Mavzu: dunyo aholisi


Shahar darajasiga etmagan sanoat manzilgohi-posyolkalar



Yüklə 117 Kb.
səhifə6/8
tarix09.02.2023
ölçüsü117 Kb.
#83642
1   2   3   4   5   6   7   8
DUNYO AHOLISI

4.Shahar darajasiga etmagan sanoat manzilgohi-posyolkalar. Bunday aholi manzilgohlari ko’proq tog’ – kon sanoati bilan bog’liq holda vujudga keladi. Bunday shaharchalar Germaniyaning Rur sanoati rayonida, Yuqori Sileziyada (Polshada) va Janubiy Afrika Respublikasining oltin va olmos konlari rayonlarida keng tarqalgan. Yog’och tayyorlanadigan yirik rayonlarda ham shunday ishchi shaharchalari bo’ladi (Kanada, Shvetsiya, Finlyandiya va boshqa). Ayrim mamlakatlarda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bilan bog’liq shunday posyolkalar vujudga keladi (Kuba, Braziliya qand zavodlari, Hindiston, Xitoy va Shri-lankada choy fabrikalari va boshqa).
5. Ko’makchi xarakterga ega bo’lgan aholi manzilgohlari. Bunday aholi manzilgohlari aholisining soni kam bo’lib, shaharlarga ham, qishloqlarga ham kiritilmaydi. Vaqt nuqtaiy nazaridan bunday aholi manzilgohlari ijtimoiy va territorial mehnat taqsimoti kuchli taraqqiy etgan keyingi davrlarda vujudga kela boshlagan. Masalan: sanatoriya, kasalxona, turizim rivojlangan, ilmiy muassasalar joylashgan va shahar hamda qishloqlardan tashqarida bo’lgan alohida aholi manzilgohlari ana shunday ko’makchi manzilgohlardir.
6. Ko’chmanchi xalqlarning yashash shakllari. Ko’chmanchi xalqlarda odatda, doimiy aholi manzilgohlari bo’lmaydi, ular vaqtincha turish uchun alohida joylarda yashaydilar. Ko’chmanchlik qadim davirlarda keng tarqalgan edi. Hozir esa juda kam uchraydi. Turli – xil aholi manzilgohlari bir – biri bilan aloqada bo’lib, turli hududiy tuzilmalarni vujudga keltiradi. Shuning uchun ham aholi manzilgohlarini geografik jihatdan o’rganganda ularni doimiy aloqada bo’lgan bir butun tizim deb qarash, ularning hududiy mehnat taqsimotidagi o’rnini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.


2.2. Aholining shahar bilan qishloq o’rtasida taqsimlanishi
Aholining shahar bilan qishloq o’rtasida taqsimlanishi, shahar aholisining salmog’i har bir mamlakat yoki uning ayrim rayonlarining rivojlanish darajasini shu hudud xo’jaligining industrial yoki agrar xarakterga ega ekanligini, nihoyat, urbanizasiya darajasini ko’rsatuvchi muhim ko’rsatkichdir.
Shahar aholisi soni va salmog’ining tez o’sa borishi asosan kapitalizimning rivojlanishi, yirik mashina industriyasining taraqqiy etishi bilan bog’liq. Bu jarayon ayniqsa 19 asrdan boshlab yaqqol ko’zga tashlana boshladi. Shahar aholisining salmog’i dunyoning turli qisimlarida turlicha. Taxminan shahar aholisining salmog’i eng yuqori bo’lgan hudud Shimoliy Amerika hisoblanadi-75 %, Avstraliyada (Okeaniya bilan birgalikda)-68 %, Evropada-63 %, Lotin Amerikasida-56 %, Osiyoda-25 %, Afrikada-22 % aholi shaharlarda yashaydi. Odatda shahar aholisining salmog’i urbanizasiyaning asosiy ko’rsatkichi hisoblanadi. Shuningdek hozirgi zamon urbanizasiyasining muhim ko’rsatkichi umuman shahar aholisining soni va salmog’igina emas, balki katta va yirik shaharlarning soni va salmog’i haqidagi ko’rsatgchidir.

Yüklə 117 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin