Mavzu: dunyo aholisi


II.BOB. DUNYO AHOLISINING JOYLASHUVINING GEOGRAFIK SHAKLLARI



Yüklə 117 Kb.
səhifə4/8
tarix09.02.2023
ölçüsü117 Kb.
#83642
1   2   3   4   5   6   7   8
DUNYO AHOLISI

II.BOB. DUNYO AHOLISINING JOYLASHUVINING GEOGRAFIK SHAKLLARI
2.1. Aholi joylashuvining geografik shakllari
Ma’lum bir shaklga ega bo’lgan, aholining hududiy joylanishi aholi manzilgohlari deyiladi. Aholi manzilgohlari aholi geografiyasi fanining muhim kotegoriyasi bo’lib, aholining yashayotgan joylarigina bo’lib qolmay, balki moddiy va ma’naviy boyliklar ishlab chiqariladigan va iste’mol etiladigan butun ijtimoiy hayotning asosiy markazlari hisoblanadi. Aholi manzilgohlarini geografik jihatdan o’rganishda va xarakterlashda har bir aholi manzilgohlarida yashaydigan aholining sonini bilish muhim ahamiyatga ega.
Chunki aholi manzilgohlari, birinchi navbatda, aholining soniga qarab (bir necha kishi yashaydigan mayda qishloqlardan tortib, to bir necha million kishilik aholi bo’lgan eng yirik shaharlargacha) klassifikasiyaga ajratiladi.
Aholi manzilgohlarini geografik jihatdan o’rganishda unda yashaydigan aholining umumiy soniga emas, balki uning tarkibini, xalq xo’jaligi tarmoqlari bo’yicha taqsimlanishini, shuningdek har bir aholi manzilgohining bajaradigan funksiyasini, mamlakat iqtisodiy va madaniy hayotida tutgan o’rni va ahamiyati, uning boshqa aholi manzilgohlari bilan aloqasi, tabiiy geografik o’rnini analiz qilish muhimdir.
Shunday qilib, aholi manzilgohlari aholi yashaydigan joy sifatidagina qiziqtirmasdan, balki ishlab chqarish, markazlari, xo’jalik markazlari, madaniy – siyosiy markazlar, iqtisodiy aloqalarning asosiy tugunlari sifatida ham qiziqtiradi.


Aholi manzilgohlari birinchi navbatda 2 ta katta tipga ajraladi:

  1. Shaharlar;

  1. Qishloqlar.

Shahar va qishloq tushunchalarining vujudga kelishi, shaharlarning qishloqlardan ajralib chiqishi jamiyat tarixida ijtimoiy mehnat taqsimotining paydo bo’lishi bilan bog’liqdir. Ijtimoiy mehnat taqsimoti jarayonida hunarmandchilik va savdoning qishloq xo’jaligidan ajralib chiqishi munosabati bilan shahar va qishloq tumanlari bilan shahar va qishloq tushunchalari vujudga kelgan. Hunarmandlar va savdo bilan shug’illanuvchilar yashaydigan aholi manzilgohlari shaharlar deb ataladi.
Qishloq xo’jalik mehnati bilan shug’ullanuvchilar yashaydigan joylar qishloqlar deb ataladi. Shahar va qishloq tushunchalarining vujudga kelishi dunyoning turli qisimlarida bir vaqtda bo’lgan emas, albatta. Ko’pchilik hollarda shaharlar, asosan, ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik tuzimiga o’tish davrida vujudga kela boshladi.
Aholi manzilgohlari turli mamlakatlar hududida, ularning ayrim rayonlari bo’yicha taqsimlanishi va to’planishi asosan o’sha mamlakatning xo’jalik geografiyasi bilan belgilanadi. Xo’jalikning hududiy joylashuvi, uning o’ziga xos xususiyatlari har bir rayon uchun aholi manzilgohlarining muayyan shakllarini vujudga keltiradi.
Professor V.V.Pokshishevskiy aholi manzilzgohlarini quyidagi 6 ta shaklini dunyo bo’yicha keng tarqalgan shakllar deb hisoblaydi:

Yüklə 117 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin