Mavzu: Dunyo tillari va unda Ozbek tilining tutgan o’rni. Umumxal tili va adabiy til. Reja


Hozirgi o’zbek adabiy tili ta’limi asoslari



Yüklə 32,05 Kb.
səhifə5/5
tarix17.01.2023
ölçüsü32,05 Kb.
#79506
1   2   3   4   5
Mavzu Dunyo tillari va unda Ozbek tilining tutgan o’rni. Umumxa

Hozirgi o’zbek adabiy tili ta’limi asoslari

O‘zbek tili - ko‘p dialektli til. Bu uning m urakkab tarixiy taraqqiyot yoTini bosib o ‘tganligi, bugungi о ‘zbek millati o‘tmishda xilm a-xil etnik tarkibga ega boMganligi bilan belgilanadi.


O‘zbek m illiy tilini tashkil etuvchi turli-tum an shevalari uch lahjaga birlashtirish mumkin. Bular:
1) qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi;
2) qipchoq lahjasi;
3) o ‘g ‘uz lahjasi.
Lahjalar o‘zaro farqli xususiyatga ega.Bu farqlar, aytilganidek, lahjalaming har biri dastlab har xil qabila yoki qabila birlashmalarining tili bolganligi bilan bog’liq.
Bu tarixiy jarayonni har tom on lama to‘g‘ri anglagan E.Polivanov о‘zbek tilining ko‘p dialektli til ekanligini nazarda tutib: « O‘zbek milliy tili (o‘zbek iahjalarining bir butunligi, yaxlitligi sifatida) уagona tizimning, aslida hech qachon amalda bo‘lmagan о‘zbek bobo tilining dialektologik parchalanish yo’li bilan emas, balki farqlanuvchi til tizimlarining birlashuvi yo‘li bilan paydo bo‘lgan», - degan edi. O‘zbek xalqining shakllanish tarixi bilan yuzaki tan ish ish dan ham shunday xulosaga kelish mumkin.
O‘zbek milliy tilining lahjalari orasida, odatda, qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi hozirgi O‘zbek milliy adabiy tilining me’yorlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etgan deb alohida ajratiladi. Buning boisi shundaki, o‘zbek xalqining shakllanishida qarluq etnik tarkibi Qoraxoniylar davridan boshlab alohida
mavqega ega edi.
O‘zbek tili bu lahjasining nom lanishida («qarluq-chigi 1-uyg‘ur lahjasi») bir muncha anglashilm ovchilik mavjud. Birinchidan, bu atam adagi chigil so‘zi ortiqcha.chunki chigillar qarluqlam ing bir bo‘g‘ini, xolos. Bubo‘g ‘in qanchalik katta va, Koshg‘ariy so‘ziga ko‘ra, ahamiyatli bo‘lmasin, qarluq toifasiga mansub. Ikkinchidan, atam a tarkibidagi uyg'ur so‘zinm g ham qadimgi uyg‘urlarga hech qanday aloqasi yo‘q.
Bu atama о‘zbek tili bilan birgalikda turkiy tillar g ‘arbiy xun tarmog’ining qarluq guruhiga m ansub bo’lgan hozirgi uyg‘ur tiliga ishora qiladi, xolos.Shuning uchun hozirgi о‘zbek milliy adabiy tili me’yorlarining bu lahja xususiyati bilan yaqinligi bejiz emas. Lahjaning qayta nom lanishida tarixchi va shevashunoslam ing xulosasi zarur. A.K. Borovkov qayd qilib oMganidek, о‘zbek tilining birorta shevasini ham adabiy tilga har jihatdan asos boMgan deb aytib bo‘lmaydi.
Buning bosh sababi shundaki, hozirgi о‘zbek milliy adabiy tili uzoq adabiy ishlov an’anasining (jumladan, eski turkiy, eski o‘zbek, yangi о‘zbek adabiy tillarining) bevosita davom i va XX asrda u (yozuv va adabiy ishlov an ’anasiga ega boMmagan xalqlarda bolganidek) tam om an yangi bir hodisa sifatida yuzaga kelmagan: milliy adabiy til kamida m ing yillik adabiy ishlov mahsuli. Ikkinchidan, o‘zbek tilining barcha lahjalari o'zbek tilining taraqqiyotiga ma’lum bir darajada hissa qo‘shgan. Birining adabiy tiiga ta’siri bir sohada kuchliroq bolsa, boshqa sohada o'zga bir shevalar guruh ining ta’siri ko‘proq seziladi.
Masalan, Andijon, Farg‘ona shevalari o'zbek tiliga xos eng ko‘p tarqalgan gram m atiк shakl lardan birini ~ hozirgi zamon fe’lining -yap affiksi vositasida yasaluvchi shaklini bergan deyiladi.Lekin bu shakl qipchoq lahjalari da ham aynan shunday qo’llanadi.Shunisi xarakterliki, bir qarashda adabiy tildan birm uncha uzoqroq deb tasavvur qilinadigan qipchoq lahjasi morfologiyasi singarm onizm dan, ya’ni fonetik o ‘ziga xoslikdan xoli olinsa, adabiy til morfologiyasi bilan qariyb bir xil. Yoki adabiy tilga fonetik jihatdan asos deyilgan Toshkent shevasida x va h tovushlari, qaratqich va tushum kelishiklari shakllari farqlanmaydi.
Qipchoq shcvalarida esa ular qat’iy ajratiladi.Qipchoq shevalarining adabiy til lug'atini, xususan, uning chorvachilik atamalari tizimini rivojlantirishda, adabiy tilning uslubiy imkoniyatlarini boyitishda katta hissasi bor.
Masalan, qirqim, o’tov, to'l, sarimoy, chakki, chalop, uloq, sovliq kabi umumiy va chorvachilik atam alari, quyruq, bovur, patir, tovoq, kulchatoy, lochira singari parrandachilik atamalari adabiy tilga qipchoq shevalaridan kirib kelgan. Adabiy tilning rivojlanishiga о ‘zbek tilining o‘g‘uz lahjasi ham m a’lum darajada hissa q o ‘shgan. Buning uchun adabiy tildagi yoshulli, o'g'lon, buyon, qaydin, qorago'z kabi qator so'ziam i misol sifatida keltirish kifoya. Demak, о‘zbek milliy adabiy tilining shakllanishi va taraqqiyotida tayanch manba bo‘lgan tarixiy an ’ana bilan bir qatorda barcha lahja hamda shevalam ing o ‘ziga xos o ‘mi bor.


Foydalanilgan adabiyotlar.
1. H.Jamolxonov. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.Toshkent, 2005.
2. U.Tursunov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent. 1992.
3. G‘.Abdurahmonov, S.Mamajonov. O‘zbek tili va adabiyoti. Toshkent, 1995.
4. S.Otamirzaeva, M.Yusupova. O‘zbek tili. Toshkent, 2004.
5. Sh.Ranmatullayev. Hozirgi adabiy o‘zbek tili.Toshkent, 2007.

Internet saytlari.

  1. http://library.tersu.uz

  2. https://n.ziyouz.com

  3. http://library.navoiy-uni.

  4. http://kutubxona.adu.uz

Yüklə 32,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin