bo'ladi. Qayga uni bekitding, tezlik bilan Oyxonni olib chiq, meni toqatim yo‘q! Maysara xo‘p bo‘ladi deb ayol kiyimidagi Hidoyatni etalab chiqadi. Maysara qo‘liga rubob olib raqs musiqa chala boshlaydi va Hidoyatni raqsga da’vat qiladi. Hoji Darg‘a Maysara bilan aytishuv uslubda, yalla (duet) aytib Hidoyatni o'ynatadilar. Hoji Darg‘a uni quchoqlab, o‘pishga urinadi. Hidoyat esa tarsaki beradi. Hoji esa yana xushomat qilib, uni erkalatib, noz - noz o‘yna deb kuylaydi.Hoji Darg‘a kuylashining oxirida Hidoyatni nozik belini ushlab yana o‘pmoqchi bo‘ladi. Hidoyat esa yana tarsak beradi. Shu payt ko‘chadan “sen mening nozik niholimsan Oyxon, kulishlaring, ovozlaringni xuddi nozik dutor ovoziga o‘xshataman” deb Cho‘pon Alini ovozi eshitiladi. Maysara “voy, kutilmagan Cho‘pon Ali kelib qoldi” deydi. Hoji Darg'a qo‘rqqanidan qayerga bekinishini izlab, un solingan katta ko‘zani ichiga tushib ketadi. Uy ichidan chiqqan Mullado'st “shumidi seni ahvollaring, la’nati mazxarabozlar, bularni qamchin bilan savalash kerak”deydi. Maysara, Oyxon va Cho‘pon Aliga dugona, jo ‘ralaringni va qishloq ahlini chaqiringlar, bularni afti - basharalarini ko‘rishsinlar deb qo‘liga doirani olib chala boshlaydi, hovli xalqqa to‘lib ketadi. Bugun Oyxon bilan Cho‘pon Alining to‘ylari deb, mashhur o‘zbek xalq qo‘shig‘i “Yor - yor” Maysara, Oyxon, Cho‘pon Ali, Mullado‘stlar ijrosida yangraydi va xalq jo ‘r bo‘ladi. Maysara “Cho'pon Ali va Mullado‘stga boshlanglar tantanani” deydi. Ular mashhur o‘zbek xalq raqsi “0 ‘yin bayoti” asosida yozilgan yallani boshlab yuboradilar.Kompozitor mazkur yallani butunlay sitata asosida kiritmay, uning usul - intonatsiyasidan foydalanib, keng ravishda, katta ommaviy raqs - xor sahnasini yaratgan. Musiqani umumiy jaranglashini boyitishda, o‘zbek xalq musiqasiga xos usullami, rubob, doira, nog‘ora sozlarini simfonik orkestr asosida organ - punkt, kvarta - kvinta birin - ketin tebranishlari jami inson qalbini to‘lqinlantirib yuboradigan musiqa yaratgan. Bu musiqani to‘lqinlanish halovati uzviy ravishda “Jon qizlar o‘ynang” to‘rt ovozli xor bilan bog‘lanib ketadi. Mazkur ommaviy xor operani finalidagi xor bilan uzviy bog‘lanadi. Xor va orkestr sadosining fonida ko‘tarinki ruhda, qiyqiriq kulishlar bilan yoshlar xumni ichidan unga bo‘yalgan Hoji Darg'ani chiqarib uradilar. Maysara “Endi Hoji o‘zi aytsin” deydi. Hoji “Qattiq urmanglar” deydi. Yoshlar Hidoyatni atlas ko‘ylagini yechib, tepadilar. Hidoyat “Avf etinglar” deydi. Maysaramolxonadan arg‘amchiga boylangan Qozi - ho‘kizni olib chiqadi. Qozi “Voy! 0 ‘lib qolaman” deb yalinadi. Maysara, Oyxon, Cho'pon Ali va Mullado‘stlar bu ifloslarni hovlidan xalq bilan birlikda haydaydilar. Hamma Maysaraning ishiga qoyil qolib, ofarinlar izhor etadilar va hajviy opera nihoyasiga yetadi.“Maysaraning ishi” hajviy operasining tahlili shuni ko'rsatdiki, operani adabiy mazmuniga kiritilgan barcha qahramonlar xarakterlariga xos musiqiy til - iboralari, garmonik - polifonik vositalar bilan boyitib va shakl - janrlami kompozitor aniq va mohirlik bilan qo‘llagani musiqiy dramaturgiyada yaqqol namoyon bo‘ladi. Musiqiy dramaturgiyaning rivojlanish jarayonida yakka ovoz, ariya, qo‘shiq, laparlar bilan ommaviy xor, ayniqsa vokal - ansambllar: duet, tertset, kvartet va kvintetlar muhim rol o'ynaydi.Kompozitor S.Yudakov operada o£zbek xalq musiqasidan iqtibos kiritmay, faqat kuy - ohangi va usul doirasi bilan cheklanadi. Ya’ni xalq qo'shiq, ashula, yalla, lapar kabi janrlaming xususiyatlaridan, mukammal ravishda foydalangan. Kuylami obrazli tuzilmasi tiniq oddiy va ta’sirchan ohanglami zamini asosan major yoki minor ladlar, garmonik fimksiyalari sodda akkordlar bilan boyitilgan. Shular sababli opera xalqchilligi, asl hajviyligi, o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi va tomoshabinni juda ham qiziqtirib, Maysaraxonning aql - zakovatli ishi girdobiga olib kiradi.“Dilorom”. Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston davlat akademik katta opera va balet teatr jamoasi 1958 - yilning 5 - fevralida “Dilorom” nomli operani tomoshabinlarga havola qildi. Mazkur opera musiqa muallifi kompozitor Muxtor Ashrafiy, libretto muallifi Komil Yashin va Muzaffar Muhamedovlar.Operaning mazmuni ulug‘ shoir Alisher Navoiyning “Xamsa”sining to‘rtinchi epik dostoni “Sabbayi sayyor” (Yetti sayyora) asosida, sahna talabi tufayli, librettoga ayrim o‘zgarishlar kiritib yozilgan. Ya’ni bu ishqiy - sarguzasht doston Bahrom va Dilorom haqidagi hikoyaning kompozitsion tuzilishi yetti mustaqil hikoyadan iborat: Birinchi hikoya shanba kuni - qora qasrda; ikkinchi hikoya - yakshanba kuni - sariq qasrda; uchinchi hikoya dushanba kuni - yashil qasrda; to‘rtinchi hikoya seshanba kuni - gulgun qasrda; beshinchi hikoya - chorshanba kuni - nilufar qasrda; oltinchi hikoya - payshanba kuni sandal tusli qasrda va yettinchi hikoya — juma kuni - oq qasrda bayon qilingan, xilma - xil hikoyalarda sevgi va vafo, do‘stlik va sadoqat, himmat va saxovat, mardlik kabi insoniy xislatlami ulug‘lab, real hayot lavhalaridan tortib fantastik manzaraiarga qadar, oddiy turmush voqealaridan tortib kishini esankiratuvchi xayoliy sarguzashtlarga, shu bilan birga kundalik hayotda sodir bo‘lib turadigan qarama - qarshi yaxshilik bilan yomonlik o ‘rtasidagi kurash, podsholar saroyidagi g‘iybat va xusumatni, xudbin va firibgar kimsalarning xatti - harakatlarini ifodalaydi, tanqid qiladi, aysh - ishratga berilgan, xiyonatchi va hiylakor kishilarni jirkanchli axloqi, xislatlarini qattiq qoralaydi.Mazkur libretto asosida kompozitor Muxtor Ashrafiy mustaqil ravishda “Dilorom” afsonaviy - romantik operani yaratdi. Operaga musiqa bastalashda kompozitor o‘zbek va boshqa xalqlaming musiqiy merosidan foydalanib, milliy ruhda o‘zbek folklori bilan uzviy bog‘liq intonatsion zaminida original musiqa yaratishga muyassar bo‘lgan. Opera jahon klassik operalar shaklida yozilgan. Ya’ni simfonik orkestr jo ‘rligida: rechitativlar, qo‘shiq, romans, arioza, ariya, turli vokal ansambl lar va xor nomerlardan iborat. Opera 4 parda, 7 ko‘rinishdan iborat.“Zebuniso”. Alisher Navoiy nomidagi akademik, katta opera va balet teatr jamoasi 1987-yili kompozitor Sayfi Jalilning “Zebuniso” (“Samarqand Ushshog‘i”) operasini tomoshabinlarga havola qildi. Operaning librettosi shoir Uyg‘unning “Zebunniso” dramasi asosida yozilgan. Opera janrining qonun xususiyatiga binoan asar qisqartirilgan va librettoga ariya, arioza, vokal - ansambl va xor nomerlarga she’rlar bastalangan.Mazkur tarixiy beografik, lirik - drama operada XVII asrda Hindistonda hukmdorlik qilgan shoh Avrangzebning qizi, mashhur shoira Zebunisoning hayoti va ijod taqdiri ifodalanadi. Lirik - dramatik operada sodirbo'ladigan voqealar asosan ikki bosh personaj - Zebuniso va uning otasi shoh Avrangzeb atrofida mojaro markazlashtirilgan. Mazkur tarixiy - biografik mavzuda yozilgan opera “Layli va Majnun”, “Tohir va Zuhra” kabi operalami an’analari asosida yozilgan. Asaming lirik - dramatik ruhi musiqiy til bilan hamohang. Mana shu xususiyat voqelikni idrok etib kompozitor Sayfi Jalil (1932 - 2003) lirik - shoira Zebunisoning ruhiy olamiga hamohang ravishda musiqa bastalagan.
“Alisher Navoiy”. Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat Akademik katta opera va balet teatr jamoasi 1990-yilning 25-noyabrida “Alisher Navoiy” nomli operani tomoshabinlarga havola qildi. Operaning musiqa muallifi Mutal Burhonov, librettoni kompozitoming o‘zi, dramaturglar Izzat Sultonov va Otaqo'zi Uyg‘unlaming shu nomli dramasi asosida yozgan.Buyuk shoir, mutafakkir, davlat va jamoat arbobi boboka- molimiz Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligiga bag‘ishlangan bu tarixiy - biografik opera XV asrda sodir bo‘lgan ziddiyatli voqealar bilan chambarchas bog‘liq. Mazkur sahna asarining premyerasini tomoshabinlar qizg'in olqishlar bilan kutib olishlari tarixiy voqeaga aylanib ketgan edi. Kompozitor ulug‘ shoiming asarlarini, doimiy ravishda mutolaa qilib keldi. Opera yozishdan avval u dastlab A.Navoiyning she’rlariga romanslar yozdi. 1943-yili Hamza nomidagi o‘zbek davlat Akademik drama teatri sahnasida qo‘yilgan “Alisher Navoiy” nomli dramaga musiqa bastaladi. 1968- yilda esa shoir Abdulla Oripov bilan hamkorlikda ulug‘ shoir tavalludining 525 yilligiga bag‘ishlab “Alisher Navoiy”ga qasida nomli vokal - simfonik poema kabi asarlari bilan murakkab opera yozishga zamin yaratdi.Asaming badiiy - g‘oyaviy mohiyati, A.Navoiyning faqat she’riyat sultoni bo‘lib chegaralanib qolmasdan, uning butun hayoti muqaddas Vatanga faol xizmat qilish, katta - katta bino va inshootlar qurish, go'zal bog'lar yaratish, shular bilan birga davlatga va xalqqa xiyonat qiluvchi xudbin - yovuzliklarga qarshi kurashlari bilan chambarchas bog' langan.A.Navoiyning “Odami ersang demagil odami, oniki yo‘q xalq g‘amidin g‘ami” otashin hikmatli so‘zi opera g‘oyasining asosiy negizidir. Mazkur so‘z sahna pardasining peshtoqiga shior qilib yozib qo‘yilgan. Asarda asosiy qahramonlaming musiqiy “portret”lari opera- dagi ommaviy sahnalarda sodir bo‘layotgan voqea - muhitlari bilan uzviy bog'Iangan. Umuman, opera davomidagi ariyalar, vokal ansambllar va xorlar, rechitativlar, orkestr sadolari bilan payvand bo‘lishlari tufayli musiqiy dramaturgiya yaxlit rivojlanadi. Ya’ni operada qatnashuvchi har bir qahramon o‘zining individual musiqali xarakteristikasiga ega.
Foydalanilgan Adabiyotlar:

  1. O`zbek musiqa tarixi kitobi.

  2. O’zbek musiqa kompazitorlari kitobi.

Internet saytlari:

  1. Wkpeyia

  2. Libiral.Ziyo.uz

  3. Teatr-kokol.uz

Yüklə 41,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin