Kirish I BOB. AHOLINING JOYLAShUVI VA UNING GEOGRAFIK ShAKLLARI 1.1. Aholining hududiy taqsimlanishi va zichligi 1.2. Aholining dunyo hududlari bo’ylab joylashuvi 1.3. Aholi joylashuvining geografik shakllari II.BOB. DUNYO AHOLISINING JOYLASHUVINING GEOGRAFIK SHAKLLARI 2.3. Aholi joylashuvining geografik shakllari 2.2. Aholining shahar bilan qishloq o’rtasida taqsimlanishi Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar:
Kirish Mavzuning dolzarbligi: –aholining tarkibi, dinamikasi va joylashuvidagi hududiy farqlarni, bu farqlarni vujudga keltiradigan qonuniyatlarni, aholining er shari bo’yicha, ayrim mamlakatlar va tumanlar miqyosidagi harakatini, aholi manzilgohlarining hududiy tizimlarini va ularning rivojlanishi qonuniyatlarini o’rganadi. Aholi geografiyasi, shuningdek, aholining soni, aholidagi o’zgarishlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy ma’lumotlarning aloqalarini o’ziga xos yo’llar bilan o’rganadi.
Demografiya–grekcha–demos–“xalq” va grafiya–“tasvirlash” so’zlaridan iborat bo’lib, aholi haqidagi fandir. U aholining soni, hududiy joylashuvi va tarkibini, ularning o’zgarishi va bu o’zgarishning sabablarini, aholidagi o’zgarishlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy ma’lumotlarning aloqalarini o’ziga xos yo’llar bilan o’rganadi. Shuningdek, demografiya aholi takror barpo qilinishining qonuniyatlarini ochib beradi. Ko’rinib turibdiki, aholi geografiyasi bilan demografiya fanlari o’rganadigan masalalar bir biriga juda yaqin.
Shuning uchun aholi geografiyasi demografiya o’rganadigan va aholiga ta’luqli bo’lgan demografik statistika tomonidan to’planadigan ma’lumotlardan keng foydalanadi. Demografiya ham o’z navbatida o’rganilayotgan demografik jarayon va ko’rsatkichlardagi geografik farqlar va bu farqlarning sabablariga qiziqadi. Shunday qilib, aholi geografiyasi bilan demografiya o’rtasida birgalikda hal qilinishi kerak bo’lgan bir qator muammolar vujudga keladiki (aholi rivojlanishining qonuniyatlari, konsepsiyalari, ularni bashoratlash, aholi siyosatlari), bularni faqatgina aholi geografiyasi va demografiya asoslari fani hal qiladi.