Mavzu: dunyoning hozirgi zamon ilmiy manzarasining tahlilida falsafiy tafakkur



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix02.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#123907
1   2   3   4   5
Antistsientizm ilm-fan taraqqiyotining natijalarini nazorat ostiga olish, bu 
masalada jamiyat hayotini xavf ostiga qo’ymaslik talabi bilan bog’liqdir. 
Antistsientizmning ayrim o’ta ashaddiy namoyandalari fan-texnika taraqqiyotini 
tamoman to’xtatib qo’yish g’oyasini ham ilgari suradilar. Umuman olganda, XX 
asr falsafasida bir-biriga muqobil bo’lgan yo’nalishlar ratsionalizm va 
irratsionalizm, antropologizm va naturalizm, stsientizm va antistsientizm, 
materializm va idealizm o’z o’rniga ega bo’lmoqda. Yangicha falsafiy tafakkurga 
asos solgan olimlar orasida ko’pchilik nemis olimi Artur Shopengauer (1788 — 
1860) qarashlarini tilga oladi. Shopengauer olamdagi barcha mavjud narsalarni 
irodaning namoyon bo’lishi, irodani esa ongsiz ko’r-ko’rona intilish tarzida 
tushunadi. Maxluqotlarning instinktlari, xatti-harakatlari — irodaning namoyon 
bo’lishidir. Inson faoliyati ham aqldan begona bo’lgan irodaning natijasidir.

Shuning uchun inson mohiyati irrotsional asosga ega. Aql esa tasodifiydir. Inson 
hayoti doimo aylanib turgan iroda g’ildiragiga bog’liqdir. Shopengauer ta’limotini 
davom ettirgan nemis faylasufi Fridrix Nitsshe (1844-1900) fikricha, «borliqning 
eng chuqur mohiyati hokimiyatga erishish uchun bo’lgan irodadir.» Nitsshe inson 
borlig’ida maxluqlik va xoliqlikni birlashib ketganini asoslab berishga harakat qildi. 
Uning diyorimizda bundan ikki yarim ming yil muqaddam shakllangan 
zardushtiylik ta’limotini o’rganib yaratgan «Zardusht tavallosi» asarida kuchli 
shaxslarni tarbiyalash g’oyasi ilgari surilgan. 



U o’z ortidan irodasiz kishilar ommasini etaklashga qodir bo’lgan irodasi 
kuchli shaxslarni tarbiyalash tarafdori bo’lgan. Nitsshening tsivilizatsiya va 
madaniyatning so’nishi va barham topishi to’g’risidagi g’oyasiga asoslanib, 
1918 yilda G. Shpengler «Evropaning so’nishi» degan asarini yozadi. 
O’tgan asr oxiri olimlari ijtimoiy inqiroz va ma’naviy turg’unlikdan 
chiqishning yo’lini G’arbda klassik falsafiy merosga murojaat etishda va 
uni qayta tiklashda ko’rdilar. Shu zaylda «Orqaga Kantga» shiori ostida 
neokantchilik, «Orqaga Hegelga» shiori ostida esa neohegelchilik paydo 
bo’ldi. Shu bilan birga, falsafaning klassik ildizlarini saqlab qolishni diniy 
oqim bo’lgan neotomizm ham yoqlab chiqdi. Neatomizm shu bugunga 
qadar ham o’z mavqeini yuqotmagan bo’lib, katolik cherkovi tomonidan 
qo’llab-quvvatlanadi. Bunda ayniqsa Rim papasi rahbarlik qiladigan 
Vatikanning faoliyati muhim o’rin tutadi. Neotomizm — XX asrdagi eng 
yirik diniy-falsafiy oqim bo’lib, u o’rta asrlardagi (XIII asr) Foma 
Akvinskiyning ta’limotini qaytadan tikladi. U (neo — yangi, tomizm — 
«foma», transkriptsiyada «toma» bo’lib o’zgargan) Foma Akvinskiyning 
yangi, zamonaviy ta’limoti demakdir. Bu ta’limotga ko’ra, ilm va e’tiqod 
o’rtasida to’la muvofiqlik, uyg’unlik bor. Ular bir-birini to’ldirib turadi, 
har ikkisi ham xudo tomonidan berilgan xaqiqat.



Bunga ko’ra, inson ba’zi nazariy bilimlarning xaqiqatligini emas, xato ekanligini 
isbotlashi kerak. Oxir-oqibatda neopozitivizm vakillari falsafa bilimlarning xaqiqiyligini 
mantiqiy — lingvistik usul orqali isbotlashi va sistemalashtirishi kerak, degan xulosaga 
keldilar. XX asrning 60 — 70 yillariga kelib, neopozitivizmning mavqei kamayib, asosiy 
o’ringa strukturalizm va germenevtika chiqdi. Strukturalizm (asosiy vakillari Levi — 
Stross va Fuko) bilishda strukturaviy usulning ahamiyatini mutlaqlashtiradi. Bu oqim 
tarafdorlari narsa va hodisaning strukturasini bilish uning ob’ektiv mohiyatini bilish
demakdir, deb hisoblaydilar. Masalan Levi-Stross mifologik tafakkurni tahlil etib, turli 
joylarda yashagan qadimgi qabilalar va xalqlar yaratgan afsonalarning umumiy 
strukturaga ega ekanligini isbot qildi. Uning fikricha, bu afsonalarning asosiy mazmuni 
bir-biriga to’la muvofiq keladi. Insoniyatning ilmiy tafakkuri ham bu ta’limotga ko’ra 
shunday printsipga, umumiy mantiqqa ega.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin